"Lacio"da murabbiy o'zgaradi
31 dek 2013 20:58
Yangiliklar

"Lacio"da murabbiy o'zgaradi
"Lacio" bosh murabbiyi Vladimir Petkovich yozda SHveycariya terma jamoasini qabul qilib oladigan bo'ldi.
Braziliya maydonlarida bo'lib o'tadigan mundialdan so'ng SHveycariya termasining hozirgi ustozi Otmar Xitcfild termadagi faoliyatini yakunlaydi. SHFI (SHveycariya Futbol Ittifoqi) esa Xitcfildning vorisi sifatida, aynan, "Lacio"ning bosh murabbiyi vazifasida ishlab kelayotgan Petkovichni ko'rmoqda. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishishgan. Petkovich termani 2014 yilning yozida qabul qilib oladi.
Petkovichning Rimdan ketishini bilgan "Lacio" rahbariyati ham yangi bosh murabbiy qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Rimliklar jamoasi yangi murabbiyi bo'lish uchun Murat Yakin eng asosiy nomzod deb etirof etilmoqda. Yakin ayni paytda SHveycariyaning eng nomdor jamoasi sanaladigan "Bazel"ning ustozi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar