So’nggi yangiliklar

16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  0 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  2 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  1 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  10

LaLiga. "Ispancha "CHelsi" Madridga boradi, Montella esa Primerodagi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi (prevyu) Yangiliklar

LaLiga. "Ispancha "CHelsi" Madridga boradi, Montella esa Primerodagi ilk rasmiy uchrashuvini o'tkazadi (prevyu)

Teglar :  PrevyuLaLiga
Bugun sevib tomosha qilinadigan LaLiganing 18-tur uchrashuvlari start oladi.

Ushbu turni turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan "Atletiko" hamda Ispaniya chempionatida 8-pog'onani band etib turgan "Xetafe" o'rtasidagi bahs ochib beradi.


"Atletiko" - "Xetafe"

Ushbu uchrashuvda mezbonlarga Ximenes va Saul kabi yigitlar yordam bera olmasligini hisobga olgan taqdirimizda ham "matraschilar" "Xetafe"ni mag'lub eta olmaydi deyish qiyin. Buni "ispancha CHelsi"ning ("Xetafe"ning laqabi) mehmondagi g'alabalari soni ham aytib turibdi (1ta). "Ko'klar" ("Xetafe"ning laqabi) mehmonda bor-yo'g'i 7 ochko jamg'arishgan. "Matraschilar" "Espanol"ga mag'lub bo'lganidan so'ng, bu bahsda ishonchli g'alabaga erishishlari shart. Bu muvaffaqiyat yigitlarning ruxiyatiga ham ijobiy tasir qiladi va ayni damdagi "Xetafe" bunday maqsad uchun juda mos jamoa. "Atletiko"dan gollar shousini kutib qolamiz.


"Valensiya" - "Jirona"

Kataloniya klubi ("Jirona") mehmonda ochko to'plash bo'yicha LaLiganing eng yaxshilaridan biri hisoblanadi - "Jirona" mehmondagi o'yinlar bo'yicha 6-o'rinda (12 ochko), bu natija "Sosedad", "Atletik" yoki "Sevilya"nikidan yaxshiroq. Ammo bu ko'rsatkich ham turnir etakchilari bo'lgan "Valensiya"ni mag'lub etish uchun etarli bo'lmasligi mumkin. "Valensiya"ning so'nggi bahslariga etibor qaratadigan bo'lsak, "ko'rshapalaklar" o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsata olishmayapti. Jamoaning himoya chizig'ida va raqib "qulfi"ni buzishda muammolar yuzaga kelmoqda. Ko'pchilik bu bahsda mezbonlarning g'alabasiga ishonch bildirishmoqda, ammo hisobdagi farq katta bo'lmaydi.


"Las-Palmas" - "Eybar"

Basklarning ("Eybar") so'nggi to'rt uchrashuvda jamg'argan ochkosiga (10 ochko) bazida grandlar havas qiladi. Biroq "qurolchilar" ("Eybar" laqabi) bu 4 bahsning 3tasini uyda o'tkazishgan (yagona durang mehmonda qayd etilgan). "Palmas" esa uyida o'tkazgan so'nggi 3 uchrashuvda hozircha mag'lub bo'lgani yo'q, xatto "Valensiya"ga ham (Ispaniya Kubogida). Bu juftlikda ikki jamoa ham ochko yo'qotishi ehtimoli katta.


"Sevilya" - "Betis"

LaLiganing shanbadagi uchrashuvlarini Sevilya derbisi yakunlab beradi. Anchadan beri bu juftlikdan tenglik yo'q. Ushbu derbilarda "verdiblankos" ("Betis" laqabi) so'nggi marta 2014 yilda g'alaba qozongan. Bu safar mo'jiza ro'y berishi qiyin. Endi "Sevilya"ni italiyalik mutaxassis Vinchenco Montella boshqarmoqda va yigitlar o'zini ko'rsatish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishadi. "Nervonense" ("Sevilya" laqabi) futbolchilarining mahorati raqibnikidan sezilarli darajada ustun va bu sifat g'alaba mezbonlar tomonida bo'lishini bildiradi.


Uchrashuvlar vaqti

17:00. "Atletiko" - "Xetafe" (Match TV Futbol 3, Futbol TV)

20:15. "Valensiya" - "Jirona" (Futbol TV)

22:30. "Las-Palmas" - "Eybar"

00:45. "Sevilya" - "Betis" (Aleziya.com, Match TV Futbol 3)


LaLiga turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика