So’nggi yangiliklar

01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  13 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3

Kurtua 32 yillik rekordni takrorladi. Kasilyas va Navas bunga erisha olmagandi Yangiliklar

Kurtua 32 yillik rekordni takrorladi. Kasilyas va Navas bunga erisha olmagandi

Ushbu mavsum "Real" posboni Tibo Kurtua voqealar rivoji markazida qolib ketdi.

Unga bo'lgan etibor ayniqsa CHempionlar Ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yindan so'ng kuchayib ketdi. O'shanda posbon birinchi bo'limdayoq ikkita gol qo'yib yuborgan, tanaffusdan keyin esa uning o'rnini Alfons Areolya egallagandi. 

SHunday bo'lsa-da, 27 yoshli posbon "Bernabeu"da 32 yildan buyon yangilanmayotgan rekord natijani qayd etdi va endi Tibo klub tarixiga kirishi uchun bor yo'g'i 3 o'yin etarli bo'lishi mumkin.

Mavsum o'rtasiga kelib, Kurtua bor yo'g'i 9ta gol qo'yib yubordi — undan avval jamoa darvozasini qo'riqlaganlar Keylor Navas, Diego Lopes va hatto Iker Kasilyas ham bunday muvaffaqiyatga erisha olmagandi. So'nggi bor 1987/88 yilgi mavsumda Pako Buyo "Madrid" safida 18-turga qadar 12tadan kam gol qo'yib yuborgan. Kurtuaning vaziyatida "lekin" degan joyi bor... Belgiyalik ushbu vaqt oralig'ida La Liganing uch o'yinini — "Osasuna", "Granada" va "Alaves"ga qarshi bellashuvlarini o'tkazib yuborgan. Rekordni to'liqligicha yangilash uchun 2020 yilda La Liga doirasidagi birinchi 3ta o'yinda 3tadan kamroq gol o'tkazib yuborishi zarur.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi bahslarni "qirollik klubi" "Xetafe", "Valensiya" va "Sevilya"ga qarshi o'tkazadi.

Buyogacha faqat Mariano Garsiya Remon va Xose Arakistayn bir xil yoki kamroq gol o'tkazib yuborishga muvaffaq bo'lgan: Garsiya Remon — ikki bor: 1971/72 (11) va 1972/73 yillarda (12), Xose Arakistayn esa 1961/62 yilgi mavsumda (11). 

Arakistayn davrida chempionat 30 uchrashuvdan iborat bo'lardi. Garsiya Remon esa chempionat doirasida 34 o'yin o'tkazilgan vaqtlarda "Madrid" darvozasini qo'riqlagan. Ushbu mavsumlarning 3tadan 2tasida (1972/73 yilgi mavsumdan tashqari) "Real Madrid" bosh sovringa ega chiqqan.

Umumiy hisobda Kurtua bu mavsum ichki chempionatning 15 o'yinidan 8 tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Bu orada Tibo hamkasbi Keylor Navasning 2014/15 yillar mavsumi oxiri va 2015/16 yilgi mavsumning dastlabki qismida qayd etgan 534 daqiqa "quruq" o'yinlik natijasini yangilashga ham ulgurdi.

Bazi muxlislarga bu biroz g'alati eshitilsa-da, Kurtua to'liq mavsum davomida eng kam gol o'tkazib yuborish bo'yicha rekordni ham yangilashga harakat qilib ko'rishi mumkin. Bu natija chempionatda 10ta klub ishtirok etgan 1931/32 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda "Real Madrid" butun mavsumda o'z darvozasidan 15ta to'p olib chiqqan. 

SHu bilan birga, belgiyalik darvozabon Buyoga tegishli, chempionat doirasida qatorasiga 7 "quruq" o'yin, rekordni ham yangilashga urinib ko'rishi mumkin. Hozircha Tibo oxirgi ikki o'yinda darvozasidan to'p olib chiqqanicha yo'q — Klasiko va "Atletik" bilan bellashuv.

Asosiysi, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan unga to'liq ishonmoqda. SHunday ekan, Kurtua "muxlislarini" hayron qoldirishda davom etib, necha yillik rekordlarni yangilash uchun vaqti ham, imkoniyati ham etarli.


Xorij saytlari asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика