So’nggi yangiliklar

07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  0 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  5 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  10 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0

Kunning muhim o'yinlari Yangiliklar

Kunning muhim o'yinlari

Dam olish kunlari futbol o'yinlari shu qadar ko'payib ketadiki, qaysi bir o'yinni tomosha qilishga ikkilanasan kishi.

Bugun shanba, evropa milliy chempionatlari va o'zimizning Oliy liga uchrashuvlari bo'lib o'tadigan kun.

Futbolga oshno tutingan kishi imkon qadar barcha etiborga molik o'yinlarni tomosha qilgisi keladi.

To'g'risini aytish kerak, so'nggi yillarda ichki chempionatimiz uchrashuvlariga bo'lgan qiziqish pasayib bormoqda. Oliy liga o'yinlarida stadionlar to'lib-toshishi o'yoqda tursin, 4-5 ming ishqiboz tashrif buyuradigan o'yinlarni anshlag, deya atashga o'rganib qolyapmiz.


Muxlislarsiz futbol - bu tuzsiz taomga o'xshaydi. Tanovul qilasiz, ammo mazasi yo'q.

Masalan oxirgi yillarda Italiya A Seriyaga bo'lgan qiziqish futbol jamoatchiligi ichida ham pastlaganidan xabaringiz bor. Avvallari barcha Italiya chempionati doirasidagi har bir o'yinni o'zgacha qiziqish ila tomosha qilardi. Italiya stadionlari ham muxlislar bilan gavjum bo'lardi. Hozirchi, "Yuventus" stadionidan boshqa qaysi o'yingoh har bir o'yinga liq to'ladi? Ancha qiyin savol, a?
SHu bois xattoki televizor orqali ham Italiya A Seriya uchrashuvlarini tomosha qilishga "ishtaha" yo'qolgandek. CHunki tomosha qilayotgan uchrashuvingizda bo'sh o'rindiqlar qanchalik ko'p ko'rinsa, o'sha o'yinga bo'lgan qiziqishingiz ham tez so'nib boradi.

SHu bois ham Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlariga bo'lgan qiziqish Italiyanikiga nisbatan ancha oshib bormoqda.

Masalan ko'pchilik Italiya jamoalarini o'yin sifati, uchrashuvlardagi keskinlik kamayganligini aytmoqda. Lekin ishontirib aytamanki, A Seriyaning ko'plab uchrashuvlarida keskinlik yuqori darajada bo'ladi. Faqat siz tomosha qilayotgan o'yin qandaydir jozibasizdek tuyulaveradi. CHunki butun uchrashuv fonini aslida chiroyli qilib ko'rsatib turadigan asosiy jihat - muxlislar kam. Anshlag yo'q.

Bo'sh o'rindiqlari ko'p stadionda bo'ladigan istalgan o'yin kishini o'ziga jalb eta olmaydi.

Futbolda eng katta kuch - muxlislar!

O'yinni qiymatini belgilab beruvchi ham muxlislar, o'sha bahsga bo'lgan qiziqishni pasaytirib yuborish ham ularning qo'lida.


Bugun Toshkent derbisida "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Bu o'yinga bo'lgan qiziqish har qachongidan ham pasaygan. "Paxtakor" uchun bu yilgi mavsum o'ta yomon davom etmoqda. "Bunyodkor"ning ichki chempionatdagi ishlari chakki emas, ammo ularning ko'rsatayotgan o'yinlariga bo'lgan qiziqish u qadar yuqori emas. Sergey Lushan jamoasi allaqachon jozibali futboldan chekingan holda faqat natija uchun o'ynashga o'tgan.
"Paxtakor" muxlislari esa o'z suyuklarining g'alabasini har doimgidan ham ko'proq sog'inishgan. "SHerlar" ketma-ket beshinchi o'yindirki g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Oxirgi marta ular "Obod"ga qarshi bahsda cho'ntaklariga 3 ochkoni solib qo'yishgandi.

Nima bo'lgan taqdirda ham bu o'yin derbi maqomiga ega. Ishonamizki, o'yin ham ushbu maqomga mos tarzda kechadi. Bugungi bahsda ko'p minglab ishqibozlar tashrif buyurishini juda istar edik. Derbini tomosha qilayotganda muxlislarning jonli hayqirig'i, o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash jarayonida haqiqiy derbiga tashrif buyurganingni his etish bu chinakamiga futbol lazzati bo'lsa kerak.

Derbiku mayli, kunning eng qiziqarli o'yinlaridan biri Buxorada bo'lib o'tadi. Ushbu mavsumda Oliy ligada katta maqsadlar ila qatnashayotgan "Buxoro" hamda "Qizilqum" jamoalari bugun o'zaro hisob-kitob qilib olishadi.

O'yin jihatidan olib qaralsa, "Qizilqum" "Buxoro"ga nisbatan mazmunliroq o'ynamoqda. Ammo mezbonlarning bu to'qnashuvdagi asosiy kuchi - muxlislar!

"Buxoro" bugun o'z ishqibozlari qarshisida o'tgan turdagi muvaffaqiyatsizliklar uchun ham o'z aybini yuvishga harakat qilishi aniq.

Yo'lidan chiqqan istalgan jamoani yutib kelayotgan "Metallurg"ni oson bo'lmagan safar, yani Qo'qonda "Qo'qon-1912" bilan bo'ladigan jiddiy bahs kutmoqda.

No'mon Hasanov tuzayotgan jamoa asta-sekin o'z o'yinini topib bormoqda. Hasanov bugun nima bo'lmasin o'z jamoasi hisobiga 3 ochko yozib olish uchun kerakli chora-tadbirlarni ko'radi. "Metallurg" esa chiroyli davom etayotgan ishtirokni buzmasligi uchun ham g'alaba ishtiyoqida o'ynashi tayin. "Metullarg" oliy ligada shov-shuv ko'tarishga yaqin turibdi. Bu yili bronza medali Bekobodga kelishini kutayotgan minglab ishqibozlarni orzusini ruyobga chiqarish oson bo'lmasligi aniq. Ammo uddalasa bo'ladigan ish.

O'tgan turda "Lokomotiv"ni bir bo'lim qiynagan "SHo'rtan" jamoasi oxirgi turlarda tobora qiynalib borayotgan "Neftchi"ni mehmon qiladi. Ushbu bahsda yaqqol favoritni ajratib ko'rsatish qiyin. SHunisi aniqki, bu bahsda har ikkala jamoa ham 3 ochko ilinjida harakat qilishadi. Lekin ikkala jamoa ham o'z maqsadiga erishmay, uchrashuvda durang natijasi qayd etilish ehtimoli katta.


Ikkinchi davrani ancha ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Nasaf" jamoasi "Andijon" bilan mehmonda to'p suradi. G'alabali seriyasini davom ettirishga oshiqayotgan "ajdarlar" uchun bu galgi raqib xavfli zonani tezroq tark etishni istayotgan "Andijon" ekanligi bu o'yinga bo'lgan qiziqishni oshirsa ajab emas. "Nasaf" uchun buyog'iga oson o'yinlar yo'q, "Andijon" har qanday holatida o'z maydonida istalgan jamoani qiynab qo'ya oladi. Aniqrog'i, Andijonda raqiblar ko'proq muxlislar qarshiligidan hayiqib o'ynashadi. So'nggi yillarda Andijonda "Andijon"dan ko'ra muxlislar yaxshiroq faolroq harakat qilishlari hech kimga sir bo'lmasa kerak.

CHempionatimizda ko'p gol urishni va ko'p gol o'tkazib yuborishni yaxshi ko'radigan jamoani barcha bilsa kerak. "Olmaliq" himoyada qanchalik kuchsiz ko'rinmasin, ushbu jamoaning hujum chizig'i vakillari har doim raqib himoyasini qinyab qo'yishga imkon topishadi. SHu bois ham ushbu jamoa ishtirokidagi o'yinlarda asosan ko'p gollar kiritiladi. Olmaliqda bugun OCHLda yaralangan "Lokomotiv" Igor SHkvirin jamoasiga qarshi saf tortadi. O'yin qiziqarli va tomoshabop kechishi taxmin qilinmoqda.

"Lokomotiv" "Al Ayn"ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng tezda o'ziga kelib olganmi-yo'qmi, bu savolga ushbu o'yindan so'ng javob olishimiz mumkin bo'ladi. "Olmaliq" esa ularning kayfiyatsizligidan foydalanib qolish imkoniyatiga ega. Faqat tartibli va himoyada zich futbol namoyish etishlari talab etiladi. "Olmaliq" jamoasi himoyasi va "Loko"ning hujum chizig'iga etibor qaratsak, bu ishni uddalash ancha qiyin kechishi tabiiy holat.


Kunning muhim o'yinlari bu bilan cheklanib qolgani yo'q. Futbol ahlini diqqat markazida bo'ladigan yana bir qator uchrashuvlar bugun bizni kutmoqda.

O'tgan turda primeroda sensaciyaga sababchi bo'lgan "Barselona" yana bir La Liganing yangi vakili "Leganes" bilan duch keladi. Bu o'yinda Luis Enrike shogirdlari raqibni mensimaslikka haqlari yo'q. O'tgan turdagi mag'lubiyat ularga katta saboq bo'lgan bo'lishi kerak. "Leganes" esa navbatdagi sensaciyani qayd etish uchun tish-tirnog'i bilan harakat qiladi.


"Atletiko" esa hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Sporting Xixon" bilan o'z maydonida bahs olib boradi.

Ispaniyada ushbu mavsumda shov-shuvlarga sababchi bo'layotgan "Las-Palmas" bu safar "Malaga"ni qabul qiladi.

Angliyada etibor moliq o'yinlardan biri "Xall" hamda "Arsenal" o'rtasida kechadi. Ushbu mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlagan "Xall" o'z uyida "Arsenal"ga etarlicha muammolar taqdim etishi kutilmoqda.
Gvardiola kelishidan so'ng "Siti"ning ishlari besh bo'lmoqda. Bu safar Pep shogirdlari "Bornmut"ni imtihondan o'tkazishadi.


Germaniyaning ikki gegemon klubi "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari ham bugun o'zlarining navbatdagi o'yinlarini o'tkazishadi.

"Bavariya" "Alyanc Arena"da "Ingolshtadt"ni mehmon qilsa, "Borussiya" "Darmshtadt"ga qarshi o'ynaydi. Tomas Tuxel jamoasi o'tgan turdagi sensaciya uchun muxlislari oldida "uzr" so'rashga majbur. "Bavariya" muxlislari esa bugun o'z suyuklilari nechta gol urishlarini o'ylab o'tirishgan bo'lishsa ne ajab.


Kunning biz uchun yana bir muhim o'yinlaridan biri Moskvada kechadi. Toshkent vaqti bilan 21:00da "Lokomotiv" jamoasi "Ufa"ga qarshi bellashadi. Vitaliy Denisov to'p surayotgan "temiryo'lchilar" bu uchrashuvda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushishadi.


Kimdir uyda qolib "Barselona"ni o'yinini tomosha qilishni rejalashtirgan, yana kimdir esa eski derbilarni qumsab "Paxtakor" - "Bunyodkor" qarama-qarshiligini jonli ko'rishni istaydi.

Buxoroliklarning ko'pchiligi bugun "Qizilqum" ustidan g'alabani nishonlash maqsadida stadionga otlanishadi. Andijonliklar ko'plab ishqibozlar "Nasaf"ga qarshi bahsda o'z suyuklilarining haqiqiy 12-futbolchisiga aylanishga taraddud ko'rishgan.

Futbol muxlislar bilan go'zal va qiziqarli. Barchaning o'z tanlovi mavjud va hamma o'zi istagan o'yinni tomosha qilishga haqli.

Futbolchilar o'z jamoasining manfaati, yani muxlislar uchun o'ynashsa, ishqibozlar esa o'z futbolchilarini har qanday holatda ham yolg'izlatib qo'ymay, qo'llab-quvvatlashsa, ishonaman bizning futbol ham yana avvalgidek jozibalashadi.
Bu erda barcha jihatlar bir-biriga chambarchas bog'liq.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика