Lakazett debyut o'yinidayoq gol urdi, "Arsenal" "Sidney"ni mag'lub etdi + FOTO
13 iyu 2017 18:54
Yangiliklar


Lakazett debyut o'yinidayoq gol urdi, "Arsenal" "Sidney"ni mag'lub etdi + FOTO
Londonning "Arsenal" klubi biroz avval nihoyasiga etgan bahsda Avstraliyaning "Sidney" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qizig'i, yaqindagina "Lion"dan sotib olingan hujumchi Aleksandr Lakazett 68 daqiqada Uelbekning o'rniga maydonga tushib, 15 daqiqadan keyin Ivobining o'ng qanotdan erlatib etkazib bergan pasidan keyin o'z hisobiga "kanonirlar" tarkibidagi birinchi golni yozib qo'ydi. Londonliklarning yana bir goliga Per Mertesaker mualliflik qildi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Sidney, 13.07.2017
"Sidney" - "Arsenal" 0:2
Gollar: P.Mertesaker 4, A.Lakazett 83
Amalga oshirilmagan penalti: D.Uelbek 56 (darvozabon)
"Arsenal": CHex (Martines, 46), Belik (Meytlend-Nayls, 70), Mertesaker (Jaka, 70), Kolashinac (Monreal, 70), Koklen (Oksleyd-CHemberlen, 70), Uillok (Elneni, 69), Nelson (Nketia, 70), Bremoll (Melen, 70), Ozil (Ivobi, 68), Uolkott (Jiru, 70), Uelbek (Lakazett, 68).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar