"La Liga" 23-tur prevyusi
07 fev 2014 18:15
Yangiliklar

"La Liga" 23-tur prevyusi
Etiboringizga Ispaniya chempionati 23-tur o'yinlarining prevyusini taqdim etamiz.
7 fevral
“Espanol” – “Granada”
"Espanol" evrokuboklarda ishtirok etishdan umidini uzganicha yo'q. Lekin buning uchun “to'tiqushlar” “Granada”dek jamoalarni qiyinchiliksiz mag'lub etishlari lozim.
8 fevral
“Valensiya” – “Betis”
Avvalgi turda “Valensiya” chempionat peshqadamini safarda mag'lub etdi. Endi esa jamoa turnir jadvalining oxirgi pog'onasini hech kimga bermay kelayotgan “Betis”ni qabul qiladi. SHuningdek, avvalgi turda “Betis”ning ham karomat ko'rsatganligini va zafar quchganini alohida takidlash lozim. Ammo jamoalar salohiyatidagi tafovut juda katta. Aynan shuning uchun ham bu uchrashuvda mezbonlar qiyinchilikka duch kelmasalar kerak. Sariq kartochkalar ko'payib ketganligi sababli ushbu bahsda “Valensiya” himoyachisi Rikardu Koshta va “Betis” yarim himoyachisi Salvo Sevilya maydonga tusha olmaydilar.
“Rayo Valekano” – “Malaga”
La Liganing eng hujumkor va ochiq o'yin namoyish etuvchi jamoasi o'yin bobida o'ziga umuman o'xshamaydigan klubini kutib oladi. Bamisoli olov va muz to'qnashuvidek va bu o'yinda mezbonlarning qo'li balandroq kelsa ajab emas.
“Real Madrid” – “Vilyareal”
"Vilyareal" so'nggi besh uchrashuvning to'rttasida g'alaba qozondi. Etiborlisi ushbu bahslarda jamoa 15 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Endigi raqib esa, oxirgi vaqtlarda gol o'tkazmaslikni o'rganibborayotgan Madridning “Real” jamoasi. Yodingizda bo'lsa kerak, birinchi davra uchrashuvida jamoalar murosa ko'chasini tanlagan edilar. Jamoalarning bugungi holatidan kelib chiqsak, Marselino shogirdlari yaxshiroq imkoniyatga egalar. Boz ustiga “galaktikos” tarkibida jamoa va chempionat to'purari Krishtianu Ronaldu maydonga tusha olmaydi. Aynan shu uchrashuv bilan portugaliyalik futbolchining uch o'yindan iborat diskvalifikaciyasi start oladi. Hafta o'rtasida “Vilyareal” dam olgan. Madridlik raqiblar esa hamshaharlari bilan xaqiqiy jangda ishtirok etdilar. Lekin ushbu barcha sabab va faktlardan keyin ham “Real” o'z maydonida so'zsiz favorit bo'lib qolaveradi. Anchelotti shogirdlari navbatdagi ochkolarni jamg'arib olish va azaliy raqib “Barselona”ni butkul ortda qoldirish ilinjidalar.
“Almeriya” – “Atletiko”
"Almeriya" – chempionatning eng ko'p gol o'tkazibyuboruvchi uch jamoasining biri hisoblanadi. Lekin shunda ham jamoa o'z omadini hujumdan qidiradi. “Atletiko” odatda bunday raqiblar bilan uchrashuvlarda aytarli muammoga duch kelmaydi. Lekin Diego Simione shogirdlari Madrid derbisida juda ko'p kuch sarf etganlari ham bor gap. Filipe Luis va David Vilya jarohatlanganlar. Bundan tashqari jamoaning pleymekeri Koke sariq kartochkalari to'planib qolgani tufayli bu uchrashuvdan faqatgina tomoshabinlar qatorida bahra ola oladi.
9 fevral
“Osasuna” – “Xetafe”
Pamplonaliklar birinchi raqamli jamoa bo'lib harakat qilishni o'rganmasalar bo'lmaydi chog'i. Sababi o'z maydonlaridagi aksariyat uchrashuvlarda, “Xetafe”dan kuchli bo'lmagan raqiblar bilan ham jamoa o'zini yo'qotib qo'ymoqda.
“Valyadolid” – “Elche”
“Valyadolid”ga bu o'yinda juda qiyin bo'lsa ajab emas. Sababi jamoa hujumchi va hujum chizig'iga yaqin harakat qiluvchi futbolchilar – Oskar va Xavi Gerra bu uchrashuvda jamoadoshlariga ko'maklasha olmaydilar.
“Real Sosedad” – “Levante”
Basklar endi o'zlari qo'ygan tuzoqqa tushmaslikka harakat qiladilar. Nimaga deysizmi, hafta o'rtasida “Nou Kamp”da besh himoyachi, uchta tayanch yarim himoyachilari bilan harakat qilgan sosedadliklar, endi o'zlari raqibning “avtobusi”dan o'tish imkoniyatini topishlari zarur. Kataloniyada bo'lgani kabi, bu safar ham hujum – himoyani taslim etishi kutilmoqda.
“Sevilya” – “Barselona”
Xerardo Martino jamoasi “Ramon Sanches Pisxuan” stadioniga Maskerano va Xordi Alba va hali hamon jarohatidan qutulib ulgurmagan Neymarsiz tashrif buyuradi. “Sevilya” avvalgi turda Malagada besh himoyachi bilan harakat qilish taktikasini sinovdan o'tkazib ulgurdi. Unai Emerining bu taktikasi o'zini unchalik oqlamadi. Bunga ko'pchilik ishonmasa ham “Sevilya”ning “Barsa”ga qarshi o'yinda ochiq futbol namoyish etib ham qoniqarli natija qayd etish uchun salohiyati etarli.
10 fevral
“Selta” – “Atletik”
Har ikki jamoa yaxshi sport formasidalar va tomoshabinbop o'yin namoyish etmoqdalar. “Atletik” madridning ikki jamoasi “Atletiko” va “Real”ga qarshi uchrashuvlarda shu qadar yuqori tempdagi o'yinni raqibiga taklif qildiki, buni jamoaning o'zi ham ko'tara olmadi. Oqibatda, ikkinchi bo'limda Ibai Gomes jamoa o'yiniga tezlik va olib kirdi. Bu safargi bahsdan oldin jamoa bir hafta dam oldi va futbolchilarning kuchlari etarli darajada bo'lsa kerak.
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi.

Fikrlar