So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  17 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Kutib oling PRO Liga restart olmoqda. Jamoalarda nima gaplar? Yangiliklar

Kutib oling PRO Liga restart olmoqda. Jamoalarda nima gaplar?

Ko'pchilik intiqlik bilan kutayotgan Pro liga bahslari restartiga ham oz qoldi.



3-tur
30 avgust, yakshanba

Dinamo — Xorazm

4-tur
2 sentyabr, chorshanba

SHo'rtan — Neftchi
Oqtepa — Xorazm

3 sentyabr, payshanba

Turon — Istiqlol
Dinamo — Zomin

5-tur
6 sentyabr, yakshanba

SHo'rtan — Xorazm

7 sentyabr, dushanba

Zomin — Turon
Oqtepa — Dinamo

8 sentyabr, seshanba
Istiqlol — Neftchi


CHempionat vaqtinchalik to'xtilganidan beri klublarda shu vaqtga qadar bir qator etiborga molik o'zgarishlarga qo'l urildi. Yani barcha jamoalar tanaffusdan foydalangan holda tarkiblarini kuchaytirib olishga erishdi, bir qator tajribali futbolchilar bilan saflarini boyitib oldi. Keling dastlab shu haqida bir qancha malumotlarni taqdim etamizda so'ngra maydonga tushishga shay holatda bo'lib turgan futbolchilarning fikrlariga quloq tutamiz. 

"Dinamo" (Samarqand)

Oraliqda yuzaga kelgan tanaffusdagi transferlar vaqtida Samarqandning "Dinamo" jamoasi faollardan biri bo'ldi. Avvalo jamoada tajribali mutaxassis, o'zining uslubiga ega murabbiy Sergey Lusha taklif etilgan bo'lsa, uning ketidan tarkibni kuchaytirish ishlari boshlab yuborildi. Mavsum boshida bir qator muammolar sabab o'zi uchun kerakli haridlarni amalga oshira olmagan klub Superligaga chiqish uchun jiddiy kurashishga qaror qildi. Natijada Superliga havosini ko'rgan bir qator iqtidorli yosh va tajribali o'yinchilar jalb qilindi. Demak, jamoaga kelganlar Eldor Boymatov, Obid Jo'raboev, Suhrob Nurulloev, Oybek Nurmatov, Erkin Jabborov, Andrey Sidorov, Farhod Namozov shuningdek bir qancha yosh o'yinchilar ham yig'inlarda ishtirok etdi. "Dinamo" quyidagi futbolchilar bilan do'stona xayrlashishga qaror qildi.  Jasur Azimov, Jasur O'rinov, Alisher Yusupov, Faysal Traore, SHohruh Eshbo'taevlar jamoani tark etdi. "Dinamo" jamoasi Pro ligaga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etmoqda, "SHerdor", "Quruvchi" jamoalari bilan o'yinlarda futbolchilar jamoaviy o'yinni shakllantirishga etibor berdilar.


"Oq-tepa" (Toshkent)

Pro ligada Toshkent shahridan ishtirok etayotgan yagona vakil bo'lmish "Oq-tepa" jamoasi jiddiy yo'qotishlarga duch keldi deyishimiz mumkin. Jamoaning nigeriyalik hujumchisi Ibrohim Tomiva "Qizilqum"ga transfer qilingan bo'lsa, SHerzod Qodirov ham navoiyliklar safini to'ldirdi. Tajribali posbon Erkin Jabborov "Dinamo"ga yo'l oldi. SHuningdek Maksimilyan Fominni tanaffus vaqtida "Buxoro" mashg'ulotlarida ko'rdik. Sarvar Jumaniyozov, Hurmatbek Yo'ldoshev, Jamshid Yusupovlar klub bilan birga emas. Eshitishimizga qaraganda transferlar paytida jamoa u qadar katta o'zgarishlarga qo'l urmagan. Asosan yosh futbolchilar tarkibga jalb qilingan, xolos. "Oq-tepa" bu safar elitaga chiqish uchun astoydil kurash olib borishi aniq. Boisi, klubda barcha sharoitlar yaratilgan, ajoyib futbolchilar jamlangan. Jamoa azolari tayyorgarlikning malum qismini CHorvoq oromgohida olib bordi. U erda asosan tiklanish mashqlariga urg'u berildi. Esingizda bo'lsa “Oq-tepa” 2015 yilgi mavsumdan so'ng Oliy Ligaga chiqishga juda yaqin kelgan edi. Biroq, bitta uchrashuvdan iborat bo'lgan pley off bahsida "Sug'diyona"ga mag'lub bo'lganini eslasangiz kerak. Jamoa hozirda turnir jadvalida to'rt ochko to'plagan holda beshinchi o'rinda ketmoqda.


"Turon" (Yaypan)

Infratuzilma, klubdagi sharoitlar, tashkiliy ishlar bo'yicha aksariyat klublarga o'rnak bo'lib kelayotgan Yaypanning "Turon" jamoasi ham tarkibini sezilari darajada kuchaytirishga erishdi. O'z vaqtida "Neftchi", "Bunyodkor" "Navbahor" jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan SHukurali Po'latov endilikda faoliyatini "Turon"da davom ettiradigan bo'ldi, mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida boshlagan mahoratli hujumchi Otabek Haydarov ham bundan buyon yaypanliklarning futbolchisi hisoblanadi. SHuningdek O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod, "Lester" klubida mahoratini oshirgan yosh kiper Akmal SHavketov jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. "Turon" ham barcha singari Superligaga chiqish uchun harakat qilishi aniq. Jamoa esa shunga yarasha futbolchilar uchun barcha qulayliklarni yaratib berishga intilmoqda, "O'zbekiston" o'yingohi joriy yilda qayta tamirdan chiqarildi, barcha sharoitlar yaratildi. Klub yaqin orada o'zining akademiyasiga ham ega bo'lish arafasida turibdi. Hususiy klub sifatida oldinga siljiyotgan "Turon"da ishlar shu zayilda ketadigan bo'lsa kelajakda Superligada yuqori o'rinlar uchun kurashishini tahmin qilish mumkin. 


"Neftchi" (Farg'ona)

O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, shonli tarixga ega "Neftchi" jamoasi Abdusamad Do'rmonov ustozligida kuchlilar safiga qaytish uchun astoydil bel bog'lagan. Mutaxassis jamoadagi mahalliy futbolchilarga ishonishda davom etmoqda. Tanaffusda birgina SHodiyor Hojimatovni Qo'qondan ijaradan qaytganini hisobga olmaganda jiddiy haridlarga qo'l urilmagan. Farg'ona istedodlar makoni, bir vaqtlar Yuriy Sarkisyan davrida ham har yili ko'plab yosh futbolchilar asosiy jamoada debyut qilardi. Biroq, Sarkisyandan so'ng jamoa asosan nomlarga ishonadigan bo'lib qoldi. Mana endi Do'rmonov boshchiligida qaytadan "Neftchi"ni tiklash ishlari boshlab yuborildi. Bu esa quvonarli holatdir. Jamoa azolari yig'in va mashg'ulotlarni Qirgulidagi maydonda olib borishmoqda. Tarkibga jamoaning sobiq futbolchisi Pavel Smolyachenko ham kelib qo'shildi, uning hujjatlari bilan bog'liq masalalar ijobiy hal etildi. Bir qancha yoshlar ham ayni payt ko'rikda bo'lib turibdi. Malumot o'rnida "Neftchi" Pro ligada hali mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Klub etti ochko bilan birinchi o'rinda.


"Istiqlol" (Farg'ona)

Farg'onaning yana bir jamoasi bo'lmish "Istiqlol" Superliga yo'llanmasi uchun kurashda raqobat tug'dirishi kutilmoqda. Sergey Lebedov va Anvar Berdiev juftligi jamoada faoliyat olib borayotgani sir emas. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha tarkibda jiddiy o'zgarishlar yo'q. Jamoa azolari ko'tarinki kayfiyatda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Pro liga uchinchi turidan so'ng "Istiqlol" ikki g'alaba va bitta durang bilan kuchli uchlikdan joy egallagan. 


"SHo'rtan" (G'uzor)

So'ngi yillarda muammolar girdobiga tushib qolgan "SHo'rtan" bu yil yoshlar bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishni niyat qilgan. Jamoaning maqsadi haqiqatdan ham jiddiy. Bosh murabbiy Asror Aliqulov o'tgan mavsumda "Mashal"ni elitaga qaytardi. Endigi navbat "SHo'rtan"ga, Asror CHorievich hozirda jamoani yomon boshqarmayapti. "SHo'rtan" uning boshchiligida Pro ligada yaxshi ishtirok etmoqda, O'zbekiston kubogida esa guruh bosqichiga chiqishni uddasidan chiqdi. 


"Zomin" (Zomin)

Proffessionallik sari intilayotgan "Zomin" ham asta-sekin klub sifatida shakllanib kelmoqda. Klub uy uchrashuvlarini o'tkazadigan maydon bu yili yaxshi holatga keltirildi. Jamoaga yosh shijoatli Jahongir Jiyamurodov ustozlik qilmoqda. Yozgi transferlar vaqtida jamoani bir qator futbolchilar tark etdi, ularning o'rni esa yoshlar bilan to'ldirildi. Darvozabon Rustan Nartadjiev, himoyachilar Vusal Maggeramov va Doston Berdiqulov, yarim himoyachilar Dostonbek Baxromov, Ulug'bek Jo'raev, SHohjahon Abbosov va Rustam Xazratqulov jamoani tark etishdi. "Turon"dan hujumchi Dilshodbek Hushbakov kelib qo'shildi. SHuningdek bugun klub yana olti nafar futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkazdi. Bular Doniyor Umarov, Islomjon Isroilov, Ozodbek Rajabov, Robbim Hasanov, Yormalik Umarqulov, Boburjon Isroilov. 


"Xorazm" (Xorazm)

"Xorazm" jamoasi transferlar vaqtida jim o'tirgani yo'q. Jamoaga Superliganing bir qator klublarida to'p tepgan Damir Nizamov, Rasul Musaev, Hurmatbek Yuldashev kabi mahalliy futbolchilar bilan shartnoma tuzdi. Ayni vaqtda jamoada ko'pchilikka yaxshi tanish bo'lgan Maqsud Karimov faoliyat olib bormoqda. Kamtarin tarkibga ega "Xorazm" jamoasi bosqichma-bosqich rivojlanish va shakllanib borishni maqsad qilgan. "Xorazm" klubida faoliyat olib borayotgan murabbiy G'ayrat SHixov, darvozabonlar murabbiyi Mansur Davletov, etakchi futbolchi Jasurbek Atajanovlar 22-27 avgust kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida o'tkazilgan Osiyo futbol konfederaciyasining (LEVEL-1)  o'quv-amaliy kursida ishtirok etib mahsus sertifikatlarga ega bo'lishdi. 


Futbolchilar qanday fikrda?

SHodiyor Hojimatov ("Neftchi" jamoasining yosh iqtidorli o'yinchisi) - Birinchi davrani "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazdim. Mavsum boshlanmasidan oldin jarohat olib ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yubordim. SHu sababli ikkinchi davrada "Neftchi"ga qaytishga qaror qildim. Pro liga bahslariga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Hammamizda kayfiyat alo darajada. Ichki muhit ham joyida, muammo yo'q bu borada. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Maqsadimiz "Neftchi"ni Superligaga qaytarish. Pro ligani translyaciya qilinishi quvonarli xabar, buni eshitib xursand bo'ldim. Menimcha translyaciya Pro liganing mavqeini oshishiga xizmat qiladi. 

Javohir Sohibov ("Turon" jamoasining tajribali futbolchisi) - Jamoamiz bilan tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz Supeligaga yo'llanma olish. Bu yo'lda yaxshi niyat qilib mehnat qilmoqdamiz. Pandemiya sababli ko'p to'xtalishlar yuzaga keldi. Ochig'i hammamiz futbolni sog'indik. O'tgan uchrashuvlarda yo'l qo'ygan xato va kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Nasib qilsa g'alabalar bilan muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman. Jismoniy holatimizni yanada yaxshilash borasida ishlar olib borilmoqda, yangi fitness murabbiy ish boshlagan. Futbolda birinchi o'rinda jismoniy tayyorgarlik turadi. Pro ligani translyaciya qilinishiga ijobiy qarayman. Muxlislarga ham qiziq bo'ladi, televizor orqali ko'rib qo'llab-quvvatlashadi. Darhaqiqat Pro ligaga etibor bu yil ancha kuchaydi. 

Abduxoliq Qurbonov ("Istiqlol" jamoasi futbolchisi) - Ayni damda Pro liga klublarida ishtirok etayotgan jamoalarning imkoniyatlari bir xil darajada. Kuchli yoki kuchsiz deb hech bir jamoani alohida ajratib bo'lmaydi. Masalan "Neftchi", "Dinamo", "Istiqlol", "Turon", "SHo'rtan" kabi jamoalar ishtirok etayotgan ligada raqobat juda kuchli bo'lishi tabiiy. "Oq-tepa" va "Zomin" jamoalari ham juda yaxshi shakllangan, "Xorazm"da ham natijalarni yaxshilash uchun imkoniyat etarlicha. "SHo'rtan" bilan o'yinda o'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik, "Dinamo" ga qarshi bahsda omad biz tomonda bo'ldi. SHu bois "Zomin" bilan bo'lib o'tgan uchrashuvga qattiq tayyorgarlik ko'rdik, guvohi bo'lganingizdek yakunda g'alaba qozondik.

Timur Ismailov ("Xorazm" jamoasi futbolchisi) - Mavsum avvalida tashkil etilgan mashg'ulotlarda olgan jarohatim tufayli ushbu uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Ayni damda hammasi joyida, navbatdagi uchrashuvlarga to'liq tayyorman deb ayta olaman. Kelajakda "Xorazm" jamoasining g'alabalariga o'z hissamni qo'shish, o'yinlarimni yanada o'stirib, yaxshi natijalar ko'rsatish kabi maqsadlarim bor. SHu o'rinda jamoamiz muxlislariga bizni muntazam qo'llab-quvvatlab kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman.

SHohruh Abdurahmonov ("Dinamo" jamoasining yosh futbolchisi) -  Tayyorgarlik maromida ketmoqda. Hozirgi bosh murabbiyimiz Sergey Lushchan juda tajribali. Menimcha, bu insonni o'zbek futbolida tanimaydigan muxlis bo'lmasa kerak. Sergey Ivanovich bizni zamonaviy futbol namoyish etishga undamoqda, uning uslublari juda ham kuchli darajada. O'ylaymanki, Sergey Lushchan bizni mavsum yakunida Superligaga olib chiqadi. Albatta, ayni damda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan. Raqobat bor joyda hamisha o'sish bo'ladi. Har qanday vaziyatda ham "Dinamo"ning maqsadi faqat va faqat Superliga bo'lib qolaveradi.

Pro liga atrofidagi voqealar tafsilotlarini, uchrashuvlarni saytimizda kuzatishda davom eting! 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика