Kutrone Italiyaga qaytishga rozi

Alisher
6 yanv 2020, 16:00
"Vulverxempton" o'yinchisi Patrik Kutrone tez orada Italiyaga qaytadi.

22 yoshli hujumchi "Fiorentina" bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi "Vulverxempton"da atigi yarim yil o'ynadi.

Italiyalik futbolchi jamoasi tarkibida 3ta o'yinda asosiy tarkibda tushdi.

Klublar endilikda futbolchining 20 million evro miqdoridagi tovon puli bo'yicha kelishib olishlari kerak.

Ingliz klubi futbolchini sotishga qarshi emas, Italiya klubi esa o'yinchini dastlab ijaraga olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net