"Lacio" prezidenti: "Inzagi shartnomaga qo'l qo'yishi kerak edi"
28 may 2021 23:21
Yangiliklar


"Lacio" prezidenti: "Inzagi shartnomaga qo'l qo'yishi kerak edi"
"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito nima sababdan Simone Inzagi bosh murabbiylikdan ketganini malum qildi.
"Hafaman. U bir tunning o'zida fikrini o'zgartirdi. Kelishuv tayyor edi va bunga men imzo qo'ygandim ham. Inzagi shunchaki bosh kotib bilan uchrashib, shartnomaga qo'l qo'ysa bo'lgani edi. 7 soat o'tirib, kelishuvga erishgandik. Ammo u qo'l qo'ygani kelmadi.
Qo'l tashlashib qo'ygandik. Biroq keyinchalik u oldimga kelib, futbolchilarga motivaciya bera olmayotganini va o'ziga ishonchi pasayib ketganini aytdi. SHunday paytda uni qanday qilib ushlab tura olasiz? Agarda bu gapni u ertaroq aytanida shartnoma tayyorlamagan bo'lardik", - dedi Lotito.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar