So’nggi yangiliklar

00:55Роналду, Мбаппе ва Гризманн Евро-2024 омадсиз рамзий жамоасидан ўрин олди  3 00:38Мората "Атлетико" билан хайрлашди. Ҳужумчи "Милан"га ўтади  0 00:10Япония терма жамоаси дарвозабони А Серия клубига ўтди  3 23:53Месси тўпиғидан олган жароҳати сабабли "Интер Майами"нинг бир нечта ўйинини ўтказиб юбориши мумкин  4 23:27Хави Алонсо машғулотни ўтказиб юборгани учун Азмунни жамоадан четлатди  1 23:01Эдерсонни қўлга кирита олмаган "Ал Насср" бошқа бразилиялик дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  1 22:44Испания клублари ва терма жамоаси 2002 йилдан бери йирик турнирлар финалида мағлуб бўлишмади  2 22:26"Манчестер Юнайтед" ва "Лилль" Йоро трансфери бўйича келишувга эришди  3 22:09Англия эркаклар терма жамоасини аёл мураббий бошқариши мумкин  14 21:52Франциянинг барча даврлардаги энг яхши тўпурари терма жамоадаги фаолиятини якунлади  1 21:35"Манчестер Сити" юлдузи Англия таъсиридаги мамлакатни Испанияники деб атади  2 21:18Мбаппе "Реал"да қайси позицияда ўйнамоқчи эканлигини айтди  7 20:51Англия терма жамоасига АПЛда ишлаган мураббийлар номзоди кўриб чиқилмоқда  9 20:24Марказий Осиё. Биринчи даврадан кейин чемпионатларда вазият қандай?  6 20:00"Ал Иттиҳод" Франция терма жамоаси аъзосини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

La Liga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Barselona" ochko yo'qotdi Yangiliklar

La Liga. CHempionlik uchun kurashayotgan "Barselona" ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionati 36-turidan o'rin olgan bahs gollarga boy bo'ldi.

Levante

Gonzalo Melero - 57', Jose Luis Morales - 59', Sergio Leon - 83'

LaLiga . 36-tur

12/05/2021, 01:00

3
:
3
Tugadi

Barcelona

Lionel Messi - 25', Pedri - 34', Ousmane Dembele - 64'

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Munuera

45'
90'
57'  Gonzalo Melero
57'  Jorge Miramon
59'  Jose Luis Morales
59'  Roger
61'  Enis Bardhi (Daniel Gomez)
61'  Oscar Duarte (Mickael Malsa)
67'  Jorge de Frutos
75'  Jorge Miramon (Coke)
75'  Roger (Sergio Leon)
78'  Jose Luis Morales
83'  Sergio Leon
83'  Tono
90'  Jose Luis Morales (Giorgi Kochorashvili)
25'  Lionel Messi
34'  Pedri
34'  Ousmane Dembele
46'  Ronald Araujo (Sergi Roberto)
64'  Ousmane Dembele
74'  Pedri (Oscar Mingueza)
77'  Frenkie de Jong
81'  Antoine Griezmann (Martin Braithwaite)
82'  Ousmane Dembele (Sergino Dest)
85'  Sergi Roberto (Ricard Puig)
90'  Clement Lenglet


"Levante" – "Barselona" 3:3

"Syudad de Valensiya"

Gollar: 0:1 – 25 Messi, 0:2 – 34 Pedri, 1:2 – 57 Melero, 2:2 – 59 Morales, 2:3 – 64 Dembele, 3:3 – 83 Leon.

"Levante" – Fernandes, Tono, Duarte (Malsa, 61), Miramon (Koke, 75), Rober, Melero, Bardi (Dani Gomes, 61), De Frutos, Vezu, Roxer Marti (Leon, 75), Morales (Kochorashvili, 90).

"Barselona" – ter Stegen, Langle, Arauxo (Serdji Roberto, 46; Puch, 85), Pike, Alba, Buskets, de Yong, Pedri (Mingesa, 74), Dembele (Dest, 82), Messi, Grizmann (Breytueyt, 81).

Ogohlantirishlar:  De Frutos (67), de Yong (77), Morales (78), Langle (90).



BAHS YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga daqiqa qo'shib berildi.

88. Messi vaziyatni bir o'zi o'nglashga urinib ko'ryapti, ammo hozircha harakatlar natijasiz yakun topmoqda.

86. Ronald Kuman maydonda nimalar bo'layotganini tushunmay qotib qolgan, "Barselona" himoyasi esa "teshik kulcha" bo'lib ketdi.

83. GOOOL! 3:3! SERXIO LEON! Qanotdan uzatilgan to'pni Leon darvozaning yaqin burchagiga juda chiroyli uslubda burib qo'ydi va ter SHtegen ojiz qoldi.

81. O'zgarish: Dembele o'rniga Dest, Grizmann o'rniga Breytueyt maydonga tushdi.

73. "Levante" futbolchisi yana bir bor kuchli zarba bilan ter SHtegen darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo to'p darvozaga bormadi.

64. GOOOL! Nimalar bo'lyapti? Gol urish navbati "Barselona"ga keldi va Usmon Dembele o'ng oyog'idagi bor kuchini ishga solib, raqib darvozasiga zarba berdi. Hisob 2:3.

60. GOOOL! Hisob tenglashdi! Morales! "Barselona"ning himoyadagi qo'pol xatosi jiddiy jazolandi.

57. GOOOL! MELERO! "Levante" hisobni qisqartirmoqda. Gonsalo Melero qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan "Barselona" darvozasiga joylab qo'ydi. Serxi Roberto o'z futbolchisini zarba berishiga yo'l qo'yib berdi.

56. De YONG! Alba yana o'z qanotidan uzatma amalga oshirdi, ammo bu safar posbon to'pga oldinroq chiqdi, lekin qaytgan to'p Frenkiga tushdi va niderlandiyalik yarim himoyachi "parashyut" uslubida gol urishga urindi. Mezbonlarning baxtiga to'p darvoza ustiga tushdi.

51. Zarbaaa... Roxer Martining bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi va ter SHtegen to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Zarbaaa... Bugungi o'yinni maxsus bosh kiyimda o'tkazayotgan Buskets "Barselona" tanaffusga 0:3 hisobida ketishini taminlashga yaqin keldi, ammo uning bosh bilan bergan zarbasi darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

40. Ikkita goldan so'ng "Barselona" xotirjam o'ynay boshladi va hujumlarni asosan markaziy himoyachilar boshlab bermoqda.

34. GOOOL! PEDRIII! Lionel Messi to'pni katta tezlikda ochilayotgan Dembelega uzatdi, Usmon esa bir amallab markazroqdagi Pedriga pas berdi va bu safar "Barselona"ning 16-raqamdagi futbolchisi gol ura oldi. 0:2. Ikkinchi gol ham TELEGRAM kanalimizda mavjud.

30. ZARBAAA... Bardi hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. U avvaliga Arauxoni aldadi va yaqin masofa, ammo o'tkir burchakdan darvozani ishg'ol qilishga urindi, Kataloniya klubi baxtiga ter SHtegen seyv ijro etdi.

25. GOOOL! LIONEL MESSI! Xordi Albaning chap qanotdan bergan uzatmasidan to'p Miromonning boshiga tegib, Leo tomonga uchdi. Messi esa qaychi uslubida "Levante" darvozasini ishg'ol qildi. 0:1. GOLni TELEGRAM kanalimiz orqali ko'rishingiz mumkin.

21. DEMBELE... Usmon himoyada juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, ammo "Levante" futbolchisi darvozaga zarba berishni o'rniga to'pni jamoadoshiga uzatishga qaror qildi va bu noto'g'ri qaror bo'lib chiqdi.

20. "Levante" "Barselona"ning tin olganidan foydalanib hujumlar tashkil qilishga urinyapti, ammo hozircha ular yakuniga etmay qolyapti.

18. "Barselona" hali ham "tatil"ni davom ettirmoqda va bu hisobdan "Atletiko" va "Real" muxlislari juda xursand.

12. Bahs boshidagi hujumlar ketma-ketligidan so'ng temp biroz pasaydi, "Barselona" navbatdagi hujumlar seriyasi uchun biroz kuch to'plab olmoqda.

6. Avvalgi daqiqadagi hujumda "Barselona" xavfli standart vaziyat ishlab oldi. To'p qarshisida Messi. Leo to'pni jonli devor ostidan o'tkazishga urindi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

5. ZARBAAA... Pedri nimalar qilyapti? De Yong raqib jarima maydonchasida "Levante" futbolchisini aldadi va darvozabon unga yaqinlashayotganini ko'rib, to'pni orqaroqqa uzatdi. Ammo Pedri deyarli bo'sh darvozaga gol ura olmadi.

4. "Barselona" o'yinning dastlabki 4 daqiqasida raqib jarima maydoni atrofida tinimsiz hujum qildi. "Levante" faqat himoyalanish bilan band.

1. Uchrashuv boshlandi.


Levante – Barselona

01.00, «Syudad de Valensiya»

Levante – Fernandes, Tono, Duarte, Miramon, Rober, Melero, Bardi, De Frutos, Vezu, Roxer Marti, Morales.

Barselona – ter SHtegen, Langle, Arauxo, Pike, Alba, Buskets, de Yong, Pedri, Dembele, Messi, Grizmann.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика