So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

La Liga. "Espanol" - "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya) Yangiliklar

La Liga. "Espanol" - "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionati 32-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


YANGILASH


SHu tariqa, hakamning final hushtagi chalindi va "Real" Kataloniyada muhim uch ochkoni qo'lga kiritib, "Barselona"ni ochkolar bo'yicha ham ortda qoldirdi. 

90+4-daqiqa. "Espanol" jarima zarbasini tez o'ynab ketib, xavfli hujumni yuzaga keltirdi, jarima maydoniga oshirilgan to'pni Marselo maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

"Real" mahorat evaziga raqib hujum o'tishiga imkon qoldirmayapti. 

90+1-daqiqa. Karvaxal o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, lekin darvozabon faol harakat qildi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Varan tinchgina qoidani buzib raqibning ehtimoliy qarshi hujumini buzib qo'ydi.

88-daqiqa. To'p jarima maydoniga etkazib berildi va sal qolishiga sal qoldi. 

87-daqiqa. Vinisius sariq kartochka ishlab oldi.

84-daqiqa. O'zgarish. David Lopez o'rniga Pol Lasano o'yinga tushdi.

83-daqiqa. Rodrigo tezligini ishga solib, qiyin vaziyatda to'pni jamoasiga olib berdi. 

Zidan shogirdlarini ana shunday hotirjam o'ynashga, ko'proq aqlni ishlatishga chaqirmoqda. Unga birinchilardan bo'lib sardor Serxio Ramos labbay deb javob berdi. 

77-daqiqa. Hakam futbolchilarga suv ichib olish imkoniyatini yaratdi.

76-daqiqa. Varan chap qanotdan oldinga borayotgan Marseloni payqadi va to'pni oshirdi, lekin braziliyalik qanchalik harakat qilmasin, to'pga eta olmadi. 

74-daqiqa. "Esrpanol" futbolchilari zarba berish uchun imkoniyatga ega bo'lishdi, lekin zarba kuchsiz chiqdi va Kurtua to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi. 

71-daqiqa. Rodrigo o'ng qanotdan oldinga o'tmoqchi edi, lekin himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

68-daqiqa. Mezbonlar tarkibida o'zgarish. Serxi Darder o'rniga yosh iqtidor sohibi Niko Melamer o'yinga qo'shildi.  

67-daqiqa. Karvaxalga nisbatan qoida buzildi. Uning oyog'ini bosib olishdi va hakam Adrian Pedrosaga sariq kartochka ko'rsatdi. 

66-daqiqa. Raul De Tomasning zarbasidan keyin Kurtua to'pni yon tomonga qaytarib yubordi.

65-daqiqa. Vinisius to'p uchun kurashda qoidani buzishga majbur bo'ldi.

63-daqiqa. O'zgarish. Isko va Azar o'rniga Vinisius va Rodrigo maydonga tushdi.

62-daqiqa. Marseloga nisbatan qoida buzildi. 

60-daqiqa. Isko himoyaviy harakatlarda faollik ko'rsatdi va to'pni jamoasiga olib berdi. 

58-daqiqa. Navbatdagi burchak to'pidan "qaymoqranglilar" naf chiqara olishmadi. 

57-daqiqa. O'zgarish! Vu Ley o'rniga Oskar Melendo maydonga tushirildi.

56-daqiqa. To'pga egalik qilish uchun maydon markazida kurash kechmoqda. Oxiri "Real" himoyachisi qoidani buzdi.

54-daqiqa. Navbatdagi hujum zarba bilan yakunlandi, lekin Toni Kroos darvozani aniq mo'ljalga ola bilmadi. 

Kazemiro zarba berdi, lekin himoyachilar to'p darvozaga etib bormasligi taminlashdi.

53-daqiqa. Jarima maydoniga yaqin hududda Azarga nisbatan qo'pol harakat qilindi, hakam jarima zarbasi belgiladi.  

52-daqiqa. "Real" birinchi bo'limda bo'lgani kabi bemalol o'ynamoqda va tezlikni ko'p ham oshirib o'tirmayapti. 

50-daqiqa. Iskoning uzatmasidan keyin Benzema yaxshi zarba berdi, Diego Lopes bunga tayyor turgandi. 

49-daqiqa. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Vu Ley darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo zarbaga kuch etishmadi. 

47-daqiqa. To'pni yo'qotgan "Real" futbolchilari darhol pressingga kirishishdi va uni qaytarib olishdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytishdi. Mezbonlar tarkibida o'zgarish. Didach o'rniga Pedrosa o'yinga qo'shildi.  

Birinchi bo'limning eng yaxshi futbolchisi va yagona gol muallifi Kazemiro!

Hakamning hushtagi chalindi va tanaffus! Biroz dam olamiz.

SHu tariqa, bo'lim so'ngida imkoniyatdan foydalangan "Qirollik klubi" hisobda oldinga o'tib oldi.  

45+1-daqiqa. GOOOOOOL! Benzemaning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Kazemiro hisobni ochdi! 

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi!

Hozirgina o'yin nisbatan teng kurashlar ostida o'tayotganini aytgandik "Real" o'yinni kuchaytirdi. 

44-daqiqa. Birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyat! "Real" futbolchilari ketma-ket zarbalar berishdi, ammo har safar Diego Lopes sobiq jamoasiga gol urish imkonini bermadi.  

43-daqiqa. Jarima zarbasidan keyin Lopesga himoyachilar halaqit qilishdi. 

Hozircha maydonda chempionat peshqadami va oxirgi jamoasi harakat qilayotgani unchalik ham sezilmayotgandek. Birinchi bo'lim deyarli yakunlandi, hisob hamon 0:0.  

36-daqiqa. Uzoq vaqt to'pni uyoqdan-buyoqqa oshirib yurgan mehmonlar hujumi Benzemaning kuchli zarbasi bilan yakunlandi, darvozabon to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

32-daqiqa. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati berildi.

31-daqiqa. Havolatib oshirilgan to'pga Ramos etib, zarba berdi, lekin Lopes o'z o'rnida. Qo'shimchasiga, o'yindan tashqari holat ham bo'lgandek ko'rindi.    

30-daqiqa. Azar tezlikni oshirib, aylangan holda raqibni ortda qoldirmoqchi bo'lganda yiqitildi.  

26-daqiqa. Yana o'ng qanotdan Vu Ley oldinga o'tib bordi va Ramosga to'qnashib yiqilib tushdi, vaziyatga yaqin turgan hakam o'yinni davom ettirishni so'radi.

Zidan shogirdlariga birinchi bo'limning yarmi o'tdi, gol uraqolinglar degandek bo'ldi.

24-daqiqa. Vu Ley qulay vaziyatga ega bo'ldi, lekin to'p uning zarbasidan so'ng yuqoriga uchib ketdi.

Hozircha bellashuv kurashlarga boy bo'lmoqda.

"Real Madrid" futbolchilari raqibni biroz mensimagandek, ertami-kechmi biz o'z golimizni uramiz va o'yinni yutamiz degandek harakat qilayotgandek tuyulmoqda. 

20-daqiqa. Yaqin burchakka oshirilgan to'p sal qolsa darvozadan joy olardi, lekin Kurua o'z o'rnida.  

19-daqiqa. Serxio Ramos yo'l-yo'lakay barchasiga ulgurmoqda. Marselo qaerga qaytishi kerakligi, to'p yo'nalishi nazorati va raqibni yiqitishni ham uddaladi. 

17-daqiqa. Eden Azar Marselo bilan "devor" uslubida o'ynab, chap qanotdan oldinga o'tishni istagandi, ammo to'p qochib ketdi.

14-daqiqa. Yana fol, yana mezbonlar qoidani buzishdi. Toni Kroos jabrlanuvchi rolida.

13-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak to'pini mehmonlar amalga oshirdi, lekin Kazemironing bosh bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.  

11-daqiqa. "Espanol" futbolchilari mayda follar evaziga raqibni tezlik olishiga yo'l berishmayapti. Bu safar Azarning oyoqlariga zarba berishdi.

10-daqiqa. Jarima maydoni ichida Kazemiro chaqqonroq harakat qildi va zarba berdi, ammo u darvozadan yon tomonga uchayotgan pallada Ramos qo'rqmadi, boshini olib qochmadi, ammo to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.

9-daqiqa. Jarima maydoniga yaqin hududda Iskoga nisbatan qoida buzildi.

8-daqiqa. Ajoyib zarba! Maydon markazidan o'tmay turib Kazemiro to'pni darvozaga yo'lladi va sal qolsa Diego Lopes to'pni darvozasidan olib chiqardi. 

6-daqiqa. "Real" raqibini tinchlantirishga urinmoqda, to'pga egalik qilib, hotirjam o'yin ko'rsatishga harakat qilmoqda futbolchilar.

4-daqiqa. Qiziq holat, hozircha "Espanol" ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda va hujum uyushtirishga intilmoqda. "Real" hali uyg'onmagandek.

3-daqiqa. Xavfli hujum. Vu Ley qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoniga to'pni oshirdi, zarba yo'liga Dani Karvaxal to'g'anoq bo'ldi!

"Espanol" futbolchilari jarima zarbasini amalga oshirishdi, Tibo Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

1-daqiqa. Uchrashuvga start berildi. Mezbonlar o'yinni boshlab berishdi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda! Barchaning kayfiyati alo darajada. 

!!! O'yindan avval qiziqarli faktlarga to'xtaladigan bo'lsak, 4 o'yinda 10 ta gol urgan "Real Madrid" La Liga restartidan so'ng eng sermahsul jamoa bo'lib turishini taminlamoqda. 

"Qirollik klubi" futbolchilari Ramos va Benzema birgalikda La Liganing 16 jamoasi darvozasini ishg'ol qila olganlar.

Qitadoshimiz Vu Lei "Real Madrid"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi!

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum. Mehmonlar tarkibida Isko o'yinni ilk daqiqalardan boshlashi etiborga loyiq. O'z navbatida, avvalgi uchrashuvlarda ancha faol va samarali o'ynagan Vinisius Junior bu safar zaxirada qoldirildi.

 

YANGILASH

Espanyol

LaLiga . 32-tur

29/06/2020, 01:00

1
:
0
Tugadi

Real Madrid

Casemiro - 45'

Stadion: RCDE Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
46'  Didac Vila (Adria Pedrosa)
57'  Lei Wu (Oscar Melendo)
68'  Adria Pedrosa
69'  Adrian Embarba (Jonathan Calleri)
69'  Sergi Darder (Nico Ribaudo)
84'  David Lopez (Pol Lozano)
45'  Casemiro
45'  Karim Benzema
63'  Eden Hazard (Vinicius Junior)
64'  Isco (Rodrygo)
87'  Vinicius Junior

Espanol – Real Madrid

28 iyun, 01.00, "RCDE Stedium"

Espanol: 13. Diego Lopes, 34. Viktor Gomes, 20. Bernardo, 18. Kabrera, 17. Didach, 23. Embarba, 15. David Lopes, 21. Mark Roka, 10. Darder, 7. Vu Lei, 11. Raul de Tomas.

Real:
13. Tibo Kurtua, 2. Dani Karvaxal, 4. Serxio Ramos, 5. Rafael Varan, 12. Marselo, 14. Kazemiro, 8. Toni Kroos, 22. Isko, 15. Valverde, 7. Azar, 9. Benzema.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика