Kvinsi Promes pichoq bilan tan-jarohati etkazgani uchun hibsga olindi
13 dek 2020 16:32
Yangiliklar


Kvinsi Promes pichoq bilan tan-jarohati etkazgani uchun hibsga olindi
"De Telegraaf" xabariga ko'ra, futbolchi pichoq bilan hujum qilganlikda va tanaga og'ir tan-jarohati etkazganlikda gumonlanmoqda. Hodisa iyul oyida Abkauddagi oilaviy bazm paytida bo'lgan. O'shanda nomalum sababga ko'ra, oilaviy janjal yuzaga kelgan va Promes bir insonga pichiq urib, tan jarohati etkazgan. Uydagilar tezda janjalga barham berishgan.
Yozilishicha, Promes o'sha insonning tizzasiga pichoq tiqib olgan. U bir oy oldin bu borada guvohlik bergan, shundan keyin tezda bu borada jinoiy ish ochilgandi. Agarda ushbu jinoyat isbotlansa, futbolchi kamida 4 yilga qamalishi mumkin.
Futbolchining hibsga olinganini policiya vakili Jelmer Girds ham tasdiqladi. U kamida 3 kun izolyatorda saqlanadi. SHundan keyin muddat yanada ko'paytirilishi mumkin.
Promes 2014-2018 yillar davomida "Spartak" tarkibida harakat qilgan. Ushbu mavsumda "Ayaks" tarkibida Niderlandiya chempionatida 12 o'yinda 5 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar