So’nggi yangiliklar

01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  0 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5

KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o'ynash qo'shimcha ustunlik bermaydi" Yangiliklar

KXDR bosh murabbiyi: "Neytral maydonda o'ynash qo'shimcha ustunlik bermaydi"

JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadigan O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda dastlab mehmonlar ustozi Sim Yon Nam va futbolchi Xan Kvan Son fikrlarini bildirdi.

"Saralashdagi dastlabki bahsni O'zbekistonga qarshi o'tkazamiz. Bu bosqichga etib kelgunga qadar tayyorgarlik olib bordik. Mazkur bosqich ikki jamoa uchun ham muhim va ertaga buning natijasini ko'rishimiz mumkin", - deydi KXDR ustozi.

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - Albatta shu kungacha O'zbekistonning bir nechta o'yinlarini ko'rdik. Oldimizda bitta yo'l qoldi. Buning uchun borimizni berishimiz kerak.

- Qura tashlanganidan so'ng terma jamoa vakillari fikrlarini bildirib o'tishgandi. Lekin KXDR murabbiyining fikrlari elon qilinmadi. Jahon chempionati saralashidagi maqsadlaringiz qanday?

- Qura natijalariga etirozim yo'q. Guruhda kuchli raqiblar jamlangan.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Biz bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Asosan raqibning Osiyo kubogidagi ishtiroki orqali o'zimizga yarasha tahlil qildik. Raqibni o'rganishimiz asosan Osiyo kubogidagi ishtirokiga bog'liq bo'ldi.

- Savolim futbolchiga. KXDR terma jamoasi Toshkentda suniy maydonda tayyorgarlik ko'rdi. Lekin o'yin tabiiy maydonda bo'ladi. Bu qanchalik qiyinchilik tug'diradi?

Xan Kvan Son (KXDR terma jamoasi futbolchisi): - O'z yurtimizda yog'ingarchilik bo'lganda suniy maydonda shug'ullanganmiz. O'zbekistonga kelganimizda ham malum bir sabablarga ko'ra suniy qoplamali maydonda shug'ullanishga majbur bo'ldik.


- KXDR O'zbekiston bilan so'nggi marotaba o'ynaganiga ancha bo'ldi. Bu vaqt ichida O'zbekiston qanchalik o'zgargan? Bundan tashqari KXDR terma jamoasi 2010 yil Jahon chempionatiga chiqqan. Taqqoslaganda qaysi terma jamoa kuchli?

- 2010 yilgi terma jamoa bilan taqqoslab bo'lmaydi. Hozirgi kundagi bor tarkibga etibor qaratishimiz maqsadga muvofiq bo'lardi.

- Terma jamoangiz bu bosqichdagi uy uchrashuvlarini katta ehtimol bilan Laosda o'tkazadi. Bu qanday ustunlik va kamchilik beradi?

- 10 sentyabr kungi uchrashuvni Laosda o'tkazamiz. Noyabr, mart, iyun oyidagi uchrashuvlar borasida bir qarorga kelinmagan. Neytral maydonda o'tkazish qo'shimcha ustunlik bermaydi. Biz o'zimizda bor masalliqdan yaxshi maxsulot yaratishimiz kerak.


JCH-2026 saralashi. O'zbekiston — KXDR uchrashuvini kim boshqarib borishi yodingizdami?

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика