"Lacio" jamoa etakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
03 mar 2020 22:41
Yangiliklar


"Lacio" jamoa etakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytiradi
"Lacio" yarim himoyachisi Luis Alberto Rim klubi bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkin.
"Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, jamoa rahbariyati ispaniyalik futbolchi bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolamoqchi. Kelishuv amalga oshsa, 27 yoshli xavbek yiliga 4 mln evro (bonuslardan tashqari) maosh olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Luis Alberto "Lacio" safiga 2016 yilda "Liverpul"dan 4 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi. U bugungi kunga qadar "burgutlar" jamoasi safida 124 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 24ta gol yozdirib qo'yishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar