So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  38 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Kunde Polsha bilan o'yinga tilla zanjir bilan chiqdi. Bu FIFA qoidalarini buzishdir Yangiliklar

Kunde Polsha bilan o'yinga tilla zanjir bilan chiqdi. Bu FIFA qoidalarini buzishdir

Futbolchilar barcha taqinchoqlarini o'yin oldidan echib qo'yishlari kerak.

Polsha va Franciya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin rejissyori "Barselona" va Franciya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kundeni yirik planda ko'rsatdi. Diqqatli tomoshabin o'yinchi bo'ynidan tilla zanjirni echganini ko'rdi.

FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchilar o'yin boshlanganga qadar barcha uzuklar, sirg'alar, marjonlar va zanjirlarni echib qo'yishlari kerak. Buning sababi ularni taqish futbolchining o'zi va boshqalar uchun ham jarohat etkazishi mumkin.


Qoida:


O'yinchi xavf soluvchi har qanday ekipirovkani ishlatmasligi yoki kiymasligi kerak.

Har qanday taqinchoqlar (marjon, uzuk, sirg'a, teri bandajlari va hokazo) taqiqlanadi va echilishi kerak. Taqinchoqlarni yopish uchun lenta ishlatishga ruxsat berilmaydi.

Futbolchilar o'yin boshlanguniga qadar, zaxiradan tushadiganlari esa maydonga chiqishi bilan ko'rikdan o'tkazilishi kerak. Agar o'yinchi ruxsat etilmagan/xavfli ekipirovkani kiysa yoki taqinchoqlarni taqsa, hakam o'yinchiga ko'rsatma berishi kerak:

- bu predmetni olib tashlash

- agar o'yinchi talabni bajara olmasa yoki uni qilishni xohlama keyingi to'xtalishgacha maydonni tark etishi kerak.

Talabni bajarishni rad etgan yoki predmetni qayta kiygan o'yinchi ogohlantirilishi kerak.


Jyul Kunde maydonda zanjir bilan qanot hakami payqamaguncha 40 daqiqa o'ynadi. Deshamning yordamchisi himoyachiga taqinchoqdan qutulishga yordam berdi, sababi u bu ishni bir o'zi qila olmadi. Agar francuz buni qilishni rad etganida, sariq kartochka olgan bo'lardi.



Ijtimoiy tarmoqlarda Kunde va uning taqinchog'i muhokama qilindi.


"Franciyaning ekipirovka etkazib beruvchisi o'yindan so'ng"



"Kunde Polsha - Franciya o'yinida 42-daqiqagacha"



"Franciya himoyachisi Kunde bugungi o'yinda"



"Kunde bugun Franciya safida"



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика