So’nggi yangiliklar

10:55«Бавария» «Интер» юлдузи учун АПЛ клуби билан баҳслашади  0 10:53Ўзбекистонда трансфер ойнаси ёпилди. Жамоаларда амалга ошган сўнгги трансферлар барчаси битта саҳифада  16 10:26«Барселона» Левандовскига АПЛдан ўринбосар топди  5 10:01АПЛнинг икки клуби Мойзе Кинни қўлга киритмоқчи  0 09:37«Бавария» Киммихнинг маошини оширишга тайёр  0 09:34Холдорхонов "Навбаҳор"га текинга ўтган  0 09:14Осимхеннинг «МЮ»га трансфери 95 фоизга якунланди, инглизлар 70 млн евро тўлашга тайёр  3 08:50Трансфермаркт. «Навбаҳор» «Пахтакор» футболчиси учун яхшигина пулга сотиб oлди  13 08:24«Манчестер Сити»нинг «Тоттенхэм»га қарши ўйин учун тахминий таркиби  16 07:58«Реал» футболчиси Испания терма жамоасига илк бор чақирилиши мумкин  4 07:39«Сўғдиёна» Сериа А чемпионатида ўйнаган футболчи билан шартнома тузди  2 07:24«Қўқон-1912» навбатдаги легионер билан шартома тузди  1 07:11Винисиус "Реал" футболчилари билан ҳазиллашиб, Саудия Арабистони таклифини муҳокама қилди. Бразилиялик асосий эътиборини клубда ўйнашга қаратган, аммо ҳали келажаги борасида бир қарорга келмаган  5 03:50Испания кубоги. "Атлетико" "Барселона" учрашувида 8 та гол урилди  123 03:05АПЛ. "Челси" йирик ҳисобда "Саутгемптон"ни мағлубиятга учратди  4

La Liga. "Real" safarda ochko yo'qotdi va "Barselona" bilan farqni yiriklashtirib yubordi Yangiliklar

La Liga. "Real" safarda ochko yo'qotdi va "Barselona" bilan farqni yiriklashtirib yubordi

Teglar :  BetisReal Madrid
Ispaniya La Ligasining 24-turidan o'rin olgan "Betis" - "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

"Betis" — "Real Madrid" 0:0

Betis – Bravo, Sabali, Pesselya, Luis Felipe, Miranda (Abner, 87), Ruibal (Xoakin, 87), Vilyam Karvalyu (Guardado, 80), Rodriges, Rodri, Peres (Luis Enrike, 71), Iglesias (Villian Joze, 71).

Real Madrid – Kurtua, Ryudiger, Militao, Valverde, Kamavinga (Nacho, 63), Kroos (Rodriges, 87), Tchuameni (Sebalos, 64), Vaskes (Karvaxal, 59), Benzema, Rodrigo, Vinisius Junior.

Ogohlantirishlar: Kamavinga (25), Vilyam Karvalyu (45), Sabali (51), Iglesias (51), Rodrigo (59), Militao (59), Vinisius Junior (84).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga panja daqiqa qo'shib berildi.

84. Hakam raqib jarima maydonida yiqilgan Borxaga qarata "Tur, Borxa, haliyam yotibsanmi..." ishorasini qildi.

79. Uchrashuvni kuzatib boratganlarga savol: Vinisius qaysi tomon foydasiga o'ynayapti?

77. Oqsoqol Bravo oqlarning navbatdagi hujumini bartaraf etdi.

75. "Real"ning hujumlari fonogrammaga o'xshab bormoqda.

69. Benzemadan kuchli zarba va Sabali oyog'ini ushlab yotibdi.

64. Hozirgina maydonga tushgan Sebalos sharhlovchining maqtovidan taltayib ketib, to'pni oldirib qo'ydi.

61. Rodrigo yaqin masofadan o'z boshini changallaydigan zarba yo'lladi.

59. "Real"da qo'shaloq ogohlantirish. Rodrigo va Militao vaziyat qahramonlari.

53. Rodrigo haqiqatdan jamoaparvar futbolchi. O'zi qulay vaziyatda bo'lsa ham sherigiga pas beradi. Ammo har doim ham bu samara beravermaydi.

51. Borxa Militaoni umbaloq oshishga majbur qildi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

49. Bravo "Bravo" deyishga arzigulik seyv amalga oshirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi so'zini yozib bo'lgunimcha Kurtua seyv qilishga ulguribdi.

45. Birinchi bo'limga qo'shilgan birinchi daqiqa yakunlandi.

42. Sabali "Real" darvozasi ortida bayroq hilpiratayotgan muxlisiga to'pni sovg'a qildi.

37. Vinisius yiqildi va to'p undan chiqib ketdi. Hakam jarima belgilamadi. Norozi kayfiyatdagi Vini jahldor kayfiyatda bir nima-bir nimalar dedi. Yaxshi gapga o'xshamadi.

35. Vinisius jamoadoshlarining shuncha say-harakatlarini... to'p "Betis" futbolchilarida. 

32. Valverdening zarbasidan so'ng darvozasi to'rining yuqori qismi dodlavordi.

29. Vinisius raqibidan qochaman deya to'pni qochirib yubordi.

28. Valverdening yugurib ketayotgan chog'ida zarba yo'llaganini raqib posbonining qo'lida to'p ko'rganimdan keyin bildim.

25. Kamavinga sariq kartochka olmaguncha ko'ngli taskin topmayotgandi. Endi buyog'iga xotirjam o'ynayversa bo'ladi. 

22. Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi. "Betis" futbolchisi boshini changillab, sochlarini yulaman deb, erlarni mushtlab bu qarorga reakciya bildirdi.

20. Tchuameni raqibi kiyib olgan yap-yangi butsani qulluq bo'lsin qilaman deya bosib qo'ygandi, hakam esa jarima zarbasi belgiladi.

17. Sabalining uzatmasini sherigi qabul qilib olishi uchun jussasi kamida King Kong balandligida bo'lishi talab etilardi. 

12. Benzema Abbos Fayzullaevga o'xshab jarima zarbasi amalga oshira olishini isbotladi, biroq to'p yo'l-yo'lakay Ryudigerning qo'liga tekkani uchun gol hisoblanmadi. 

11. Rodrigo ship-ship-ship etib, raqiblarini aldab ketib qoldi. "Betis" futbolchisi qanday qo'pollik ishlatganini o'ziyam bilmaydi qoldi.

9. Kurtua raqqoslarga o'xshab chiroyli sakrash amalga oshirdi, faqat to'pni qaytarish maqsadida.

6. Kamavinga butsalari bilan raqibining paypog'iga zarar etkazdi. Paypoq yuvish osonmi, yangisini olaman desangiz, palon pul, arzonini olsangiz bir haftaga bormaydi. SHuning uchun hakam jarima zarbasi belgiladi.  

4. "Betis" burchagi zarbasi ishlab oldi. Hujumni barataraf etishda o'tgan o'yindagi saqichini haliyam chaynayotgan Militao bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Ketdik. Uyqugamas, tomoshaga.

Bugun mezbonlar yashil-oq, mehmonlar esa oppoq oq rangli liboslarda harakat qilishadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика