La Liga Messini o'z saytidan o'chirib yubordi
22 iyu 2021 21:39
Yangiliklar
La Liga Messini o'z saytidan o'chirib yubordi
Ispaniya La Ligasi rasmiy sayti Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining chempionatga doir sahifasini o'chirdi.
Eslatib o'tamiz, Messining "Barselona" bilan shartnomasi 30 iyunda tugagan. Yangi kelishuv haqida hamon xabar berilmadi.
Jurnalist Fabricio Romano malumotiga ko'ra, argentinalikning kataloniyaliklar bilan tuzgan yangi shartnomasi 5 yilga mo'ljallangan. Unga ko'ra, Leoning maoshi 50% ga qisqaradi.
Messi o'tgan mavsumda La Liga doirasidagi 35 o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma qayd etdi.
Fikrlar