So’nggi yangiliklar

00:50Ўзбекистон олимпия терма жамоаси Франция клубини йирик ҳисобда таслим қилди  8 00:40Колумбия футбол федерацияси президенти финал вақтида муштлашувда иштирок этди ва ҳибсга олинди  1 23:31Ўртоқлик ўйини. "Манчестер Юнайтед" Норвегия клубига мағлуб бўлди  10 23:24Бардаги муштлашувдан сўнг "Навбаҳор" собиқ бош мураббийини боши ёрилди  8 22:58FC 25 Ultimate муқовасида бирданига 5 нафар юлдуз бўлади  2 21:41Месси бу ишни тарихда биринчи бўлиб уддалади  9 21:05FourFourTwo энг яхши англиялик мураббийлар рўйхатини тузди, Саутгейт 2-ўринда  3 20:22Шакири Швейцария терма жамоасидаги фаолиятини якунлади  6 20:20"Русенборг" - "Манчестер Юнайтед". "Қизил иблислар" таркиби эълон қилинди  6 19:59"Челси" янги уй либосини намойиш қилди  9 19:37Расмий хабар: "Навбаҳор" ва "Динамо" собиқ футболчиси фаолиятини "Сурхон"да давом эттиради  7 19:20"Рома" таркибни Австралия терма жамоаси дарвозабони билан бойитмоқчи  0 18:58Расман: МЮ ҳимоячиси "Вильярреал"га ўтди  0 18:35Эшитдик-да! Олимпиадага борадиган футболчи "Бунёдкор"га ўтмоқда  6 18:28Рўзиқул Бердиев: "Яхши спорт формага кириб олиш учун астойдил меҳнат қилишимиз керак"  24

La Liga. "Real" yangi yilni mag'lubiyatdan boshladi Yangiliklar

La Liga. "Real" yangi yilni mag'lubiyatdan boshladi

La Liga 19-turidan o'rin olgan "Xetafe" - "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tdi.

"Xetafe" – "Real Madrid"
2 yanvar, 18.00, "Koliseum Alfonso Peres"stadioni

Gol: 1:0 – 9 Unal.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Mitrovich, Kabako (Nom, 83), Kuenka, Olivera, Maksimovich, Arambarri, Alenya (Florentinu, 74), Sandro Ramires (Mata, 64), Unal (Yankto, 83).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 46), Modrich, Kroos (Isko, 85), Kazemiro, Vaskes (Peter, 85), Benzema, Asensio (Azar, 46), Rodrigo (Mariano Dias, 67).

Ogohlantirish: Rodrigo (21), Suares (56), Arambarri (82), Kazemiro (87), Olivera (90).


Getafe

Enes Unal - 9'

LaLiga . 19-tur

02/01/2022, 17:00

0
:
1
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 11890 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
9'  Enes Unal
56'  Damian Suarez
64'  Sandro Ramirez (Jaime Mata)
74'  Carles Alena (Florentino Luis)
82'  Mauro Arambarri
83'  Enes Unal (Jakub Jankto)
83'  Erick Cabaco (Allan Nyom)
90'  Mathias Olivera
21'  Rodrygo
41'  Carlo Ancelotti
46'  Marco Asensio (Eden Hazard)
46'  Ferland Mendy (Marcelo)
67'  Rodrygo (Mariano Diaz)
85'  Lucas Vazquez (Peter Gonzalez)
85'  Toni Kroos (Isco)
87'  Casemiro

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

 YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi. Biroq bugun "Real"ni kuni emas ekan. O'z navbatida "Xetafe" futbolchilari mardonavor kurashganliklarini va natija uchun barcha ishni qilganliklarini qayd etib o'tish lozim. 

Mezbonlarning harakatlarini o'yinni cho'zishga urinish deb hisoblagan hakam futbolchilar yana bir daqiqa ko'proq o'ynashlarini ko'rsatib ketdi. 

Sababini bilmaymizku, bugun "Real" umuman o'ziga o'xshamadi. Har holda mavsumning birinchi qismidagi "Real" ochko yo'qotgan o'yinlarida ham bundan ancha yaxshi o'ynagandi. 

90+4-daqiqa. Mariano Dias o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi. 

90+2-daqiqa. "Real" qanchalar shoshmasin chinakamiga hujumga o'ta olmayapti.  

90-daqiqa. Hakam o'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.  

90-daqiqa. Standart. Modrichdan uzatma va Isko bosh bilan zarba yo'llagandi, posbon ishonchli harakat qildi.   

89-daqiqa. Benzemadan noaniq pas hujumni uzilib qolishiga sabab bo'ldi.   

87-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar raqib hujumini to'xtatish Kazemiroga qoldi va u fol ishlatdi. 

"Xetafe" qarshi hujumga o'tib ketishiga Alaba yo'l qo'ymadi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes va Toni Kroos o'rniga Piter va Isko tushirildi. 

Yana fol, yana Azar jabrlanuvchi rolida. 

83-daqiqa. O'zgarish! Enes Unal o'rniga Yakub Yankto, Kabako o'rniga esa Nom o'yinga qo'shildi.

Lukas Vaskes o'yindan tashqari holatda qolganligi qayd etildi. 

81-daqiqa. Ogohlantirish! Azarni ayab o'tirishmayapti. Aranbari sariq kartochka ishlab oldi. 

77-daqiqa. Kroosning kuchli zarbasidan keyin to'p himoyachining boshiga tegdi, hakam darhol o'yinni to'xtatdi. 

75-daqiqa. "Real" raqibni jarima maydonchasiga "qamab qo'ydi".

72-daqiqa. Azarga nisbatan qo'pol harakat uchun jarima zarbasi belgilandi. Alabaning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

70-daqiqa. Marselo jarima maydonchasi ichida raqib futbolkasidan tortgani tufayli to'xtab, penalti so'radi, biroq hakam boshini chayqagancha teskari qarab ketdi. 

68-daqiqa. Xavfli vaziyat. "Real" futbolchilari o'ngdan jarima maydonchasiga yorib kirishdi, lekin Benzemaning oxirgi zarbasi qovushmadi.  

67-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Mariano Dias o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. Lukas Vaskes to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Kroos anchadan buyon bunchalik noaniq to'p oshirishini amalga oshirmagandi. Bu erda sheriklari ham uni tushunmaganini takidlash lozim, germaniyalikning rejasiga ko'ra, uzoq burchakka kimdir borishi kerak edi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Sandro Ramires o'rnini Xayme Mataga bo'shatib berdi. 

64-daqiqa. Azarga nisbatan fol. Qulay nuqtadan jarima zarbasi. 

63-daqiqa. David Alaba oldinroqqa o'tdi va tushunarsiz uzatmani amalga oshirdi. 

61-daqiqa. Kuenka Benzemaning oyog'iga zarba berib yubordi.  

59-daqiqa. To'pni nazorat qilish orqali "Xetafe" raqib shashtini tushirishga urinyapti. 

57-daqiqa. Luka Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, darvozabon o'z o'rnida.

56-daqiqa. Ogohlantirish! Benzemaga nisban qo'pollik uchun Daiman Suaresga kartochka ko'rsatildi.

55-daqiqa. Sandro Ramires katta tezlikda oldinga qarab bordi va zarba yo'lladi, Tibo o'z o'rnida. 

53-daqiqa. Eden Azar o'yin qoidasini buzdi deb topildi. 

52-daqiqa. Rodrigo o'rnidan turdi. O'yin davom etadi. 

Rodrigoga yordam ko'rsatilmoqda. O'yinda pauza yuzaga keldi. 

50-daqiqa. Marseloning noaniq uzatmasidan keyin raqib xavfli qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, biroq Alaba "podkatda" to'pni jamoasiga qaytarib berdi.  

48-daqiqa. Uzatmada adashgan Rodrigo to'pni yo'qotilishga sababchi bo'ldi, lekin "qaymoqranglilar" uni tezda qaytarib olishdi.  

Darhol hujumga o'tgan "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo ish zarbagacha etib bormadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Xetafe" boshlab berdi.  

Futbolchilar maydonga qaytmoqda. Mezbonlar tarkibida o'zgarishlar. Marko Asensio va Ferlan Mendi o'rniga Marselo va Eden Azar tushirildi.  

45+2-daqiqa. Burchak zarbasidan uzatilgan to'p qaytarildi va hakam bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha o'z imkoniyatidan unumliroq foydalangan "Xetafe" hisobda oldinda. Biroz dam olamiz. 

45+1-daqiqa. Militao bu safar jamoasini qutqarib qoldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Xetafe" markazga yaqin hududda to'pni olib qo'yib, qarshi hujumga o'tib ketishiga Kazemiro yo'l qo'ymadi.  

42-daqiqa. Ogohlantirish! Noroziligini o'ta faol tarzda ko'rsatgani uchun Karlo Anchelottiga sariq ko'rsatildi.   

41-daqiqa. Anchelotti maydonda bo'layotgan ishlardan norozi. 

38-daqiqa. "Xetafe"ning hujumi uzoqqa cho'zilmadi.  

37-daqiqa. Lukas Vaskesning uzatmasi qovushmadi, aks holda Benzema qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi.   

33-daqiqa. "Real" raqib himoyasining zaif nuqtasini izlash bilan ovvora.  

31-daqiqa. Lukas Vaskesga nisbatan fol ishlatildi. 

30-daqiqa. Asensioga nisbatan qo'pollik ishlatilgan bo'lsada, hakam hujumni davom ettirishga imkon berdi. Biroq Benzema bor yo'g'i burchak zarbasi ishladi.   

Burchak zarbasidan yana naf chiqmadi. 

27-daqiqa. "Real" jarima zarbasi ishlab oldi. To'p oldida Kroos. Jarima maydonchasidan qaytgan to'p Mendi yana darvoza tomon oshirganida himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  

25-daqiqa. Mehmonlar ijrosida xavfli hujum guvohi bo'ldik, darvozabon ishonchli o'ynadi, keyin himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishgandi. Qo'shimchasiga hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

24-daqiqa. Karim Benzema yana zarba berib ko'rdi, biroq yana noaniq. 

22-daqiqa. "Xetafe" yana chap qanotdan hujum uyushtirdi, jarima maydoniga etkazilgan to'p Kurtuaning qo'liga borib tushdi.   

21-daqiqa. Ogohlantirish! To'pga eta olmagani va raqibni yiqilishiga sabab bo'lgani uchun Rodrigoga sariq kartochka ko'rsatildi. 

19-daqiqa. Hozircha omad ochiqchasiga "Real"dan yuz o'girmoqda. Modrich-Vaskes-Benzema ishtirokidagi ajoyib kombinaciya gol bilan yakunlanishiga sal qoldi. Bu vaziyatda darvozabon ham tomoshabin rolida edi.

17-daqiqa. Uxx! Modrichning daxshatli zarbasidan keyin to'p to'singa tegib, darvozani larzaga keltirdi.  

Ketma-ket ikki burchak zarbasidan mehmonlar naf chiqara olishmadi.

15-daqiqa. Bosim ostida qolgan mezbonlar himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

14-daqiqa. Uxx! Sal qolsa hozir Maksimovich oradagi farqni oshirishi mumkin edi.

Endi "Real" qanday harkat qilishi qiziq. Lekin nima bo'lganda ham mezbonlar ancha faol tarzda pressing uyushtirishmoqda. 


9-daqiqa. GOOOOOL! Ana holos. Militaoning qo'pol xatosidan keyin Enes Unal hisobni ochmoqda. Braziliyalik futbolchi negadir raqib tegar-tegmas qoida buzildi deb, hushtak chalinmasada, to'xtab qoldi. Hujumchi esa harakatni davom ettirib Kurtua darvozasini ishg'ol qildi. 

7-daqiqa. "Xetafe" futbolchilari chap qanotdan oldinga o'tishdi va burchak zarbasi ishlashga urinib ko'rishdi, lekin o'xshamadi. 

5-daqiqa. Benzema ajobtovur harakat bilan raqiblaridan o'tib ketdi va zarba berdi, lekin hakam oxirgi himoyachini aldashda francuz qoidani buzdi deb hisobladi.

4-daqiqa. Rodrigoga to'p aniq uzatilgan va u qulay nuqtaga chiqib borayotgan edi, ammo vinger texnik xatoga yo'l qo'ydi va hujum yakuniga etmay qoldi.  

3-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. Raqib katta kuch bilan himoyaga joylashib olgan. 

2-daqiqa. Endi Lukas Vaskesga nisbatan raqib qo'pol harakat qildi.  

Dastlabki fol maydon markazida Luka Modrichga nisbatan ishlatildi. 

1-daqiqa. O'in boshlandi. Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Har ikki jamoa futbolchilari tribuna ostidan chiqib kelishmoqda. 

O'yin boshlanishi uchun barchasi tayyor.

Getafe

Enes Unal - 9'

LaLiga . 19-tur

02/01/2022, 17:00

0
:
1
Tugadi

Real Madrid

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 11890 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45'
90'
9'  Enes Unal
56'  Damian Suarez
64'  Sandro Ramirez (Jaime Mata)
74'  Carles Alena (Florentino Luis)
82'  Mauro Arambarri
83'  Enes Unal (Jakub Jankto)
83'  Erick Cabaco (Allan Nyom)
90'  Mathias Olivera
21'  Rodrygo
41'  Carlo Ancelotti
46'  Marco Asensio (Eden Hazard)
46'  Ferland Mendy (Marcelo)
67'  Rodrygo (Mariano Diaz)
85'  Lucas Vazquez (Peter Gonzalez)
85'  Toni Kroos (Isco)
87'  Casemiro

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика