So’nggi yangiliklar

12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4

LaLiga. 7-tur prevyusi Yangiliklar

LaLiga. 7-tur prevyusi

Teglar :  PrevyuLaLiga
Bugun, 29 sentyabr kuni LaLiganing 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Ushbu turdan o'rin olgan muhim uchrashuvlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.


"Barselona" - "Atletik"

Kutilmaganda "Lenages"ga mag'lub bo'lgan Kataloniya klubi "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi uchrashuvidan oldin o'ziga bo'lgan ishonchni tiklash uchun "Atletik"ni taslim etishga harakat qiladi. "Barselona" ustozi Ernesto Valverde bugun jarohat olgan Samuel Yumtitisiz tarkibni maydonga tushiradi. Bilbao klubi kataloniyaliklar uchun "shporalar"ga qarshi bahs oldidan tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Katta ehtimol bilan Yumtiti joyini bugun Tomas Vermalen egallashi kutilmoqda.

Qiziqarli malumotlar

  • "Barselona" "Kamp Nou"dagi so'nggi 39ta uchrashuvda mag'lub bo'lmagan.
  • Kataloniya klubi  "Atletik"ga qarshi so'nggi 3ta o'yinda darvozasini "quruq" saqlab qolgan.
  • Ko'k-anorranglilar uyida o'tkazgan so'nggi 34ta uchrashuvning (LaLiga doirasida) 31tasida kamida 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


"Eybar" - "Sevilya"

Sevilyaliklar ayni damda juda yaxshi kayfiyatda. Ular avvalgi turda "Qirollik klubi"ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Biroq jamoada yo'qotishlar bor. Serxio Eskudero, Gabriel Merkado, Maksime Gonalons, Ibrohim Amadu va Aleyks Vidal jarohat olgan. "Eybar" avvalgi mavsumda o'z uyida bo'lgan bahsda "Sevilya"ni 5:1 hisobida mag'lub etgan edi, biroq joriy mavsumda jamoa barqaror o'yin ko'rsatmayapti.


"Real" - "Atletiko"

Ushbu turning markaziy uchrashuvi Madridning ikki klubi o'rtasida o'tkaziladi. "Santyago Bernabeu" egalari hisoblanadigan "Real" "Atletiko"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi bahs UEFA Superkubogi doirasida bo'lib o'tgan. O'sha o'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlangan, qo'shimcha bo'limlarda esa "matraschilar" raqib darvozasini ishg'ol qilib, sovrinni qo'lga kiritishgan. "Real" ushbu bahs oldidan "Sevilya"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Lopetegi va uning shogirdlari g'alabaga juda chanqoq. "Qirollik klubi" Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng avvalgiga nisbatan kuchliroq o'yin ko'rsatishmoqda, biroq muhim pallalarda jamoaga etakchi etishmayapti. Bugun "Real" safida Isko, Marselo maydonga tusha olmaydi.

"Atletiko" esa bu mavsum barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. Diego Simeone jamoasi himoyaga yotib olgan raqiblarni yorib o'tishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. "Matraschilar" "Real"ga qarshi bahsga yaxshi kayfiyatda kelmoqda, chunki ular LaLiga va CHempionlar ligasidagi so'nggi uchrashuvlarda g'alabaga erishishdi. "Atletiko" tarkibida ham yo'qotishlar mavjud. Xose Ximenes, Santyago Arias va Stefan Savichda jarohat bor.

Qiziqarli malumotlar

  • "Real" hamda "Atletiko" o'rtasidagi so'nggi 3ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
  • "Atletiko"ning mehmondagi so'nggi 5ta o'yinida (LaLiga doirasida) ko'pi bilan 2ta gol urilgan.


7-turning barcha uchrashuvlari


LaLiga turnir jadvali


LaLiga to'purarlar ro'yxati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика