So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Наполи" 0:0 (матнли трансляция)  25 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 23:00ЕЧЛ. "Ньюкасл" - "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  7 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  14 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  6 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  61 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0

Kutib oling: FIFA 19! (Yangiliklar va salbiy tomonlar) FOTO+VIDEO Yangiliklar

Kutib oling: FIFA 19! (Yangiliklar va salbiy tomonlar) FOTO+VIDEO

Teglar :  FIFA
FIFA simulyatorining umumiy ko'rinishi bir necha yillardan buyon o'zgarmay kelayotmoqda.

Biroq ushbu kuzda bizga o'yinga yangi fishkalar kiritilishini malum qilishdi. Bu o'yinning juda ham eski talqinlaridan olinishi va bizga yoqishini vada etishdi.

ASOSIYSI NIMA?

Yangi fishka Time Finishing deb nomlanadi. "Bu texnologiya yordamida afsonaviy gollardan birini birgina tugmani bosish orqali urishingiz mumkin", - deb yozadi EA. Futbolchining boshini tepasida o'ziga xos ko'rinishli chizg'ich paydo bo'ladi. SHu orqali zarbaning beriladigan vaqtini bilib olishingiz mumkin. EA bu chizg'ichni risk and reward deb nomladi.

Qayd etish kerak, bu barcha zarbalarda ham paydo bo'lavermaydi: o'yinchining o'zi ushbu texnologiyani foydalanishni konkret epizodlarda tanlab oladi. Bu holat "zarba" tugmasini ikki marta bosishda faollashtiriladi.

Qiyinchilik shundaki, ikkinchi marta bosishning vaqtini bilish kerak. Agarda buni ancha oldin yoki kechroq bossangiz - zarba noaniq ketadi. Agarda barchasi o'z vaqtida bajarilsa, o'yin sizni "great timing" deb baholaydi va zarba katta ehtimol bilan golga aylanadi.

Tabiiyki, vaziyat qanchalik qiyin bo'lsa, aniq zarba berish uchun qulay vaqt kamroq bo'ladi. Agarda siz to'pni 10 metrdan tepadigan bo'lsangiz, chizg'ichda yashil rang ko'proq bo'ladi. Zarbani jarima maydonchasi tashqarisidan bermoqchi bo'lsangiz, aniq zarba berish ham qiyinroq bo'ladi.

BU FOYDALI BO'LISHI MUMKINMI?

SHunga o'xshash fishka FIFA 05da qo'llanilgandi, ammo bu faqatgina jarima zarbalarida ishlagan. SHu boisdan barcha zarbalar osmonga uchib ketardi. Ammo futbol simulyatorlarida zarbaning sifatida asosan kompyuterga bog'liq bo'lib qoladi: sizdan asosiy vazifa - kerakli nuqtani topib, zarba berish. Siz faqatgina zarbaning kuchini hal qilasiz. Nima uchun Ronalduning uzoq masofadan bergan zarbani aniq emas, nima uchun Messi bo'sh darvozaga ura olmadi, degan savollarga javob sifati barchasi kompyuterning ishi deb keltiriladi.

Endilikda zarbaning omadliligi Messi yoki Smolovning nafaqat kompyuterdagi mahoratiga, balki o'yinchining saviyasiga ham bog'liq. Asosiysi - shunday pallalarda o'yinchi o'zini yo'qotib qo'ymasligi kerak. Juda ham kuchsiz raqibga mag'lub bo'lish - juda ham og'ir bo'ladi (ketma ket ikki mag'lubiyat esa dahshat! Mag'lub bo'ldingmi, boshqa jamoada o'zingni sinab ko'r).

O'YINNING MINUS TOMONLARI BORMI?

Albatta, barchasi oddiy emas. Agarda Ultimate Team rejimi yoqiladigan bo'lsa, barchasi tushunarsiz bo'lib ketishi mumkin. Kimdir texnologiyani o'zgartirib tashlaydi va o'ziga moslashtirib oladi. Unda barcha zarbalar golga aylanishi ham, futbolchilarning o'zi joystikka bo'ysunmasligi ham mumkin bo'lib qoladi.


SHu orqali ko'plab jihatlar mavhumligicha qolmoqda: bu rejimda nechta gol bo'ladi, yangi fishka orqali o'yindagi hisob 10:10 bo'lishi mumkinmi? Odamlar bir o'yinda 5 ta afsonaviy gollardan birini uradigan bo'lsa, haqiqiy futboldagi mo'jizalar o'z kuchini yo'qotishi ham mumkin.

Simulyatorga beriladigan baho esa uning rivojlanishiga qarab beriladi. Bu g'oyalar cheksiz taxsinlarga sazovor, ammo o'yinlar davomida o'yinchilar paslarga ko'proq etibor berganlari ham yaxshi edi. Asosiysi, EA Sports o'yinni rivojlantirish o'rniga saviyasini tushirib qo'ymagan bo'lsa bo'ldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика