"Lacio" Milinkovich-Savichning narxini sezilarli darajada oshirdi
13 okt 2022 13:43
Yangiliklar


"Lacio" Milinkovich-Savichning narxini sezilarli darajada oshirdi
"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning narxini oshirishga qaror qilganini aytdi.
"Men Sergeyning agenti bilan uni "Yuventus"ga sotish bo'yicha kelishmadim. Xuddi shu narsani boshqa klub bo'yicha ham aytishim mumkin. Milinkovich-Savich uchun 100 million evrolik narx ahamiyatini yo'qotgan. Hozir uning narxi – 120 million evro", – dedi Lotito.
27 yoshli Milinkovich-Savich joriy mavsum "Lacio" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar