So’nggi yangiliklar

20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  2 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  3 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  0 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  1 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  4 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1 13:47"Астон Вилла" "Барселона" собиқ ўйинчисини сотишга тайёр  1 13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  4

La Liga. "Barselona" "Osasuna"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, Ferran Torresdan dubl! Yangiliklar

La Liga. "Barselona" "Osasuna"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, Ferran Torresdan dubl!

Ispaniya chempionati 28-turidan o'rin olgan bahs matnli transliyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Barselona – Osasuna 4:0 

«Kamp Nou»

Gol: Ferran Torres penalti 14', 21', Obameyang 27', Puch 75'

Barselona – ter SHtegen, Dani Alves, Pike (Langle, 62), Erik Garsiya, Alba (Mingesa, 80), Buskets, Pedri (Puch, 73), Gavi, Obameyang (Depay, 73), Dembele, Ferran Torres (Breytueyt, 80).

Osasuna – Errera, Vidal, Xuan Krus, David Garsiya (Umperres, 46), Xose Anxel, Torro (Unai Garsiya, 46), Martines (Brashanac, 73), Monkayola, Ruben Garsiya (Roberto Torres, 46), Kike Garsiya, Benito (Budimir, 68).

Ogohlantirishlar: Vidal(14), David Garsiya (16), Unai Garsiya (89), Brashanach (90+2).

O'yin "Barselona"ning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi! 

90+2. Darko Brashanac sportga xos bo'lmagan harakati uchun ogohlantirildi.

Ikkinchi taymning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shildi. 

89. Unai Garsiya kechiktirilgan fol uchun "sariq" oldi.

88. Usmon Dembelening uzatmasidan keyin himoyachilardan biri to'pni uzoqlashtirdi.

86. Oskar Mingesa to'pni olib qo'yishda qo'pol o'ynadi.

84. Alvesning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Memfis Depay o'ziga xos tarzda fint bilan zarba yo'lladi, noaniq.

82. Roberto Torres o'rta masofadan zarba berib ko'rdi. Zarba noaniq ketdi.

80. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Ferran Torres o'rniga Breytueyt, Alba o'rniga Mingesa tushirildi.

78. Alvesning uzun pasidan keyin Depay to'pni o'ziga bo'ysundirishda qiynaldi, Errera to'pni egallab oldi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Puch darvozabonni aldab o'tib, gol urdi va hisobni yiriklashtirib qo'ydi – 4:0! 

75. Riki Puchning ichkariga uzatmasi qaytarildi, burchak to'pi.

73. "Osasuna"da o'zgarish: Martines o'rniga Brashanac o'yinga qo'shildi. 

73. "Barselona"da 2 ta o'zgarish: Obameyang o'rniga Depay, Pedri o'rniga Puch tushirildi. 

72. Zarba! Alvesning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi. 

70. Zarbaaa! Dembelening zarbasini Errera qaytarishga erishdi. SHundan so'ng kataloniyaliklar Alves boshchiligida burchak to'pini o'yinga kiritishdi.

70. Malumotlarga qaraganda, 54507 tomoshabin bahsni stadiondan kuzatmoqda.

68. "Osasuna"da o'zgarish: Benito o'rniga Budimir uchrashuvni davom ettiradi.

67. Zarbaaa! Ferran Torresning zarbasidan so'ng to'p o'ng ustun yonginasidan o'tib ketdi.

66. Gavi bo'sh zona sari intildi, lekin himoyachilar yakunda yaxshi harakatlanishdi.

62. "Barselona"da almashtirish: Pike o'rniga Langle o'yinga qo'shildi.

61. Dani Alves qanotdan kroos amalga oshirdi, biroq himoyachilar xavni bartaraf qilishning uddasidan chiqishdi.

59. Iker Benito hech qanday to'qnashuvsiz yiqilib tushdi.

57. Dembelening ichkariga pasidan so'ng Errera to'pga ega chiqdi.

55. Gol!  Yo'q, Pike o'yindan tashqari holatda qolgan ekan.

53. Obameyangdan zarba! To'p himoyachilarga tegib, maydondan chiqib ketdi, burchak to'pi.

51. Uuuux! Usmon Dembelening qulay pasidan so'ng Obameyang 11 metrlik nuqtadan noaniq zarba yo'lladi. To'p o'ng ustun yonidan o'tib ketdi.

48. Xaver Martines bir nechta himoyachini aldab, jarima maydoni ichida paydo bo'ldi. U chap burchakni poyladi, biroq darvozabon qoyilmaqos seyv ko'rsatdi!

46. Ikkinchi taymga start berildi! 

46. "Osasuna"da 3 ta o'zgarish: David Garsiya o'rniga Aridan Umperres, Ruben Garsiya o'rniga Roberto Torres, Torro o'rniga Unai Garsiya.

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 3:0. Tanaffus! 

45. Jerar Pike Martinesga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

41. Pedrining zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. "Osasuna" posboni to'pni o'yinga kiritadi.

39. Serxio Buskets raqibdan to'pni olib qo'yishda qo'pollikka yo'l qo'ydi va hushtak chalindi. Buskets hakamning fikriga qo'shilmayapti. 

37. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 71% – 29%

34. Iker Benito "Osasuna"ning birinchi zarbasi muallifiga aylandi. Uning kuchsiz zarbasidan keyin to'p ter SHtegenga borib tushdi.

31. Ferran Torres to'pni ichkariga uzatib berdi, biroq himoya vakillari ishonchli o'yin namoyish qilishdi.

29. Martines Vidalni pas bilan taminladi, ammo Nacho ofsaydda qolgani malum qilindi.

27. Dembelening qanotdan uzatgan aylanma pasi markazdagi Obameyangga etib keldi, gabonlik hujumchi qiyinchiliksiz darvozani nishonga oldi – 3:0!  

25. Serxio Buskets zarba yo'lladi, ammo himoyachilar jarayonga to'g'anoq bo'lishdi.

23. Zarbaaa!  Ferran Torresning uzoq masofadan bergan zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali maydondan chiqib ketdi.

21. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Usmon Dembelening qoyilmaqom uzatmasidan keyin Ferran Torres to'pni darvozabon oyoqlari orasidan o'tkazib, darvozaga yo'l topdi va dublni rasmiylashtirdi – 2:0! 

20. Xon Monkayola ichkariga pas uzatdi, ammo ter SHtegen yugurib chiqib, barchasi nazorati ostida ekanligini ko'rsatdi.

18. Dani Alvesning havolatib uzatgan pasidan keyin Obameyang zarba berishda biroz qiyinchilikka uchradi. Per yoqtirgan uslubida havolatib zarba berishi mumkin edi, ammo o'ylangan reja o'xshamadi. 

16. Rikardo Bengoetchea yana bir sariq kartochkani cho'ntagidan chiqardi. Bu gal Ferran Torresni yiqitgan David Garsiya ogohlantirildi. 

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Ferran Torres penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:0! 

14. Vidalga sariq kartochka ko'rsatildi. 

13. Penalti!  Nacho Vidal birga-bir holatga chiqib borayotgan Gavini yiqitdi. 

10. Uuuux!  Zarba! Usmon Dembelening chap oyoqdagi kuchli zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi.

7. Jordi Albaning olisdan yo'llagan zarbasi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.

7. Dani Alves to'pni aylanma zarba orqali burchakdan o'yinga uiritdi, ammo sheriklari ikkinchi qavatda omadsizlikka uchrashdi.

4. Ferran Torres katta tezlik bilan oldinga bordi, biroq zarba berishning uddasidan chiqa olmadi. 

2. Per-Emerik Obameyang kuchli zara yo'lladi, biroq himoyachilar bunga to'sqinlik qilishdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика