So’nggi yangiliklar

00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  0 00:13Ҳаким Фузайлов: "Сурхон" ўз имкониятларидан унумли фойдаланиб кетди"  0 23:46Эрлинг Холанд "Ал Насср" йиғинига ташриф буюриб, у ерда Роналду билан учрашди  1 23:15"Атлетико" Галлахер трансферини ҳал қилди. Чоршанба куни – тиббий кўрик  0 22:36Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" – "Хоразм" 3:1. Highlights  0 22:35"Атлетико" Хулиан Альварес билан маош масаласида музокара ўтказмоқда. Трансфер ҳал бўлганича йўқ  1 22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  15 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  15 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  17 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1

"KYU-2015" birinchi o'yinda "Paxtakor" g'alaba qozondi Yangiliklar

"KYU-2015" birinchi o'yinda "Paxtakor" g'alaba qozondi

Bugun "Yoshlik" sport majmuasida "Championat.asia" hamda "Oreo" savdo belgisi hamkorligida o'tkaziladigan "Kelajak Yulduzlari-2015" futbol festivalining birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi

"Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:0 (1:0)

Gollar: Rixsiboev S, Norbiev M.

"Paxtakor": Mansurov SH, Baxtiyorov M, Abdullaev A, Hikmatullaev M, Atometov A, Rixsiboev S, Li Vladimir, Iskanderov A, Mirafzalov A, Norbiev M, Usmonov K, Asqarov J.

Murabbiy: Viktor SHimyakov.

"Lokomotiv": Sibgatulin R, Baxtiyorov SH, SHokirov M, Amatov A, Bahodirov K, Uchqunov M, Alisherov A, Mirzaev L, Xazigaliev A, Ashurov A, Jo'raev Hasan, Jo'raev Husan.

Murabbiy: Sunnat Ro'ziev.


O'yin boshlanishidan avval 2006 yilda tavallud topgan o'smirlar OCHLda bo'lgani kabi uchrashuv komissari bilan zalga tushib keldilar. Davlatimiz madhiyasi yangragach, ikki jamoa azolari birgalikda suratga tushdilar.




Kuni kecha Turkiyada bo'lib o'tga festivalda birinchi o'rin bilan qaytgan yosh temiryo'lchilar o'yinning dastlabki daqiqalardanoq tashabbusini o'z qo'llariga olishga harakat qildilar. 20 daqiqadan ikki bo'lim davom etgan uchrashuvning birinchi bo'limida hujumni "Lokomotiv" qilgan bo'lsada, golni "Paxtakor" azosi urdi. Qizig'i shundaki, Viktor SHiyakov darvozaga aslida himoyachi bo'lgan futbolchini o'yinni boshidanoq tarkibga kiritdi. Bu esa o'yin natijasiga o'z tasirini o'tkaza oldi. Rixsiboev tomonidan kiritilgan birinchi golda aynan Mansurovning tezkor harakatlari sabab bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa Noyerga o'xshab harakat qilgan posbon ikkita seyv qildi. Garchand,o'z darvozasidan ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, Sibgatulin ham o'z postida ishonchli turdi. 

O'yinni futbolchilarning zaxira o'rindig'idan bevosita Ivan Nagaev va Nemanya Yanichich tomosha qildilar. Oliy ligada o'z o'rniga ega futbolchilar bilan bir qatorda o'tirish yoshlarimizga katta quvonch bag'ishlagani bo'lsa ajab emas.







Uchrashuv yakuniga ko'ra "eng yaxshi futbolchi" deya "Paxtakor" jamoasining darvozaboni SH.Mansurov topildi. Unga "Akfa olami" savdo brendi tomonidan telefon sovg'asi topshirildi.




Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика