So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

Kutilgan va kutilmagan natijalar: A Seriya 2-tur yakunlari Yangiliklar

Kutilgan va kutilmagan natijalar: A Seriya 2-tur yakunlari

Italiya chempionatida ikkinchi tur o'yinlari ortda qoldi.

"Milan" "Torino"ni mag'lub etdi 

O'yin juda sokin ruhda start oldi. Jamoalar umuman raqib kiperini bezovta qilmasdi. Biroq birinchi xavfli vaziyatoq gol bilan yakunlandi. Pulishich hujumni rivojlantirdi va to'pni Loftus-CHikka uzatdi, Ruben uni yana Pulishichga qaytardi hamda amerikalik futbolchi bo'sh qolgan darvozani nishonga olishda adashmadi. "Milan"ning xursandchiligi uzoqqa bormadi. Burchak zarbasi va himoyachilar xavfni bartaraf etgandek edi, Sxyuorsning zarbasi oldida Menyan ojiz qoldi. Gol o'tkazib yuborganiga qaramay, "Milan" hujum qilishda davom etdi. Leaoning uzatmasidan keyin Jiru bilan kurashda to'p Buondjornoning qo'liga tegdi. Franciyalikning o'zi penaltini ishonchli tarzda amalga oshirdi. Navbatdagi hujumda Leao ayyorona uzatmasi bilan Teoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi va Ernandes to'pni Milinkovich-Savichning ustidan tashlab qo'ydi. 

Tanaffusdan keyin "Milan" "buqalar" himoyasiga bosim uyushtirishda davom etdi. Bu esa yana bir penaltiga olib bordi va bunga yana qo'l bilan o'yin sabab bo'ldi. Bu safar Leaoning uzatmasini to'xtatmoqchi bo'lgan tajribali himoyachi Rodriges aybdor bo'ldi. Zarbani yana o'sha Jiru amalga oshirdi — bu safar ham o'ta ishonchli tarzda. "Torino"da ham bir nechta xavfli yurishlar bo'ldi, lekin hisob 4-1 bo'lganida o'yin taqdiri hal bo'lib bo'lgandi. "Milan" zarur epizodlarda ishonchli o'yin ko'rsata oladigan jamoa sifatida ko'rsata oldi. "Buqalar" esa mavsum startiga tayyor emasdek tasavvur uyg'otmoqda.


"Verona" o'z uyida "Roma"ni yutdi

"Mastiflar" o'yinni o'ta faol boshlashdi. Terrachanoning zarbasidan keyin Ruy Patrisiu qiyinchilik bilan qaytardi, himoyachilarni ortda qoldirgan Duda 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Deyarli darhol "Roma" javob golini urishi mumkin edi. Kristante burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llagandi, ammo to'p ustunga tegib qaytdi. Keyingi vaziyatda Manchinining uzatmasidan keyin Pellegrini qulay vaziyatga chiqib bordi, yarim himoyachi raqiblarini aldadi, lekin zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. "Roma" chindan raqibni kuchli bosimda ushlab tura oldi, ammo berilib ketgani bu qimmatga tushdi. Duda to'pni Ngongega tashlab berdi, belgiyalik futbolchi barchadan qochib ketdi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo'limda "Roma" yana hujumga zo'r berdi va oradagi farqni qisqartirishga urinardi. Belottida yaxshi vaziyat bo'ldi, lekin u to'pga eta olmadi. Ko'p o'tmay, Belotti darvozabon bilan kurashib, to'pni Auarga oshirib berdi va Ussem rimliklar safidagi birinchi golini urdi. "Roma" hujumlar yomg'irini yog'dirdi, 84-daqiqada Isak Xina qizil kartochka ishlab oldi. Rim klubi qanchalik urinmasin, Lorenco Montito darvozasiga yo'l topa olmasdi. Faqatgina Pellegrinining uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tekkani, Auarning yaqin masofadan to'pni darvozabonning o'ziga yo'llagan vaziyatlarini eslash kifoya qiladi. "Verona" og'ir, ammo 2-g'alabani qo'lga kiritdi. "Roma" yomon o'yin ko'rsatmasada, hozircha faqatgina bir ochko bilan kifoyalanmoqda.


"Napoli" Neapolda "Sassuolo"ni yutdi

"Napoli" o'yin boshidayoq hisobni ochishi mumkin edi. Di Lorenconing o'ziga xos uzatmasidan keyin Politano yaxshi zarba berdi, lekin Konsili to'pni qaytarishni uddaladi. Ko'p o'tmay, jarima maydonida Raspadori yiqitildi. Penaltini esa Viktor Osimxen muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Tinchlanib qolgan o'yinni bo'lim o'rtalarida Angussi jonlantirdi. Biroq uning burchakdan uzatilgan to'pga bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. "Sassuolo"da ham vaziyat bo'ldi va u ham standart vaziyatdan keyin. Ruan darvoza burchagini nishonga olishiga sal qoldi. Umumiy olganda tanaffusgacha boshqa xavfli vaziyatga guvoh bo'lmadik.

Ikkinchi bo'limning starti voqealarga boy bo'ldi. Avvaliga Politanoning uzatmasidan keiyn Osimxen boshi bilan xavfli zarba berdi. Biroz o'tib Lopes qizil kartochka ishlab oldi va "Sassuolo"ni o'ta qiyin holatda qoldirib ketdi. "Napoli" son jihatdan ham ustunlikka ega bo'lgach, raqibga umuman imkon qoldirmadi. Maydonda ayniqsa Raspadori faol ko'rinardi. U bir necha bor zarbalar yo'lladi. "Napoli" qator hujumlaridan keyin yana bir penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. To'p oldiga Raspadori keldi va... U yo'llagan to'p darvozadan yuqorilab o'tib ketdi. Ammo oradan ikki daqiqa o'tar-o'tmas, "Napoli" gol urdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Xvicha to'pni jarima maydonchasiga yorib kirayotgan Di Lorencoga etkazdi, u esa imkoniyatni ko'kka sovurmadi. "Napoli" ishonchli natija qilib olgach, kuchini tejab o'ynay boshladi. Burchak zarbasidan keyin Xvichi-Osimxen dueti vaziyat yaratdi, lekin Konsili "to'qqizlikka" ketayotgan to'pni qaytardi. "Sassuolo" hujumdagi ishlari butkul yurishmayapti.


"Inter" "Kalyari"ni taslim etdi

"Neradzurri" kim mezbonligini ilk daqiqalardan ko'rsatib qo'yishdi. 13-daqiqada Dumfris autdan to'pni uzoqqa otib berdi, u borib Lautaroga tushdi va Martines ustunni nishonga oldi. "Inter" tobora golga yaqin borardi va 20-daqiqada Tyuram jarima maydoniga yorib kirayotgan Dumfrisga ajoyib pas berdi, Denzel ustalik bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. "Kalyari" javobi o'zini uzoq kuttirmadi. Uzoq masofaga uzatmadan keyin Nandes qochib ketdi, lekin CHalxanoglu "podkat" tashlab, raqibining zarbasiga halaqit qilib qoldi. "Inter" esa bunga gol bilan javob berdi. Dimarkoning faolligidan keyin to'p Lautaroga borib tushdi, argentinalik aldamchi harakat bilan himoyachini chalg'itib, yaqin burchakni nishonga oldi. Bo'lim so'nggida Audjello uzoqdan yaxshi zarba berdi, lekin Zommer o'z o'rnida edi va to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

Tanaffusdan keyin "Kalyari" xavfliroq hujum qila boshladi. Ayniqsa Luvumba faol edi. Biroq chinakamiga xavfli vaziyatlargacha ish etib bormasdi. "Inter" esa tavakkal qilishni istamadi va bo'limning asosiy qismida o'yin tempini oshirmaslikka harakat qildi. O'yin oxiriga borib, o'yin yana faollashdi. Kuadradoning uzatmasidan keyin CHalxanoglu ustunni nishonga oldi. Yana bir xavfli vaziyat Luvumbuning uzatmasidan keyin SHomurodov to'pni o'zidanda qulayroq vaziyatdagi Pauloga o'tkazib yuborganida yuzaga keldi, biroq u o'ta qulay nuqtadan Zommerni "poyladi".

SHuningdek, "Lechche" va "Fiorentina" murosa ko'chasini tanladi, "Lacio" bu safar "Jenoa"ga, "Atalanta" esa "Frozinone" yutqazib qo'ydi.


Sergey Rumyancev 

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика