"Lacio" himoyachisi Felipe unga "Barselona" qiziqish bildirayotganidan mamnun

Alisher
2 dek 2020, 18:00
"Lacio" himoyachisi Luis Felipe Ramos "Barselona"ning qiziqishi haqida gapirdi.

"Albatta, men mamnunman, sababi men ishimni yaxshi uddalayapman va katta klublar meni kuzatishmoqda.

Ammo, meni biladiganlarga ma'lumki, xotirjam odamman va meni klublarning qiziqayotgani juda ham bezovta qilmaydi.

Men "Lacio"da yana ham yaxshi o'ynashga e'tibor qaratishim lozim, sababi jamoada menga ilk kunlardan ishonch bildirilgan", - deydi braziliyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL