So’nggi yangiliklar

00:19Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  0 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 00:06АПЛ. ​"Челси" – "Борнмут". Таркиблар аниқ!  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  11 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  1 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  3 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  2 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0

Kutilmagan beshta natija, Evro-2016 xit-paradi Yangiliklar

Kutilmagan beshta natija, Evro-2016 xit-paradi

Saytimiz orqali kutilmagan natijalar qayd etilgan o'yinlar xit-paradini elon qilishni boshlab yuborgan edik.

FIFA kunlari barcha qitada saralash o'yinlari bo'lib o'tdi. Millionlab muxlislarning nigohi qaratilgan Evro-2016 saralash o'yinlarida ham etarlicha sensaciya qayd etildi.


#5. Armaniston - Daniya 0:0

"I" guruhi jadvali

5 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur guruhda Portugaliya terma jamoasi birinchi o'rinda turibdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan Daniya so'nggi turda safarda Armanistondan bor-yo'g'i bir ochko bilan qaytdi. Bu turgacha o'z hisobida atigi bir ochkoga ega bo'lgan armanlar Daniya uchun o'ta muhim bo'lgan o'yinda durangga erishdilar. Ayni paytda skandinaviyaliklar hisobida 7 o'yin natijasiga ko'ra 12 ochko bor va ular keyingi turni Portugaliyaga qarshi o'tkazadilar. 11 ochko jamg'argan Albaniya hisobida esa yana ikkita o'yin bor. Ikkisi ham guruh autsayderlari Armaniston va Serbiya terma jamoalariga qarshi. Portugaliya g'alaba qozonsa, Albaniya ikki uchrashuvdan birida uch ochko olsa, Evroda biz yana bir yangi jamoani ko'ramiz. Guvohi bo'lganingizdek, Daniya o'zi uchun o'ta muhim bo'lgan o'yinda 2 ochkodan mahrum bo'ldi.




#4. Ruminiya - Greciya 0:0

"F" guruhi jadvali

Ruminiya ortda qolgan 7 kunlikda Evro-2016 masalasini muddatidan avval hal qilishi mumkin edi. Afsuski, Georgi Xadji izdoshlari Vengriya va Greciya terma jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarning ikkisida ham durang qayd etdilar. Evro-2004 sohibi Greciya bugungi kunda guruhning yaqqol autsayderiga aylangan. SHuning uchun Buxarestda bo'lib o'tgan o'yin kun sensaciyasi sifatida xit-paradimizdan joy oldi.

Ayni paytda Ruminiya hisobida 16, Vengriyada esa 13 ochko mavjud. Birinchi o'rindagi SHimoliy Irlandiyada 17. Keyingi o'yinlarda shimolliklar ortiqcha qiyinchilikka duch kelishmaydi. Har holda ikkita o'rindan bittasi naqd. Birinchi raqib Greciya, keyingisi safarda Finlyandiya. Vengerlarniki undan-da oson. Greciya va Farer orollari. Ruminiya esa Finlyandiya va Farer orollariga qarshi bahs olib boradi. 




#3. SHveciya - Avstriya 1:4

Gollar: Zlatan Ibragimovich (90) - David Alaba (9), Martin Xarnik (38, 88), Mark Yanko (77).

"G" guruhi jadvali

Taniqli rossiyalik jurnalist Igor Rabiner kecha o'zining feysbukdagi sahifasida shunday jumlani qayd etdi: 

- Aftidan, Kapelloning ketishi Rossiyaga emas, SHveciyaga salbiy tasir ko'rsatgan ko'rinadi.

Haqiqatdan ham Sluckiy qo'l ostiga o'tgan ruslar o'z maydonlarida SHveciyani kichik hisobda mag'lubiyatga uchratib ikkinchi o'rin uchun bo'lgan ikmoniyatlarini saqlab qolgan edilar. 8-turda esa skandinaviyaliklarning o'zi Rossiya terma jamoasini ikkinchi o'ringa kuzatib qo'yishdi.

Evropaning ikki yulduzi, Ibragimovich va Alaba o'rtasida kechgan to'qnashuvda ikki futbolchi ham o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi. Ammo Alabaning hamyurtlari yana uchta gol ura oldilar. Aftidan Evro Robben va Ibragimovichsiz o'tadigan ko'rinadi. O'z maydonida Avstriyaga imkoniyatni boy bergan shvedlar endi Rossiyadan 2 ochkoga ortda qolyapti. Hafta avvalida esa 4 ochkoga ildamlayotgan edi.

Lixtenshteynni tor-mor etgan Rossiya uchun Moldovani engish qiyinchilik tug'dirmasa kerak. So'nggi turda ular o'z uylarida CHernogoriyaga qarshi bahs olib boradilar. SHveciya esa Lixtenshteyn va Moldovaga qarshi kuch sinashadi.




#2. Gollandiya - Islandiya 0:1

Gol: Gulfi Sigurdsson (51)

"A" guruhi jadvali

Xit-paradimiz cho'qqisidan shubhasiz Gollandiya ishtirokidagi ikkita o'yin joy oldi. Bunga hech kim etiroz bildirmasa kerak. Gollandiya o'zi ishtirok etadigan har qanday musobaqaga bezak bera oladi. Gollandiya ishtirokidagi musobaqa UEFA uchun marketing tomondan ham ancha foydali. Lekin biz bu turnirda gollandlarsiz Evroni ko'radiganga o'xshayapmiz.

PSV, "Barselona" va "CHelsi"dagi faoliyati davomida yutmagan sovrini qolmagan Eydur Gudyonssen uchun terma jamoa safida Evro yoki JCHda to'p tepish azaliy orzu edi. 36 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashi uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi. Agar terma jamoa bosh murabbiyi uning xizmatidan foydalanmasa-da, Evroda ishtirok etadigan yakuniy ro'yxatga kiritsa, hech bir islandiyalik muxlis xafa bo'lmasa kerak. Afsuski, Giggz yana biroz chidamadi. Aks holda Uels afsonasi ham Gudyonssen kabi o'zining azaliy orzusiga erishgan bo'lar ekan.

3 sentyabr kuni Amsterdamda bo'lib o'tgan o'yinda Robbensiz o'ynagan gollandlar sharmandali tarzda o'z maydonlarida imkoniyatni boy berdilar. Hali bu hammasi emas ekan.




#1. Turkiya - Gollandiya 3:0

Gollar: Ogujan Ozyakup (8), Arda Turan (26), Burak Yalmaz (86)

"A" guruhi jadvali

Qolgani Turkiyada davom etdi. Uchinchi o'rin bilan bo'lsa-da pley-off bosqichida o'ynash imkoniyatiga ega bo'lib turgan "lolalar" Turkiyada tor-mor etildilar. UEFAning qarori tufayli yanvarga qadar "Barselona" safida o'ynay olmaydigan Arda Turan yig'ilib qolgan kuchini Gollandiya bilan bo'lib o'tgan o'yinda oldi. Bu g'alaba Turkiyaga nafaqat uch ochko, balki turnir jadvalidagi uchinchi o'rinni ham taqdim etdi. 

Gollandiya va Turkiyani hisobga olmasa, "A" guruhidagi o'yinlar qolgan jamoalar uchun endi ahamiyatga ega emas. CHexiya va Islandiya terma jamoalari muddatidan avval Evro yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. CHexiyaning keyingi ikkita o'yini aynan mana shu terma jamoalarga qarshi kechadi. 10 oktyabr kuni CHexiya - Turkiya, uch kun o'tib Gollandiya - CHexiya. Turkiya saralash uchrashuvlarini Islandiyaga qarshi o'yin bilan tugatadi. 10 oktyabr kuni qo'shnilarimiz Gollandiyani qabul qiladilar. Mazkur uchrashuv "Astana Arena"da bo'lib o'tadi. 




Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика