La Liga tarixida ilk marta bir o'yinda uch marta “Real” darvozasiga penalti belgilandi
09 noy 2020 07:42
Yangiliklar
La Liga tarixida ilk marta bir o'yinda uch marta “Real” darvozasiga penalti belgilandi
La Liga 9-turi doirasida “Real” (Madrid) safarda “Valensiya”ga yirik (1:4) hisobda imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvni boshqargan hakam Xesus Xil Mansano qirollik klubi darvozasi tomon uchta penalti belgilashga jazm etdi. Bunday holat La Liga tashkil etilganidan buyon ilk marta kuzatildi.
Birinchi taymda Lukas Vaskes to'pni qo'li bilan o'ynagach, bosh hakam jarima zarbasi belgilagan bo'lsa, keyingi vaziyatda Marselo o'z jarima maydonchasiga Maksi Gomesga qo'pollik ishlatdi. Uchinchi penalti esa Serxio Ramos to'pni qo'li bilan o'ynagach belgilandi.
Fikrlar