La Liga prezidenti stadionlarga muxlislar qachon qaytishi borasida fikr bildirdi
02 mar 2021 19:50
Yangiliklar


La Liga prezidenti stadionlarga muxlislar qachon qaytishi borasida fikr bildirdi
Xaver Tebas bu mavsum oxiriga qadar amalga oshishiga umid bildirmoqda.
“Ishqibozlarni tribunalarga qaytarishga tayyormiz, ammo oldin Ispaniya Sport Kengashi bilan ehtimoliy sanani va muxlislar soni qancha bo'lishini aniqlab olishimiz lozim.
Umid qilamanki, mavsumni oxirgi bir nechta uchrashuvlarida stadionlarimizda ishqibozlar bo'ladi, lekin Kengash va vazirlar bu borada Sog'liqni saqlash idoralari bilan kelishib olishi talab qilinadi. Emlash jarayonlari qanday o'tishini ham kuzatamiz. Ehtimol, muxlislarni aprelning o'rtalari yoki mayning boshlarida qabul qilarmiz”, deydi Tebas.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar