Kuper Gadoev va Tursunovni terma jamoaga chaqirdi
17 avg 2018 13:26
Yangiliklar


Kuper Gadoev va Tursunovni terma jamoaga chaqirdi
Sentyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi Suriya va Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Ushbu o'yinlarga Janubiy Koreya 1-divizionida o'ynayotgan ikki nafar hamyurtimiz ham chaqiruv oldi. "Tedjon Sitizen" klubida faoliyat olib borayotgan SHohruh Gadoev va Sanjar Tursunov sentyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirildi. Bu haqda koreys OAV xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 6 sentyabr kuni Suriya bilan, 11 sentyabr kuni Eron bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
23:45
Nematillo Quttiboev: "Zaxiradan tushgan futbolchilar biz o'ylagandek o'yinni kuchaytira olishmadi" 0

Fikrlar