So’nggi yangiliklar

13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   3 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  8 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  7 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1

La Liga. "Real Madrid" va "Real Sosedad" 2002 yildan buyon ilk bor birorta gol ura olishmadi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" va "Real Sosedad" 2002 yildan buyon ilk bor birorta gol ura olishmadi

Ispaniya chempionati 2-turidan joy olgan "Real Sosedad" – "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


SHu tariqa, mamlakatning amaldagi chempioni "Real Madrid" qanchalik urinmasin, ko'plab hujumlar uyushtirmasin, yangi mavsumni nursiz emas-ku, golsiz durang bilan boshladi. Etiboringiz uchun tashakkur, sog' va salomat bo'ling. 

90+3-daqiqa. Bu safar ham burchak to'pidan keyin Zidan shogirdlari darvoza tomon zarba berolmadi. Keyingi urinishda Karim Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketgan bo'lib chiqdi. 

90+2-daqiqa. Aynan yosh futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatildi, mehmonlar o'yinni tezda boshlab ketishdi va burchak to'pi ishlab olishdi. 

90+1-daqiqa. Vinisiusning o'rniga Serxio Arribas o'yinga qo'shildi.  

Takidlab o'tamiz, so'nggi bor ushbu raqiblar o'yinida 2002 yilda 0:0 hisobi qayd etilgandi.

89-daqiqa. Ander Guevara maydonni tark etdi, uning o'rniga Urko Gonsalez tushdi. 

87-daqiqa. Jarima maydoniga yaqin joyda to'pni egallagan David Silva uzoq o'ylab o'tirmay zarba berdi, to'p yo'liga Rafael Varan to'g'anoq bo'ldi. Franciyalik himoyachiga shifokorlarning yordami zarur. 

86-daqiqa. Har ikki jamoa futbolchilari to'p oshirishda xatolarga yo'l qo'yishmoqda. 

83-daqiqa. Raqib hujumini qaytarishda qo'pol o'ynagani uchun Karvaxalga sariq kartochka ko'rsatildi. Ispaniyalik himoyachi yoki o'yinning borishidan, yoki sal oldin to'p uchun kurashda sustkashlikka yo'l qo'ygan Valverdedan jaxli chiqib, ispanchasiga bir nimalar dedi.  

80-daqiqa. Gol urish uchun oldinga o'tgan Mendi raqib jarima maydoni ichida qoidani buzdi. 

75-daqiqa. Mendi keskin to'p oshirishi bilan Benzemani "topdi", franciyalik hujumchi bir urinishdayoq Vinisiusni qulay vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, ammo braziliyalik to'pni oldirib qo'ydi. Qo'shimchasiga, yon hakam Vinni o'yindan tashqari holatda ekanligini malum qildi. 

74-daqiqa. "Real Madrid" uzoq vaqt davomida to'pni o'zida ushlab turdi va keyin oldirib qo'ydi, Kristian Portugez qanotdan oldinga o'tib ketmoqchi edi, lekin unga Kroos qarshilik ko'rsatdi va "Sosedad" futbolchisi qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi. 

71-daqiqa. Hujumchilarning ishi yurishmayotganini sezgan Toni Kroos o'zi zarba berib ko'rdi. Uning zarbasi kuchli, lekin noaniq bo'ldi.  

69-daqiqa. Edegor, Modrich va Rodrigo uchun bugungi bahs yakunlandi. 

68-daqiqa. "Real Madrid" yana burchak to'plarini amalga oshirish bilan mashg'ul, lekin bugun 10 dan ziyod burchak to'pi tepganiga qaramay, "Qirollik klubi" ulardan keyin qulay imkoniyatga ega bo'lolmayapti, hozircha.    

"Real Madrid" safida bir yo'la uch futbolchi almashtiriladi. Ularning o'rniga Kazemiro, Valverde va Marvin Olavale maydonga tushadi.  

66-daqiqa. Raqib himoyasini yorib o'tishda muammolarga duch kelayotgan "Real" uzun paslarga murojaat qilib ko'rmoqda. Hujumga qo'shilgan Karvaxal qanchalik sakramasin to'pga eta olmadi.   

64-daqiqa. Benzema to'pni maydon markazida olib qo'ydi, tezkor qarshi hujum uyushtirildi, Vinisius-Benzema-Rodrigo... Ammo Rodrigo to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi va hujum yakuniga etmay qoldi.  

63-daqiqa. Mezbonlar tarkibida tajribali David Silva maydonga tushdi. Maydonda ijodkor futbolchilar bittaga ko'paydi.    

60-daqiqa. To'p yo'qotilgach, Ramos kurashish uchun raqib himoyachisinida taqib qildi, to'p undan o'tkazildi va "Real Sosedad"ning oldinda turgan futbolchisiga etkazildi, lekin uni himoyachilarga yordamga qaytgan Vinisius to'xtatdi va to'pni jamoasiga olib berdi. Hujumdagi Ramos va himoyadagi Vinisiusni ko'rganmidingiz? 

59-daqiqa. Operatorlar bizga Kazemironi ko'rsatishdi, katta ehtimol bilan u Edegorni alishtirsa kerak va tayanch yarim himoyachisi o'z nuqtasiga boradi, Kroos esa oldinroqqa chiqadi.   

58-daqiqa. "Sosedad" futbolchisi chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va zarba berdi, lekin noaniq. 

54-daqiqa. Vinisius jarima maydoniga kirib bormoqchi bo'lgandi, raqiblar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi. Burchak to'pidan esa yana naf chiqmadi.  

53-daqiqa. Mendi markazda qo'pollik ishlatdi va raqiblar hakamdan unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishini talab qilishdi, lekin hakam bu safar himoyachini ayadi.  

52-daqiqa. Edegordan to'pni qabul qilib olgan Benzema zarba berdi, ammo Elustondo mukammal zarba berish imkonini qoldirmadi.  

47-daqiqa. Bo'limdagi ilk xavfli vaziyat "Real Sosedad" futbolchilari tomonidan uyushtirildi, lekin oxirgi zarbaga aniqlik etishmadi.  

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

TANAFFUS! Hakam birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib bermadi va jamoalarni tanaffusga chorladi. Hozircha hisob 0:0, ammo ikkinchi bo'limda bizni bundanda qiziqarliroq va shidddatli o'yin kutib turganiga ishonib qolamiz.

45-daqiqa. "Real" chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'ldi, ammo Vinisiusga oshirib berilgan to'pga etishning iloji bo'lmadi.   

43-daqiqa. Kutilmaganda "Real Sosedad" futbolchilari qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Deyarli bir taym xavfli hujum tashkillashtira olmagan mezbonlar gol urib ketishiga Kurtua to'sqinlik qildi. Bazilar qanchalik xohlamasin to'p "Real Madrid" darvozasiga borib tushmadi.   

41-daqiqa. Ramos bilan kurashda Portu jamoasi uchun ilk burchak zarbasini ishlab oldi - 6:1.

40-daqiqa. Mayda paslar orqali "qaymoqranglilar" jarima maydoniga kirib borishdi va Benzema zarba berdi, ammo biroz noaniq. 

38-daqiqa. Darvozabon va himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin to'p mehmonlarga borib tushdi, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq Karim Benzema o'yindan tashqari holatda deb topildi. Takroriy lavhada ko'rdikki, franciyalik to'g'ri joylashgan va to'p darvozaga borib tushganda, gol inobatga olinardi.   

36-daqiqa. "Madrid"ning navbatdagi urinishi burchak to'pi bilan yakunlandi. Ikkinchi urinishdan Ramos kuchli zarba amalga oshirdi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Yana burchak to'pi.

33-daqiqa. Rodrigo teznikasi va tezligini ishga solib raqibini aldab ketayotgandi, lekin himoyachi uni qo'yib yuborgisi kelmadi. Bu harakati uchun hakam Ayxen Munesga sariq kartochka ko'rsatdi. Sariq kartochkalar bo'yicha hisob 2:1.    

30-daqiqa. Himoyaga yordamga kelgan Karim Benzema shu erdan hujumni boshlamoqchi edi, ammo qo'pollik bilan to'xtatildi.  

29-daqiqa. Ferlan Mendi qarshi hujumga ketayotgan Portuga nisbatan qo'pol o'ynadi va hakam himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

26-daqiqa. Rodrigo va Vinisius faolligidan keyin "Real Madrid" uchinchi (3:0) burchak to'pini ishlab oldi. Ammo uzatmadan keyin Varanning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

25-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich: 28 - 72 "Madrid" foydasiga.

24-daqiqa. Karvaxalga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun Ander Barrenecea Muguruza sariq kartochka oldi. 

24-daqiqa. "Sosedad" raqib jarima maydoni yaqinida bir nechta "pas"ni amalga oshirdi, lekin oxirgi uzatma o'xshamadi va Kurtua to'pni egallab oldi.  

23-daqiqa. To'p jarima maydoniga oshirildi, ammo to'p uchun kurashda mehmonlar qoidani buzgan bo'lib chiqdi. 

22-daqiqa. Darvozabonning to'p uzatishdagi xatosidan keyin Rodrigo uni egallab oldi va darhol Benzemani olg'a boshlamoqchi bo'ldi, himoyachi franciyalik futbolchidan tezroq harakat qildi. Burchak to'pi.  

22-daqiqa. Rodrigo to'pni qabul qilib oldinga o'tmoqchi bo'lgan vaziyatda qoida buzildi. 

21-daqiqa. "Real Madrid" raqibi hujumga o'tganidan foydalanib qolishga harakat qildi, lekin Edegorning yaxshi uzatmasidan keyin Vinisius to'pga etguncha himoyachi uni "aut"ga tepib yubordi.  

19-daqiqa. "Sosedad" bir necha daqiqaga o'yinni o'z darvozasidan uzoqlashtirgandek, ammo aytarli hujum uyushtirishga imkon topa olishmayapti mezbonlar. 

17-daqiqa. Kroos burchak zarbasini amalga oshirdi, maydon markaziga bir borib kelgan to'p yana germaniyalik futbolchiga kelib tushganda, o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

16-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini "Madrid" amalga oshiradigan bo'ldi. CHap qanotdan Mendi to'pni jarima maydoni ichiga uzatgandi, himoyachi uni maydon tashqarisiga tepib yubordi. 

14-daqiqa. Edegor bilan "devor" uslubida to'pni o'ynagan Karim Benzema aniq zarba berdi, darvozabon qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.  

12-daqiqa. Hozircha "Real Madrid" katta ustunlikka ega bo'lmoqda, ammo chinakam xavfli vaziyatlar bo'lgani yo'q. 

10-daqiqa. Vinisius ikki raqibini dog'da qoldirib, jarima maydoniga kirib ketayotganda yiqitildi. Kroos amalga oshirib bergan jarima zarbasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtrishdi. 

8-daqiqa. Markazga yaqin hududda Kroosga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mehmonlarning chap qanotdan uyushtirilgan hujumi samarasiz yakunlandi. 

6-daqiqa. "Real Sosedad"ning birinchi hujumi o'ng qanotdan uyushtirildi. Oyarsabalning faolligi samarasi o'laroq mezbonlar oldinga o'tishgandi, lekin Ramos to'pni raqibdan olib qo'yib, Kurtuaga etkazdi va posbon uni uzoqlashtirdi. 

4-daqiqa. Bugun ko'pchiligimiz Martin Edegor "Qirollik klubi" safida maydonga tushishiga etibor qaratdik, lekin shu o'rinda asosiy tarkibda braziliyalik futbolchi Kazemironing yo'qligi ham klubning ashaddiy muxlislari diqqatiga sazovor bo'lgani tabiiy. Hozircha tayanch zonaga Toni Kroos javob bermoqda.   

2-daqiqa. Ilk daqiqalarda favorit deyilgan "Madrid" to'pni o'z nazoratida ushlab turishga harakat qilmoqda. "Sosedad" esa tezkor qarshi hujumlar va Isaakning imkoniyatlariga tayanib harakat qiladigandek tasavvur uyg'otmoqda. 

1-daqiqa. O'yinni maydon egalari boshlab berishdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Bugun futbol ko'p, ularning aksariyati hozir ham davom etmoqda. Biz uchun eng muhimi O'zbekiston vakili "Paxtakor" OCHL pley-off yo'llanmasi taqdirini amalda hal qiluvchi o'yinda ishtirok etmoqda. Ammo La Liganing, "Real Madrid" va "Real Sosedad"ning asl muxlislari bu o'yinni etiborsiz qoldirishmasligi aniq.  

Kinoqaxramonlarga o'xshab ketayotgan Serxio Ramos

Martin Edegor bu safar "Madrid" safida "Real Sosedad"ga qarshi to'p tepadi. 

Bugun La Liga doirasida ikki "Real" bahsiga guvoh bo'lamiz.


Real Sosedad – Real Madrid

00.00, «Reale Arena»

Real Sosedad – Remiro, Munos, Gorosabel, Elustondo, Le Norman, Barrenechea, Gevara, Oyarsabal, Merino, Portu, Isak.

Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kroos, Modrich, Vinisius Junior, Edegor, Rodrigo, Benzema.

YANGILASH

 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика