So’nggi yangiliklar

08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  0 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  10 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  5 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6

Kunning muhim to'qnashuvi: "Manchester Siti" - "Real" (prevyu) Yangiliklar

Kunning muhim to'qnashuvi: "Manchester Siti" - "Real" (prevyu)

Ko'pchilik kutgan Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi o'yinlari nihoyat bugundan davom ettiriladi.

Evropa chempionlar ligasidagi mavjud vaziyat va jamoalarning holati haqida to'xtalamiz.

CHorak final masalasini karantinga qadar hal etishga ulgurgan "Leypcig" "Atletiko" bilan, "Atalanta" esa PSJga qarshi mazkur bosqichda to'qnashadi. Nimchorak finaldagi ilk o'yinlarni o'tkazib, javob bahsiga ulgurmagan "Manchester Siti" Madriddagi g'alabani "Real"ga qarshi javob bahsida saqlab qolishga, "Yuventus" Franciyadagi alamli mag'lubiyat uchun "Lion"dan qasos olishga, "Barselona" Neapoldagi durangdan keyin g'olib nomini aniqlash uchun "Napoli" bilan bellashishga va "Bavariya" Londondagi yirik g'alaba keltirgan ustunlikni javob o'yinida "CHelsi"ga topshirib qo'ymaslikka harakat qiladi.

To'rt qarama-qarshilikdagi uchtasida intriga yuqori. Hozir bugungi qarama-qarshiliklar haqida gaplashamiz. Garchi "Real" o'z maydonida "Siti"ga yutqazgan bo'lsada javob o'yini oldidan imkoniyatlarini saqlab turibdi. Karantin avvalgi "Real" bilan hozirgi jamoa o'rtasida farq mavjud. Birinchidan, jamoa kayfiyati yuqori. "Real" javob bellashuviga Ispaniya chempioni sifatida tashrif aylamoqda. Bu ham katta ruhiy ustunlik beradi. CHempionlikka erishgan "Real" tabiiyki karantindan keyin o'z o'yinini yaxshigina kuchaytirdi.

Karantindan avvalgi oxirgi bahsni mag'lubiyat bilan tugatgan madridliklar restartdan keyingi ketma-ket 10 o'yinni g'alaba bilan tugatdi. Faqatgina chempionlik hal etilgach oxirgi bahsda durang qayd etildi. Himoya ancha mustahkamlangan. Yarim himoya va hujumdagi bog'lam har o'yin rejani yaxshi bajarib kelmoqda. Jamoa restartdan keyingi barcha o'yinlarda gol urib, yarmidan ko'p uchrashuvni "quruq" o'tkazgani yuqoridagi fikrlarimga isbot. Ruhiy taraflama yuqori ishonch, jismonan tetik va chempionlik kayfiyatidagi "Real" Madridda "Siti"ga yutqazib qo'ygan jamoadan anchagina farq qiladi. Ramosning yo'qligi katta yo'qotish, lekin hozirgi jamoani javob o'yinidan oldin hisobdan chiqarish xato bo'ladi.

"Manchester Siti" o'yinida doimgi barqarorlik saqlanib turibdi. Garchi "Siti" chempionlik poygasida o'tgan mavsum "Liverpul"ga mag'lub bo'lgan bo'lsada, jamoaning o'yin chizgisi go'zal. APLdagi muvaffaqiyatsizlik ham Gvardiolaga endilikda "Siti" bilan Evropa chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat bilan "yuvishga" astoydil harakat qiladi.

Restartdan jamoa o'tkazilgan 12 o'yindan 9tasida g'alabani tantana qildi. O'tgan mavsum "Siti" umumiy hisobda 11 o'yinda yutqazdi. Yani, bu ko'rsatkich o'tgan yilgi bilan solishtirilganda 5taga ko'p. Umuman o'tgan yilgi chempion "Siti" va hozirgi Angliyada shohsupadan tushirilgan jamoa o'rtasidagi farq har taraflama asosli. Lekin bu ko'rsatkich jamoaning kuchsizligini ko'rsatmaydi.

O'yin tashkillashtirish borasida jamoa istalgan raqibga bosh og'riq tug'dirishga qodir. Joriy mavsum Gvardiola nafaqat o'z o'yinini uqtirish, balki kerak paytda qarshi hujum taktikasidan ham samarali foydalanishni o'rgandi. Javob o'yini oldidan yaxshigina ustunlikka ega "Siti" nisbatan ehtiyotkor futbolni tanlashini kutish qiyin masala. Agueroning yo'qligi "Real"da Ramos o'ynamasligi bilan hisoblaganda, yo'qotishlar borasida haqli ravishda tenglikni ko'rsatadi. Bugungi bahsda "Real"da himoyada mustahkam o'ynashdan ko'ra hujumdagi samaradorlik muhimroq. "Siti"da esa aksincha, hujumdagi samaradorlikdan ko'ra mudofaa chizig'idagi ishonchli o'yin muvaffaqiyatga etaklash uchun etarli. Yani, har ikkala jamoaning yo'qotishlari borasida balans mavjud.


O'zaro solishtirish

"Manchester Siti" - "Real"

CHempionatdagi o'rni: 2 — 1

G'alaba: 26 — 26

Durang: 3 — 9

Mag'lubiyat: 9 — 3

To'plagan ochkolari: 81 — 87

CHempionatdagi gollari: 102 — 70

ECHLdagi gollari: 18 — 15

CHempionatdagi o'tkazgan gollari: 35 — 25

ECHLdagi o'tkazgan gollari: 5 — 10

Quruq o'yinlar (CHempionat/ECHL): 19 — 21

O'yindagi o'rtacha uzatmalari: 619 — 500

To'p bilan muomula qilish: 67% — 59%


Murabbiylar nima deydi?


Xosep Gvardiola ("Manchester Siti" bosh murabbiyi) : - "Madriddagi o'yindan keyin juda ko'p vaqt o'tdi. Hozir bizni qo'llab-quvvatlovchi muxlislar yo'q. Maqsad aniq - Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqish. Bu yo'lda esa "Real"ga o'xshagan jamoalarni yutish kerak bo'ladi. Ishonchim komil, biz bo'lajak bahsga tayyormiz va maydonga chiqib yaxshi futbol ko'rsatgan holda g'alaba qozonamiz. Ich-ichimdan bunga ishonyapman. Biz tayyormiz".

Zinedin Zidan ("Real" bosh murabbiyi) : - "O'yin qanday natija bilan tugashini bilmadim-u, lekin ikkita juda kuchli jamoalar qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Muhimi shu. Agarda oxirigacha borishni istasak, unda biz to'rtta finalda maydonga tushishimiz kerak bo'ladi. Bo'lajak o'yin birinchi final. Biz jismoniy taraflama juda yaxshi holatdamiz. Eden Azarning ham ahvoli juda yaxshi".

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика