So’nggi yangiliklar

08:25Sofascore. БААдаги "ўзбек дербиси"да Ғаниев ва Эркинов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:58Sofascore. Мавсумдаги сўнгги учрашувда Шомуродов неча баҳо олди?  2 07:30Суперлига. Бугун 11-тур якунланади  0 06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  10 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  10 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  34 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  2 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  22 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  22 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0

La Liga. "Barselona" muhim o'yinda g'alabaga erishdi Yangiliklar

La Liga. "Barselona" muhim o'yinda g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionati 31-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Atletik" bahsi tugadi.

Barselona Atletik 1:0 

«Kamp Nou»

Gol: 1:0 – 71 Rakitich.

Barselona – ter SHtegen, Alba, Semedu, Langle, Pike, Buskets (Rakitich, 64), Vidal, Artur (Puch, 56), Suares (Breytueyt, 85), Grizmann (Fati, 65), Messi.

Atletik – Unai Simon, Balensiaga, De Markos, Yeray Alvares, Lekue (Kapa, 69), Unai Lopes (Dani Garsiya, 57), Vesga, Kordoba (Muniain, 57), Sanset (Raul Garsiya, 78), Nunes, Uilyams (Vilyalibre, 69).

Ogohlantirishlar: Buskets (32), Nunes (62), Rakitich (90).


Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" muxlislarini tabriklaymiz! Jamoa bu g'alabadan keyin onlayn turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarildi. Etiboringiz uchun tashakkur! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. 

90+4. Mehmonlar qarshi hujumga o'tishga urinmoqdalar. 

90+2. Vidal Vesgani itarib yubordi. 

90+1. Rakitich Vesgani yiqtgani uchun sariq kartochka oldi.  

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. "Atletik" to'pga egalik qilyapti. 

88. Zarbaaaaaa! Fatining pasidan keyin Messining yo'llagan zarbasi ozgina noaniq chiqdi. 

87. Messining jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devorga tegdi. 

85. "Barsa"da o'zgarish qilindi. Suares o'rniga Breytueyt tushdi. 

84. Balensiaganing havodan yo'llangan ajoyib uzatmasidan keyin Garsiya to'pga etib kela olmadi. 

83. Vesga "Barsa"ning hujumini to'xtatib qo'ydi. 

82. "Atletik"da burchak zarbasi.  Foyda keltirmadi. 

80. Messining ajoyib zarbasi!!  Ozgina noaniq. 

78. "Atletik"da o'zgarish: Sanset o'rniga Garsiya tushirildi.

77. Davom etamiz! 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 68% - 32%

75. O'yin to'xtatildi. O'yinchilarga suv ichib olishlari uchun imkoniyat taqdim etildi. 

75. Rakitichning burchakdan oshirgan to'pi samara keltirmadi. 

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Rakitich gol urdi! 

70. Mehmonlarda 2 ta o'zgarish: Uilyams o'rniga Vilyalibre, Lekue o'rniga Kapa tushdi. 

69. Messi kutilmaganda Alvaresning oyog'ini bosib oldi, jarima to'pi.  

68. Raqib hujumidan keyin Ter SHtegen to'pga egalik qildi

65. Fatida yaxshi vaziyat bo'ldi, ammo uning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

65. Mezbonlarda 2 ta o'zgarish: Grizman va Buskets o'rniga Rakitich va Fati tushdi. 

62. Nunes qo'pol o'ynagani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.   

60. Buskets Sansetga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. 

59. "Barselona" to'pga faol egalik qilmoqda. Jamou uchun g'alaba juda muhim.  

57. "Atletik"da o'zgarishlar: Lopes o'rniga Garsiya, Kordoba o'rniga Munyain tushirildi.  

56. "Barsa" safida o'zgarish: Artur o'rniga Puch tushdi. 

54. Messining Grizman tomon ajoyib uzatmasi! Darvozabon Siomn vaziyatni oldindan his etgan holda Grizmanning yo'linga to'g'anoq bo'ldi.  

51. "Barsa" to'pga egalik qilmoqda. 

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 65% - 35%

48. Qoida buzish kuzatildi. Lopes Arturni yiqitdi. 

47. Semeduning uzatmasini Nunes bartaraf etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. 

45+1. Messi va Suares kombinaciyasi Messining yiqilishi bilan tugadi, lekin qoida buzilmadi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. "Barsa" raqibdan to'pni olib qo'ydi va hujumga o'tdi. Hujum Messining zarbasi bilan tugadi, noaniq. 

42. Lekue  Albani yiqidi. To'p o'yinga kiritildi. 

41. Semuduning Suares tomon uzatgan to'pi... hujumchi yana o'yindan tashqari holatda. 

41. "Barsa" sekin-asta ustunlikni qo'liga olmoqda, ammo hali biron bir vaziyatdan darak yo'q. 

40. Suares ofsaydda qolgan holatida to'pga egalik qildi, hakam xushtagini chaldi.  

39. "Barselona" vaziyat yaratishga urinyapti. 

38. Semedu-Vidal-Artur-Albaning uzatmasi... ammo Suares uni tushunmay qoldi. 

37. Lionel Messining uzatmasiga jamoadoshi etib bora olmadi.

To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 58% - 42%

34. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda. 

33. Messi to'p bilan ichkariga kirib bordi, lekin Balensiaga to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga erishdi. 

32. Buskets Uilyamsga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.  

31. O'Yin tiklandi. Davom etamiz. 

29. Hakam tomonidan "time-out" taqdim etildi. 

26. Artur burchak zarbasini amalga oshirdi, bu hozircha foyda keltirmadi. 

24. Luis Suares raqib jarima maydonchasi ichida kutilmaganda ajoyib pas uzatdi, to'p afsuski, VIdalga qadar etib kelmadi va himoyaichlar to'pni tepib yuborishdi. 

23. Oskar de Markosning uzatmasi samara keltirmadi. 

20. Suares - Messi kombinaciyasi xavfli vaziyatni hosil qilishi mumkin edi, biroq davraozabon Unai Simon o'z vaqtida to'pga egalik qildi.

18. Serxio Buskets raqibi Oyan Sanetni itarib yubordi. Jarima to'pi o'yinga kiritildi.

15. Suraesning nabatdagi zarbasi! Bu safar kuchli, ammo noaniq. 

15. Suaresning zarbasi juda kuchsiz ko'rinish oldi, to'p darvozabonnig qo'lida. 

13. Mehmonlar qarshi hujumga o'tishdi. Uilyamsning zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga bordi. 

12. Lekue zarba yo'lladi, bu hech qanday xavf tug'dirmadi. 

10. "Barselona" to'pga egalik qilmoqda, hujum himoya orqali boshlanadi. To'p bilan IMessi.... U markazga Vidalga uzatdi.. to'p yana Messida. Uning chalg'ituvchi zarbasini Simon bemalol ushlab oldi.

8. Pike xavfni bartaraf etgan holda to'pni oldinga tepdi. 

7. Ter SHtegenning uzatmasi Suaresga mo'ljallangandi, biroq to'p o'tib ketdi va raqib darvozaboniga etib bordi.  

5. Suraes yiqilgan holatda zarba berdi, uning zarbasi "blok" qilindi.

4. Unai Lopesning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

2. Alba jamoadoshlariga to'pni oshirdi, uning jamoadoshlari kechikishdi... va vaziyat hech narsaga olib kelmadi. 

1. O'yin boshlandi! 

"Barselona" vakillari "Atletik" (Bilbao) afsonasi Aric Adurisni ajoyib faoliyati bilan qutlashdi. 

"Atletik" futbolchilari o'yin oldi mashg'ulotlar jarayonida. 

Bugun 33 yoshni qarshi oladigan Leo Messi chigil yozdi mashg'ulotlarida. 

Futbolchilar stadionga etib kelishdi

SPORTbible: 

Messi va Grizmann mashg'ulotlar chog'ida janjallashib qolishdi, futbolchilarning jamoadoshlari va Seten hodisaga aralashgan holda vaziyatni yumshatishdi.  

Kamp Nou o'yinga tayyor! 

Tarkiblar malum qilindi

- Uchrashuv 01:00da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun  Kataloniyaning "Barselona"si va Bilbaoning  "Atletik" klubi o'rtasidagi ajoyib to'qnashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика