So’nggi yangiliklar

12:05Анчелотти: "Суперкубок ҳақида ўйлаш вақти келди"  2 11:18"Месси мени ҳамиша тушликка таклиф қилади"  5 10:26"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Икрамов Темур  0 10:11Англия терма жамоасини сентябрь ойидаги ўйинларида ким бошқариши маълум  1 09:44«Бавария» ёзда тўрт нафар футболчисини сотади  3 09:15Мбаппе ёки Виниcиус? Анчелотти «Реал Мадрид»да ким пенальти тепишини айтди  2 08:48Ўзбекистон кубоги. Бугун чорак финалнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  17 08:20ЕЧЛ, 3-саралаш босқичи. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Милан" 2:2, "Барса" пенальтиларда ютқазди  2 07:50Бугун Баҳодир Жалолов ва яна 4 нафар спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади (рўйхат)  3 07:35Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Челси" 2:1, Мудрикнинг тезкор рейдига аниқлик етишмади  1 07:24Ўртоқлик учрашуви.»Реал» «Челси»дан устун келди, «Милан» ва «Барселона» ўзаро дуранг ўйнашди  4 01:17"Манчестер Сити" Хулиан Альваресни рекорд сумма эвазига сотади. Футболчи "Атлетико" билан келишиб олди (Фабрицио Романо)  1 00:53Элит лига саралаши. "Шабаб Ал Аҳли" ирода кўрсатиб,"Сепахон"ни мағлубиятга учратди ва кейинги босқичга йўл олди  7 00:36Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда ўйинга мослашиш қийин кечди"  1

KXDR - XITOY - SAUDIYA ARABISTONI... 1/4 finalga etib boramizmi? Yangiliklar

KXDR - XITOY - SAUDIYA ARABISTONI... 1/4 finalga etib boramizmi?

Ko'pchilik saytimizdan terma jamoa tomon tanqid kutyapti. Bunga ularning haqlari bor.
Garchi, maqola sifatida uni yoza olmayotgan bo'lsak-da, musobaqada ishtirok etayotgan jurnalistlar uni tahlil qilmoqdalar. Muxlislar fikri bilan o'rtoqlashmoqdalar. Keling, mana shu fikrlarni etiboringizga taqdim etsam.

Masalan, kecha Melburn shahriga etib keldik. Faqatgina Murod aka Rizaev mashg'ulotga borib keldilar. TV uchun kadr kerak edi, biz esa xonadan chiqmaslikni lozim ko'rdik.

"Paxtakor" bu yil chempion bo'ldi, jamoa "Bunyodkor"ni ham, "Lokomotiv"ni ham mag'lubiyatga uchratdi. Lekin terma jamoada faqatgina Sergeev asosiy rolda, chempionning to'purar himoyachisi Krimec nimaga maydonda ko'rinmayapti? Terma jamoamiz burchak zarbasini amalga oshirayotgan paytida bironta xavfli vaziyatni ko'rmayapmiz. Jamshid nimalar qilmadi? PFLning eng yaxshi o'yinchisi bo'la turib, Avstraliyada "mehmon" bo'lib yuribdi.

Avstraliyagacha bo'lgan yig'inlarda ular o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etdilar va munosib o'ynadilar deb o'ylaymiz. Lekin rasmiy o'yinga kelganda, yana eski tarkibni maydonda ko'ryapmiz. Tavakkal qiladigan payt keldi. Osiyo Kubogini shu tarkib  bilan yutdik deylik, ammo bu tarkib JCH saralashida yaxshi o'ynashiga ishonamizmi?

SHavkat Mullajonovni sariq kartochka olishi va keyinchalik asabiylashishi o'z-o'zidan bo'ldimi? Yo'q, xitoyliklar uni ojiz nuqtasini topa oldilar va unga bosim o'tkaza boshladilar. U yoki qizil olishi kerak edi yoki bitta zaxiramizni bekor ketkazish uchun uni almashtirishimiz kerak edi. Ikkala taqdirda ham vaziyat Xitoy foydasiga o'ynardi. Yakunida shunday bo'ldi ham, musobaqaga o'yinlarsiz tayyorlangan To'xtaxo'jaev o'yinga qovushib keta olmadi.
SHu kuni 3ta o'yinchiga etiroz bo'lishi mumkin emas, Ahmedov, Haydarov va Denisov. Denisovning bir gapi esimga tushib ketdi. Unga futbolchilar ko'p, jurnalist kam degan gapimga, yo'q, sen adashasan, futbolchilar ham kam deb javob qaytargan edi. Manosini tushungan bo'lsangiz kerak?

Xitoy bizni Dubaydagi yig'inlarda ham taqib etgan edi. Har bir o'yinga o'z mutaxassisini yubordi va to'liq o'rganib oldi. Aksincha, Xitoy bizni mana shu tarkibimizni yaxshi biladi, yoshlar ularga begona. Bundan foydalanish kerak axir. Yoshlar ham yosh emas, Anzur 2007 yili 22 yoshidan terma jamoaning muqim futbolchisiga aylandi. U paytda himoya markazida Aliqulov va Ashurmatov bor edi.

Xayrulla Xoliqov to'g'ri gapni aytdi: - Qosimov yaxshi murabbiy, ammo o'rtoqlik o'yinlarida. O'rtoqlik o'yinlarida u bor mahoratini ishga soladi, qo'rqmasdan yoshlarni tushiradi va yaxshi natija qayd etadi. Ammo ringga chiqish payti kelganda, yana o'sha eski tarkib. Agar o'rtoqlik o'yinlarida qilingan taktika va tarkib tanlash asosiy bahslarda qo'llanilganidami...?

Hozir tizim haqida gapirsam, yana Qosimovni yonini olayotgan bo'lib qolaman. Ko'zingizni kattaroq ochsangiz Abramov ham, Inileev ham aynan mana shu tizim tufayli ishdan bo'shab ketishga majbur bo'ldilar. Navbat Qosimovga kelyapti.

Abramovning ham, Qosimovning ham o'ziga yarasha plyus va minuslari bor. Faqat Abramov o'z plyuslaridan unumli foydalana oldi. U tarkib tanlashda tavakkal qilardi. Qosimov o'z plyusidan foydalana olmayapti.

Murabbiy o'z so'ziga ega bo'lishi kerak. Tarkib tanlayotganida futbolchining nomiga emas, avvalo o'yinga qanchalik tayyorligiga qarashi kerak. Agar rosmanasiga ular eng zo'ri bo'lib, biz yutqazayotgan bo'lsak, hozirdanoq JCH bilan xayrlashib qo'yganimiz maqul. Bora Milutinovich ham bir oyog'i bilan terma jamoaga kelib bo'lgan edi. Sirli ravishda uni qo'ldan boy berdik. Ikki oy uchun maslahatchi bizga kamlik qilmasdi.

O'yinga kelsak, Xitoyda futbol kuchayganinini ko'rishimiz mumkin. Bu biz to'rt yil avval o'ynagan Xitoy emas. Ikkinchi bo'limda havoda jang bo'ladigan bo'lsa, to'p oxir-oqibat xitoylikka tushishi aniq bo'lib ulgurdi. Xuddi O'zbekiston kabi, ularda ham chempionat bahor - kuz tizimida o'tkaziladi. Demak, ularning tayyorgarligi sifatliroq bo'lgan.

Oldimizda bizni Saudiya Arabistoniga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Agar g'alaba qozonsak, "A" guruhi g'olibiga tushamiz. U erda mag'lubiyatga uchrasak bahona bor, raqib kuchli. Lekin bu bosqichga chiqishimiz qilgan xatolarimizni yuvib yuboradi. Ammo bizga xatolarimizni yuvish emas, ularni to'g'rilash kerak. Nahot futbolimizda islohot o'tkazish uchun yutqazib yuraverishimiz shart bo'lsa?

Kecha bitta o'quvchi yaxshi fikr qoldirdi, "Futbolchi o'ynab olish kerak deb uni maydonga tushiraveramiz, axir bizning ham umrimiz o'tib ketyapti-ku!"... Haq gap, hammamizni umrimiz o'tyapti. Har bir erishilmayotgan yutuq, bizni 4 yilga qaritadi.

2 kundan beri futbolchilarni ijtimoy tarmoqlari haqoratlarga to'lib ketdi. Ularining ota-onasida nima ayb? Kimning haqqi bor birovni ota - onasini haqorat qilishga? Mana shu maqolani Melburndagi media markazda turib yozayotgan paytim efirda Eron futbolchisi Sardor Azmunning golini yana bir bor ko'rdim. 1995 yilda tug'ilgan bu yigit  2012 yil BAAda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Eron bilan guruhdan chiqa olmagan edi. 2-tur yakuniga etmasidan avval "Rubin" bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan futbolchi bugun Eron milliy terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi. O'sha yili muxlislar etiborini qozongan Iskanderov esa zaxirada o'tiribdi. Qo'rqish kerak emas yoshlarni maydonga tushirishdan. Mayli yutqizaylik, ammo yutqazgan o'yinimiz keying o'yinlarga poydevor bo'lsin.

O'ylaymanki bu maqolani murabbiy va futbolchilar to'g'ri tushunadilar. MTJ bizdan ko'ra ko'proq g'alabani istashini bilamiz, ammo bizni ham to'g'ri tushuning.

Saudiya Arabistoni haqida nima deya olamiz? Biz uchun doimiy noqulay raqib. Yoshlarining ikkinchi tarkibi bilan ham Incheonda bizni mag'lub etib ketdi. Bunisi endi asosiy tarkib va kattalar. Futbolchilarimiz katta bosim ostida o'ynashga majburlar. Xitoyga o'xshab sarosimaga tushish kerak emas. Terma jamoamizning birinchi xavfli hujumi, vaqtga qarab turgan edim, 14 daqiqa-yu, 58 soniyasiga to'g'ri keldi. Bu juda-juda ko'p vaqt degani.

Balki, arablar himoyaga tayanib o'ynarlar. Ularni durang ham qoniqtiradi. Istagan paytda qarshi hujumga o'tib, darvozamizni ishg'ol qilishlari mumkin. Albatta, buni hech kim istamaydi. Bunday paytda muntazam ravishda uzoqdan zarba berib borish kerak. Himoyani tiki-taka bilan yorib kirib bo'lmasligi allaqachon o'z isbotini topib bo'ldi. Bunday paytda Rashidovni asosiy tarkibda ko'rishimiz kerakka o'xshayapti.

Yana bir turni ko'raylik, shundan keyin umumiy xulosamizni beramiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика