So’nggi yangiliklar

10:20Таиланд терма жамоаси мураббийи: "Таиланд кетма-кет тўртинчи Жаҳон чемпионатида кучли 16таликдан жой олмоқда"  0 09:50Аргентина термасининг асосий дарвозабони жамоасининг октябрь ойидаги ўйилларида майдонга тушмайди  0 09:13BMW «Реал Мадрид» футболчиларига янги автомобилларни тақдим этди  3 08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  8 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  3 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  7 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  5

"Real Madrid" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi, bu safar "Atletiko" taslim etildi! Yangiliklar

"Real Madrid" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi, bu safar "Atletiko" taslim etildi!

Ispaniya chempionatining 13-turi doirasidagi "Madrid derbisi" boshlandi.

Zinedin Zidan shogirdlari bu safar hamshaharlari Madridning "Atletiko" jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etdi. 

"Real Madrid" – "Atletiko" 2:0
"Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni
Golar
: 1:0 – 15 Kazemiro, 2:0 – 63, avtogol Oblak.

"Real Madrid" – Kurtua, Varan, Karvaxal (Asensio, 79), Ramos, Mendi, Kazemiro, Kroos, Vaskes, Modrich (Valverde, 88), Vinisius Junior (Rodrigo, 79), Benzema.

"Atletiko" – Oblak, Felipe (Lemar, 46), Savich, Tripper, Ermoso, Lorente, Karrasko (Korrea, 46), Errera (Lodi, 46), Koke, Joau Feliks (Saul, 60), Suares (Kondogbia, 73).

Ogohlantirishlar: Kazemiro (36), Lemar (46), Korrea (50), Savich (61).


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati


Real Madrid

Casemiro - 15', Jan Oblak - 63'

LaLiga . 13-tur

13/12/2020, 00:00

0
:
2
Tugadi

Atletico Madrid

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
15'  Casemiro
15'  Toni Kroos
36'  Casemiro
63'  Jan Oblak
79'  Vinicius Junior (Rodrygo)
79'  Daniel Carvajal (Marco Asensio)
88'  Luka Modric (Federico Valverde)
46'  Hector Herrera (Renan Lodi)
46'  Yannick Carrasco (Angel Correa)
46'  Felipe (Thomas Lemar)
46'  Thomas Lemar
50'  Angel Correa
60'  Joao Felix (Saul Niguez)
61'  Stefan Savic
73'  Luis Suarez (Geoffrey Kondogbia)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real Madrid" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi, bu safar "Madrid derbisi"da. 

90+3-daqiqa. Benzema jarima maydoniga katta tezlikda kirib ketayotgan Marko Asensioga to'pni etkazmoqchi bo'ldi, lekin "Atletiko" himoyachisi raqib futbolchisi to'pga etishiga imkon qoldirmadi.  

90+2-daqiqa. Markazda "Atletiko" futbolchilari oxiri to'pni olib qo'yishgandi, lekin hakam Kroosga nisbatan qoida buzilganini etirof etdi. 

90+1-daqiqa. "Real" to'pni raqibiga bermay, maydon bo'ylab harakatlanmoqda.

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Valverdening faolligi evaziga tashkillashtirilgan hujumni Benzema davom ettirdi va Vaskes zarba bilan yakunladi, Oblak o'z o'rnida. 

89-daqiqa. Anxel Korrea qulay vaziyatga chiqayotganda, o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi.  

88-daqiqa. Luka Modrich o'rniga maydonga Fede Valverde tushirildi. 

87-daqiqa. "Atletiko"ning navbatdagi hujumini raqib himoyachilari uzib qo'yishmoqda. 

"Real Madrid" safida jarohatidan forig' bo'lgan Federiko Valverde maydonga tushishga tayyor turibdi.  

85-daqiqa. Kondogbya faollik ko'rsatib, jamoasiga burchak to'pi ishlab berdi.  

84-daqiqa. Zaxiradan tushganlar katta sahnaga chiqishdi. Asensio qanotda bir raqibini ortda qoldirib, to'pni jarima maydonchasiga etkazdi, himoyachilardan balandroq sakragan Rodrigoning bosh bilan yo'llagan zarbasi esa ko'ngildagidek chiqmadi.   

83-daqiqa. Toma Lemar jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi, juda noaniq.

82-daqiqa. "Atletiko" to'pni o'zida ushlab turib, hujum uchun bo'sh zonalar izlamoqda. 

80-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! Saul Niges qulay vaziyatda boshi bilan zarba yo'llagandi, lekin Kurtua seyv ijro etib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.    

79-daqiqa. Dani Karvaxal va Vinisius uchun bugungi bahs yakunlandi. Rodrigo va Asensio maydonga tushirildi. Vaskes yana himoyaga qaytadi.

78-daqiqa. Karvaxal va Lemar to'p uchun kurashgandi. To'pni egallab olgan "Real" himoyachisi raqib maydonda yotgani tufayli uni tashqariga chiqarib yubordi.  

76-daqiqa. Saul Niges zarba uchun fursat topishi hamonoq omadini sinab ko'rdi, biroq to'p ancha noaniq yo'nalish oldi.   

75-daqiqa. Lukas Vaskesdan to'pni olib qo'yib, "Atletiko" o'z hujumini boshlamoqchi edi, lekin Dani Karvaxal to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

73-daqiqa. Luis Suares uchun bugungi o'yin yakunlandi. Uning o'rnini Joffrey Kondogbya egalladi. Markaziy hujumchi o'rniga markaziy yarim himoyachi. Qiziq. 

72-daqiqa. "Atletiko" futbolchilari bosim uyushtirishdi, oqibatda Serxio Ramos to'pni Mendiga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. 

70-daqiqa. Lukas Vaskesning faolligi evaziga "Real" pressingdan chiqib keta oldi, keyin esa Saul Kroosga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

69-daqiqa. Ferlan Mendi tezligini ishga solib, raqiblari orasidan yorib o'tib ketmoqchi edi, lekin yiqildi, hakam esa qoida buzilmaganini takidladi. 

68-daqiqa. Stefan Savich hakam tomonidan ogohlantirildi. 

65-daqiqa. O'yin butkul rejasidagidek ketmayotgan "Atletiko" yana katta kuch bilan hujumga o'tishga urinmoqda. 

Kroos qanotdan to'pni jarima maydoniga etkazdi, himoyachilar uni qaytarganida to'p Karvaxalga kelib tushdi, Danining zarbasi esa shunchaki ajoyib chiqdi.  

63-daqiqa. GOOOOOOOOL! Dani Karvaxaldan ajoyib zarba!

61-daqiqa. Ogohlantirish! Markos Lorente to'p uchun kurashda Mendini yiqitdi va ogohlantirildi. 

60-daqiqa. O'zgarish. Joao Feliks o'rniga Saul o'yinga qo'shildi.  

59-daqiqa. "Atletiko"ning navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.   

58-daqiqa. Luis Suares to'pni egallab markazdan oldinga o'tmoqchi bo'ldi, lekin Varan unga qarshilik ko'rsatdi.  

57-daqiqa. "Real"ning ancha uzoq davom etgan pozicion hujumi Karvaxalning sirpanib ketishi oqibatida uzilib qoldi. 

55-daqiqa. DAXSHAT VAZIYAT! O'ngroqdan Markos Lorente jarima maydoniga kirib bordi va markazroqqa to'pni yo'naltirdi, Varan xatoga yo'l qo'ydi va to'p Lemarga etib keldi, Toma bir necha metrdan darvozaning bo'sh qolgan burchagini poylay olmadi.  

54-daqiqa. Tezkor hujumni Karvaxal uzib qo'ydi va burchak to'pi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.

52-daqiqa. Burchak to'pi tezda o'yinga kiritildi, Kroos jarima maydoniga kirib borib, kutilmaganda orqaroqdagi Mendini ko'rdi, lekin franciyalikning zarbasi qovushmadi. 

Zarbadan keyin to'p himoyalanayotganlardan birining boshiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi.

50-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'sha Anxel Korrea jarima maydoniga yorib kirayotgan Toni Kroosni yiqitdi va hakam jarima zarbasi belgiladi. To'p oldida Serxio Ramos!

49-daqiqa. Anxel Korreani oldinroqda turgan Luis Suares tushunamay qoldi va hujum oxiriga etmadi.  

48-daqiqa. Benzema nozik uzatma bilan o'zidanda qulayroq vaziyatdagi sherigini to'p bilan taminlamoqchi edi, lekin himoyachilar bunga yo'l qo'yishmadi.     

Kazemiro sheriklariga oyog'ida kuchli og'riq his qilayotganini aytmoqda. 

46-daqiqa. 25 soniya o'tdiki, Kazemiroga nisbatan yana qo'pollik ishlatildi. Bu safar hakam qoidabuzar Lemarni ogohlantirdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Hozircha 1:0, birinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazgan "Qirollik klubi" haqli ravishda oldinda bormoqda. Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa futbolchilaridan bundanda qiziqaroliroq o'yin kutib qolamiz. 

45-daqiqa. Koke va Vinisius o'rtasida nizo chiqayotganda hakam bo'lim yakuniga etganligi haqidagi hushtagini chalib, futbolchilarni tanaffusga taklif etib qo'ya qoldi. Sal qolsa, katta janjal bo'lishi mumkin edi.  

44-daqiqa. Hozirgi vaziyatda Mendi va Benzema rollarni almashib olishgandi. Karim to'pni chap qanot himoyachisi nuqtasidan jarima maydoniga yorib kirayotgan Ferlanga etkazmoqchi bo'ldi, ammo franciyalik futbolchi bu uzatmaga biroz kech qoldi.   

41-daqiqa. Kurtua to'pga eta olmadi va burchak zabasi belgilandi. Serxio Ramos birinchisida to'pni yana burchak tomonga, keyingi standart vaziyatda esa darvozadan ancha uzoqqa boshi bilan yo'naltira oldi. 

40-daqiqa. Mendining ajoyib uzatmasidan keyin Benzema qulay vaziyatga chiqib, zarba yo'llashi mumkin edi, ammo Karim negadir sustkashlikka yo'l qo'ydi.   

39-daqiqa. Maydon markazida yana Kazemiroga nisbatan qo'pollik ishlatildi.  

38-daqiqa. Juda ko'p epizodlar, to'qnashuvlar yuz bergan hujum Vaskesning uzatmasi va Oblakni to'pni egallab olishi bilan yakunlandi.  

Natijada, Kazemiro keyingi tur uchrashuvi, Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 

36-daqiqa. Joao Feliks Kazemiro va Karvaxalni dog'da qoldirib, oldinga o'tib ketishni niyat qilgandi, ammo braziliyalik futbolchi sariq kartochka evaziga uni to'xtatib qoldi. 

34-daqiqa. "Real" himoyachilari va tayanch yarim himoyachisi qiyin vaziyatda bo'lishlariga qaramay to'pni qisqa masofalarga uzatib, vaziyatdan chiqib ketishayotganda Kazemiroga nisbatan qo'pollik ishlatildi.  

32-daqiqa. Lukas Vaskes jamoadoshlari to'pni yo'qotgach, kurashga kirishdi, lekin hakam futbolchi qoidani buzgan deb hisobladi.  

30-daqiqa. Hisobda ortda qolayotgan "Atletiko" endi raqibini faolroq taqib qilmoqda.  

27-daqiqa. Lukas Vaskesdan aqlli qaror. To'p ikki raqibning o'rtasida edi, unga ikki tomondan Vaskes va Joao Feliks intildi, ispaniyalik futbolchi esa chaqqonroq harakat qilib, to'pni raqibiga tegib, maydonni tark etishini taminladi.  

26-daqiqa. "Real" futbolchilari yana to'pni shoshilmay bir-birlariga etkazib, raqibni to'psiz harakatlanishga majbur qilishmoqda.  

24-daqiqa. "Atletiko" burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Uzatmadan keyin Kurtua baland sakrab uzatma yo'nalishini o'zgartirdi. 

23-daqiqa. To'p himoyachilarning ustidan tashlab Markos Lorentega etkazilayotgandi, ammo ispaniyalik futbolchi uzatmaga etib bora olmadi.  

22-daqiqa. To'p yo'qotilgach, "Real"ning hujumdagi uchligi ham himoyachilarni faol tarzda bosim ostida ushlab turibdi va bu "Atletiko" o'yiniga tasir o'tkazmay qolmayapti.   

20-daqiqaga kelib "Atletiko" o'yin tizginini qo'ligi olishga urinib ko'rmoqchi bo'lyapti. Kutilmaganda Luis Suares darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgandek edi, ammo Tibo Kurtua ham vaziyatni o'qiy oldi va xavfni bartaraf etdi.    

18-daqiqa. "Real" pressingni ishga soldi va Toni Kroos raqib oyoqlari ostidan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

16-daqiqa. "Atletiko" o'yinni markazdan boshlab berdi va hamma yana joy-joyiga "qaytib oldi". Balki bu vaqtinchalik holatdir, lekin golni mezbonlar urgan bo'lsada, "matraschilar" o'yin kartinasini o'zgartirishga shoshilishmayapti.  


15-daqiqa. GOOOOOOOOL! Kazemiro hisobni ochdi! Burchakdan uzatib berilgan to'pga birinchi bo'lib braziliyalik yarim himoyachi etdi va boshi bilan kuchli zarba berib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

14-daqiqa. Yana Vaskes qanotda faollik ko'rsatdi, lekin uning uzatib bermoqchi bo'lgan to'pini himoyachi maydondan chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

12-daqiqa. Markazda raqibning xatosidan keyin "Atletiko" qulay vaziyatga ega bo'lishi, xavfli hujum tashkillashtirishi mumkin edi, lekin mehmonlar shoshmaslikni maqul ko'rishdi. 

11-daqiqa. Raqib xatosidan keyin "Real" o'ng qanotda to'pga egalik qildi va darhol jarima maydonidagi Benzemaga yo'llandi, biroq Karim to'p o'tishini kutmagan chog'i. 

9-daqiqa. Karim Benzemaaaa! Franciyalik futbolchining kuchli zarbasidan keyin Yan Oblak qo'llarining uchi bilan to'p yo'nalishini o'zgartirdi va u ustunga tegib qaytdi. Hozirgi vaziyatda sloveniyalik posbon jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

8-daqiqa. "Real" avvalgi ikki uchrashuvda bo'lgani kabi dastlabki daqiqalarda to'pni o'z nazoratiga olmoqda.  

6-daqiqa. CHap qanotdan tashkillashtirilgan hujumni markazdan yordamga etib kelgan Luka Modrich zarba bilan yakunladi, ammo noaniq. 

5-daqiqa. Karrasko qanotdan oldinga o'tib, jarima maydonchasi ichidagi sherigini izladi, ammo Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.  

3-daqiqa. Kazemiro to'pga birinichi bo'lib etib bordi va oqibatda Kiran Tripper uning oyog'ini bosib oldi. Jarima zarbasi belgilandi. 

2-daqiqa. Ferlan Mendining xatosidan keyin "Atletiko"ning hujumi xavfli tus olishi mumkin edi, ammo franciyalik himolyachining o'zi to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

1-daqiqa. Lukas Vaskes raqib o'ziga nisbatan qo'pollik ishlatdi deb yiqilib tushdi, ammo hakam boshqacha fikrdaligini ko'rsatib qo'ydi. 

O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishmoqda. Stadion uzra "Real Madrid" madhiyasi yangramoqda.

Bugun ko'p narsa bu ikki yigitga, ularning o'yiniga ham bog'liq bo'ladi.  

Tarkiblarni ko'rib ulgurgan muxlislar albatta mezbonlar tarkibida Serxio Ramos safga qaytgani, Lukas Vaskes bu safar oldingi chiziqda o'ynashiga hamda "matraschilar" hujumida Felisk-Suares juftligi raqib darvozasiga yo'l izlashi va "Qirollik klubi" sobiq futbolchisi Markos Lorente ilk daqiqalardan maydonga tushishiga etibor qaratib ulgurishgan albatta.  

Kunning asosiy derbisi Olmaliqda ham, Manchesterda ham bo'lmagandi, asosiysi endi boshlanadi. 


YANGILASH


Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика