So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

KXDR - Saudiya Arabistoni. Prevyu Yangiliklar

KXDR - Saudiya Arabistoni. Prevyu

Guruhimizdan o'rin olgan KXDR va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin Melburn shahridagi stadionda bo'lib o'tadi.
Ilk turda KXDR O'zbekistonga qarshi o'ynab 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi. Saudiya Arabistoni ham musobaqani mag'lubiyat bilan boshlagandi. Arablar dastlabki turda Xitoyga yutqazib qo'yishgandi _ 0:1.

KXDR to'rtinchi marta qita chempionati final bosqichida qatnashmoqda. Bu jamoaning eng yaxshi natijasi 1980 yilda qayd etilgan. O'sha yil jamoa to'rtinchi o'rinni olgandi. Saudiya Arabistoni uchun bu yilgi musobaqa 9-Osiyo Kubogi. Ushbu jamoa o'z tarixida uch bor Osiyoda tengsiz bo'lgan (1984, 1988, 1996 yillarda)

Bu ikki jamoa barcha musobaqalarda o'zaro 9 marta to'qnash kelgan. KXDR bir marta g'alabaga erishgan, to'rt marta durang qayd etilgan bo'lsa Saudiya Arabistoni hisobida 4 g'alaba mavjud. To'plar nisbatida ham arablar ustun - 8:5.

Ushbu jamoalar hozirga qadar Osiyo Kubogida umuman to'qnash kelishmagan.

Dastlabki turda KXDR safida Ri Yong Jik, Saudiya Arabistoni tarkibida Said Al Muvallad, Mustafo Al Bassas, Salman Al Faraj sariq kartochka olishdi. Ushbu futbolchilar ikkinchi turda ogohlantirilsa uchinchi turni o'tkazib yuborishadi.

KXDR - Saudiya Arabistoni
14 yanvar 2015. Melburn
Bosh hakam:
Abdulloh Al Hiloli (Ummon)
Qanot hakamlari: Hamid Al Mayahi (Ummon), Abu Bakr Al Amri (Ummon)
To'rtinchi hakam
: Ammal Ali Abdulla Juma (BAA)
Beshinchi hakam: Yagi Akane (Yaponiya)
Nazoratchi: CHia Eng Vah Jon (Singapur)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика