So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

LaLiga. "Barselona" o'z uyida ochko yo'qotdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona" o'z uyida ochko yo'qotdi

Ispaniya chempionati 14-turidan o'rin olgan markaziy bahs yakuniga etdi.

Barcelona

Lionel Messi - 45', Ronald Araujo - 52'

LaLiga . 14-tur

19/12/2020, 20:15

2
:
2
Tugadi

Valencia

Mouctar Diakhaby - 29', Maximiliano Gomez - 69'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
13'  Antoine Griezmann
45'  Lionel Messi
45'  Lionel Messi
46'  Sergio Busquets (Frenkie de Jong)
52'  Ronald Araujo
56'  Oscar Mingueza
73'  Antoine Griezmann (Trincao)
79'  Philippe Coutinho (Clement Lenglet)
86'  Pedri (Miralem Pjanic)
90'  Jordi Alba
90'  Clement Lenglet
29'  Mouctar Diakhaby
29'  Carlos Soler
42'  Yunus Musah (Alex Blanco)
45'  Jose Gaya
45'  Jose Gaya
45'  Alex Blanco
69'  Maximiliano Gomez
87'  Goncalo Guedes (Manuel Vallejo)
90'  Denis Cheryshev (Kang-In Lee)

"Barselona" – "Valensiya" 2:2

"Kamp Nou"

Gollar: 0:1 – 29 Diakabi, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 52 Arauxo, 2:2 – 69 Maksi Gomes.

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets (de Yong, 46), Koutino (Langle, 79), Pedri (Pyanich, 86), Messi, Breytueyt, Grizmann (Trinkau, 73).

"Valensiya" – Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa (Aleks Blanko, 42), CHeryshev (Li Kan In, 90), Rachich, Gedesh (Valexo, 87), Maksi Gomes.

Ogohlantirishlar: Grizmann (13), Gayya (45), Aleks Blanko (45), Mingesa (56), Alba (90), Langle (90).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

83. Messining jarima zarbasi noaniq bo'ldi.

81. Leo raqib jarima maydonchasi yonginasida jarima zarbasi ishlab oldi.

78. ZARBAAA! KOUTINOning zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

75. Messi De Yongdan to'pni qabul qilib, o'zi sevadigan uslub - o'ng qanotdan markazroqqa surilib, darvozani nishonga olishga urindi, ammo rikoshetdan so'ng zarba kuchi pasaydi va to'pga posbon ega chiqdi.

73. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Barselona" uzoqdan zarba berishni boshladi va hozircha urinishlar yomon emas.

71. Jamoadoshlarining tinimsiz uzatmalaridan zerikka himoyachi Mingesa o'zi to'pni qabul qilib, darvozaga kuchli zarba berdi. Domenek esa bir amallab to'pni qaytarib qoldi.

69. GOOOL! "Valensiya" hisobni tenglashtirdi! Birinchi bo'lim oxirida qizil kartochkasi sariqqa aylangan Gayya Maksi Gomesga ajoyib pas berdi, u esa to'pni darvozaga burdi va endi hisob 2:2.

61. Dest jarima maydonchasi chizig'i ustidan "Valensiya" darvozasiga zarba berdi, ammo noaniq.

56. Breytueytning aniq zarbasini "Valensiya" posboni qaytardi va shu zahoti mehmonlar qarshi hujum boshlashdi. Mingesa o'sha qarshi hujumni qaytarishga urinib, qoida buzdi va jarohat ham oldi.

52. GOOOL! Arauxodan supergol! Himoyachi raqib jarima maydonchasida erdan havoga sapchigan to'pni sakrab darvozaga yo'lladi va chiroyli zarba orqali hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi.

48. "Barselona" yana oxiri yo'q, zerikarli uzatmalarni boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Malumotlarga ko'ra, Messi bir klubda gol urish bo'yicha Pelening 643ta golli rekordini takrorladi.

TANAFFUS

45+6. Aleks Blanko Albaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

45+4. YO'Q! Leoning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, ammo Alba qaytgan to'pni Messiga uzatdi va argentinalik bosh bilan zarba orqali hisobni tenglashtirdi.

45+3. Qizil kartochka bekor qilindi, ammo sariq kartochka ko'rsatildi va penalti belgilandi. To'p qarshisida Messi...

45+1. PENALTI va QIZIL KARTOCHKA! "Valensiya" jarima maydonida Grizmann yiqitildi. VARga murojaat qilindi. Assistentlarda shubha borligi tufayli bosh hakam ekran yoniga ketdi.

45. Ter SHtegendan navbatdagi seyv. Posbon yana bir bor jamoasini qutqarib qoldi.

43. Kataloniya klubi hujum uyushtirdi va o'sha hujumda Breytueyt raqib jarima maydonchasida yiqildi. To'p maydonni tark etganidan so'ng hakam VARdagilarga quloq soldi va hech qanday qoidabuzarlik bo'lmaganini malum qildi.

33. Kataloniya klubining qarshi hujumi Grizmanning o'ng oyoqdagi kuchsiz zarbasi bilan yakun topdi va Domenek to'pni osonlik bilan egallab oldi.

31. Koutino oxiri yo'q paslardan zerikdi va to'pni qabul qilishi bilan o'zining sevimli zarbasi orqali hisobni tenglashtirishga urindi. Ammo zarbadan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

29. GOOOL! "VALENSIYA" hisobni ochdi! Muxtor Diahabi burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burdi.

29. ZARBAAAA! Soler Ter SHtegen darvozasiga xavf soldi, ammo nemis posboni chiroyli sakrash orqali jamoasini goldan qutqardi.

26. Uchrashuvdagi sokinlik "Valensiya" tomonidan buzildi. "Ko'rshapalaklar" Kataloniya klubi darvozasi oldida xavfli hujum yaratishdi va uni Gayya yoki CHerishev muvaffaqiyatli yakunlashi mumkin edi, biroq futbolchilar to'p talashib, vaziyatni qo'ldan boy berishdi.

23. Kataloniya klubi to'pni u qanotdan bunisiga, bunisidan esa avvalgisiga uzatib, televizor va smartfon qarshisidagi futbol muxlislarini zeriktiryapti. Klubda yoshlar juda ko'p va ular bu tizimga ko'nikkunicha mezbonlar shunday o'ynashda davom etaveradi.

20. Uchrashuv "Barselona" nazorati ostida o'tmoqda, ammo temp yuqori emas. SHunday ekan, sizga bir qiziq malumotni etkazmoqchimiz: "Barselona" klubiga qarashli bo'lgan "Kamp Nou" stadionining nomi o'zgarishi mumkin. Ha, to'g'ri topdingiz, unga Lionel Messi nomi berilishi kutilmoqda.

15. Ayni daqiqalarga kelib uchrashuvdagi zarbalar soni bitta va o'sha zarba "Valensiya"ga tegishli, biroq u noaniq bo'lgan. To'pga egalik qilish bo'yicha juda katta ustunlik "Barselona" tomonda.

14. Translyaciyamiz biroz kechikkani uchun uzr so'raymiz va o'yinni sharhlashni boshlaymiz.

1. Uchrashuv boshlandi.


"Barselona" – "Valensiya"

20.15, "Kamp Nou"

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets, Koutino, Pedri, Messi, Breytueyt, Grizmann.

"Valensiya" – Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa, CHerishev, Rachich, Gedesh, Maksi Gomes.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика