So’nggi yangiliklar

02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  3 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  4 01:40Лига 1. "Лилль"ни ПСЖга қарши ўйиндаги мағлубиятдан Мбаппе қутқариб қолди  5 01:03Харри Магуайр фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  1 23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  18 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2

Kunning eng muhim o'yini va "Bavariya" uchun tarixiy uchrashuv haqida prevyu Yangiliklar

Kunning eng muhim o'yini va "Bavariya" uchun tarixiy uchrashuv haqida prevyu

Bundesliganing 26-turi doirasida bugun ikkita uchrashuv o'tkaziladi.

Kechagi o'yinlar tafsiloti va tahlili haqida mazkur maqolada batafsil tanishib olishingiz mumkin.

Hozir esa bugungi bo'lajak ikki o'yin xususida, ayniqsa "Bavariya" jamoasi muxlislari uzoq kutgan o'yin va tarixiy ahamiyatga ega bellashuv haqida gaplashamiz.

FC Koeln

Mark Uth - 6', Florian Kainz - 53'

1. Bundesliga . 26-tur

17/05/2020, 19:30

2
:
2
Tugadi

Mainz 05

Taiwo Awoniyi - 61', Pierre Kunde - 72'

Stadion: RheinEnergieSTADION, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Guido Winkmann

45'
90'
6'  Mark Uth
19'  Jonas Hector
19'  Florian Kainz
46'  Jan Thielmann (Dominick Drexler)
53'  Florian Kainz
53'  Dominick Drexler
71'  Florian Kainz (Kingsley Schindler)
76'  Jonas Hector (Elvis Rexhbecaj)
83'  Benno Schmitz (Kingsley Ehizibue)
83'  Jhon Cordoba (Simon Terodde)
87'  Elvis Rexhbecaj
90'  Ellyes Skhiri
37'  Dong-Won Ji
56'  Dong-Won Ji (Taiwo Awoniyi)
61'  Taiwo Awoniyi
61'  Ridle Baku
69'  Edimilson Fernandes (Adam Szalai)
72'  Pierre Kunde
72'  Jerry St. Juste
83'  Pierre Kunde (Danny Latza)
83'  Jean-Paul Boetius (Leandro Barreiro)
84'  Karim Onisiwo (Jonathan Burkardt)
90'  Aaron Caricol

Demak, kunning ilk uchrashuvi Kyolnda o'tadi. "Maync" bugun "Kyoln" jamoasi mehmoniga aylanadi. Mazkur bahsda bir qarashda har taraflama teng kuchli va bir xil darajadagi jamoalar to'qnashuvi deya baholasa bo'ladi. Bu uchrashuvda qiziqarli faktlar va etiborga molik jihatlar etarlicha. Birinchi navbatda, ayni dam "Maync" boshqaruvidagi Axim Bayerlorcerning "Kyoln" bilan o'zaro shaxsiy hisob-kitobi mavjud. CHunki joriy mavsum, o'tgan yil kuz oyi oxirida aynan "Kyoln"dan haydalib ketgan mutaxassis, bugun o'ziga xos revansh olishga bel bog'lashi tabiiy. Lekin "echkilar" o'z uyidagi bellashuv bo'lgani va jamoa Gisdol qo'l ostida muvaffaqiyatli o'ynayotganini inobatga olsak, bo'lajak o'yin favoriti sifatida mezbonlarni keltirish mumkin. "Kyoln" oxirgi mavsumlarga nisbatan Gisdol bosh murabbiyligida rekord ochkolarni to'plamoqda va o'z uyidagi oxirgi 6 uchrashuvda faqatgina turnir peshqadamiga mag'lub bo'lgan.

Turnir jadvali etibori bilan qaralsa, "Maync"ga g'alaba xavfli hududdan yanada uzoqlashish imkoniyatini yaratsa, "Kyoln"ga evrokuboklar uchun beriladigan yo'llanma bahsiga qizg'in kurashga qo'shilishini kafolatlaydi. Jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida "Maync" ishonchli tarzda g'alaba (3:1) g'alaba qozongan. 


Union Berlin

1. Bundesliga . 26-tur

17/05/2020, 22:00

2
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Robert Lewandowski - 40', Benjamin Pavard - 80'

Stadion: Alte Foersterei, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bastian Dankert

45'
90'
12'  Christopher Lenz
51'  Keven Schlotterbeck
70'  Anthony Ujah (Sebastian Andersson)
71'  Robert Andrich (Christian Gentner)
81'  Marcus Ingvartsen (Joshua Mees)
85'  Grischa Proemel (Felix Kroos)
85'  Marius Buelter (Julian Ryerson)
18'  Thomas Mueller
37'  Alphonso Davies
40'  Robert Lewandowski
71'  Leon Goretzka (Kingsley Coman)
80'  Benjamin Pavard
80'  Joshua Kimmich
85'  Serge Gnabry (Ivan Perisic)
90'  Thomas Mueller (Michael Cuisance)

Kunning oxirgi, lekin ko'pchilik intiqlik bilan kutayotgan uchrashuv Berlinda "Union"ning "Bavariya"ni mehmon qilishi bilan o'tadi. Karantindan avval super formada bo'lgan, ketma-ket juda yuqori sifat va darajani taqdim etgan, raqiblariga agressiv futbol taklif etib, katta ustunlikda o'ynagan "Bavariya" karantindan keyin qanday holatda, degan savolga qisman javob olamiz.

"Union"ga oson bo'lmaydigan bahs. Karantindan keyinoq jiddiy raqib qarshisida saflanishga va kamiga top raqiblarga qarshi yaxshi motivaciya berib tayyorlay oladigan murabbiyi Urs Fishersiz o'yinni o'tkazish berlinliklarga ancha og'ir bo'ladi. Bundesligadagi ilk debyut mavsumini ancha munosib o'tkazayotgan va o'ziga xos mentalitetga ega jamoa bosh murabbiyi ishtirokidan tashqari Yunus Malli va Marvin Fridrix xizmatidan foydalana olmaydi. 

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi o'yinida "Bavariya" o'z maydonida qiyinchilik bilan g'alaba (2:1) qozongandi.

"Biz eng zo'r va kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz va oxir-oqibat bu o'yinda favorit emasligimiz aniq", - deya kulgu bilan mazkur fikrlarini bildirib, jamoadan bosimni olishga harakat qildi Urs Fisher.

Urs Fisher bugungi o'yinda stadionda bo'lolmasligiga sabab, mutaxassis shaxsiy ishi tufayli kutilmaganda o'yindan bir kun avval mehmonxonani tark etishga qaynotasining o'limi sabab bo'lgani aytilmoqda. "Bavariya" bilan o'yinda "Union"ni Fisherning assistenti Markus Xofmann boshlab tushadi.

Markus Xofmann "Bavariya"ni hayron qoldirishning imkoni yo'qligi va raqib boy tajribaga ega ekanligini takidlab, yuzaga keladigan sanoqli imkoniyatlardan to'liq foydalanish zarurligini alohida aytdi.

Xansi-Diter Flik esa "Union"ning kuchiga to'g'ri baho berish kerakligi va raqibning mentalitetini alohida qayd etdi. "Union" agressiv futbol o'ynashi va raqib darvozasi tomon tajoquzkor jamoa ekanligini takidladi. Yaxshi natijaga erishish uchun xarakter ko'rsatish va ayniqsa yakka-kurashlarda ko'proq faol bo'lish kerakligini bildirdi.

"Bavariya"da jarohatini davolayotgan Niklas Zyule, Korenten Tolisso, Filippe Koutino o'yinda ishtirok etmasligi aniq. Xavi Martines bo'yicha murabbiylar shtabi o'yin kuni yakuniy qarorga kelishadi. 

Yaqindagina jarohatidan forig' bo'lgan Levandovski, Perishich va Komanning "Union"ga qarshi bahsda ishtirok etish ehtimoli yuqori. SHuningdek, ularning maydonga tushishi Flikning hali jismonan to'liq tiklanmagan va endilikda har 3-4 kunda o'ynashi tufayli tig'iz taqvimni inobatga olgan holda qanday qaror chiqarishi, tavakkalga qo'l urishi yoki rotaciya bilan cheklanishi mumkinligiga ham bog'liq masala.


"Bavariya" uchun tarixiy o'yinga aylanishi bo'yicha fakt

Hozirga qadar "Bavariya" Germaniya chempionatlari tarixida 1865 o'yin o'tkazgan. Qizig'i, jamoa shu uchrashuvlarning 1111tasi g'alabani tantana qilgan va bu borada Bundesligada myunxenliklar yaqqol etakchi, rekordchi.

Xo'sh, bu o'yin "Bavariya" uchun nimasi bilan tarixiy ahamiyatga ega? Bo'lajak bahs "Bavariya"ning chempionat tarixidagi 1866-uchrashuviga aylanadi va eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha ikkinchi pog'onadagi "Gamburg"ga etib oladi. Bundesligada eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi "Verder" hisobida esa 1890 uchrashuv mavjud.

"Bavariya" Germaniya chempionatlari tarixida o'tkazgan 1865 uchrashuvida quyida ko'rsatkichni qayd etgan: 1111 g'alaba, 409 durang va 345 mag'lubiyat.

Garchi "Bavariya" eng ko'p o'yin o'tkazmagan bo'lsada, Germaniya chempionatlari tarixidagi jadvalda natijalar bo'yicha yaqqol peshqadam. Eng yaqin taqibchi Dortmundning "Borussiya" jamoasini "Bavariya" 885 ochkoga ortda qoldirmoqda.


Bundesliga, 26-tur.

17 may, yakshanba.

"Kyoln" - "Maync" (18:30) "Futbol3", "Sport"

"Union" - "Bavariya" (21:00) "Match TV", "Sport"


Turning oxirgi o'yini ertaga, 18 may kuni "Verder" va "Bayer" o'rtasida kechadi. Bu o'yin haqida ertangi xabarlar lentamiz alohida to'xtalamiz.


Bundesligaga oshno tutiting va chempionat hamda uning batafsil tafsilotlari bilan saytimizda tanishing!

Yoqimli tomosha, qadrli muxlis!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика