So’nggi yangiliklar

17:59Суперлига. "Локомотив" – "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:34Футзал. ЖЧ-2008. Бразилияликлардан иборат ярим финалчилар ҳамда нотаниш аёл туфайли қаҳрамонга айланган Франклин Рузвельт ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:17"Барселона" собиқ футболчиси АПЛда ўйнайди  0 16:49Расман: "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Эронда давом эттиради  1 16:21"Бавария" юлдузи полиция билан катта муаммога дуч келди  1 15:54Суперлига. 15-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Сурхон" ва "Сўғдиёна" 2 нафардан йўқотишга эга  0 15:26"Челси" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтиши мумкин  1 14:59"Интер" украиналик форвардга даъвогар  4 14:36"Ливерпуль" "Хоффенхайм" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 14:09"Челси" икки ҳужумчиси билан хайрлашади  1 13:3610 йил ичида трансферлардан максимал фойда кўрган клублар  4 13:11"Интер" келаси мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 12:45Артета Жезусни мақтади  3 12:28"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Ҳожиакбаров Муҳаммад Али  0 12:00"Байер" мавсумга фаворит сифатида киради"  3

Kundalik #5. Navro'zga AUMET! Yangiliklar

Kundalik #5. Navro'zga AUMET!

O'yin biz uchun bayram, aslida ham shunday bo'lishi kerak, futbol uchrashuvlarini tashkil qilishdan asosiy maqsad muxlislarni quvontirish.
21 dekabrga ham etib keldik. Ilk raqibimiz Iordaniya terma jamoasi. Faqat biz bilmaymiz, Iordaniya asosiy tarkib bilan o'ynaydimi yoki nomzodlarni sinovdan o'tkazadi.

O'yin sabab, tonggi mashg'ulot bo'lmadi. Jarohat olgan futbolchilarimizning holati yaxshilanib borayotganligini eshitib xursand bo'ldim. Hasanov ham odamni qo'rqitgan edi, ammo ikki kunlik davolanishdan keyin o'tib ketishi malum bo'ldi. Jeparovning ham sog'lig'i joyida, muxlislar kutib qolgan Ahmedov esa shu kunlarda to'p bilan ishlashni boshlaydi.



Xullas barchamiz o'yinga tayyor edik. Avtobusda jamoa azolarining har birini o'z o'rni bo'ladi. dastlabki uch qator murabbiy va xodimlarga ataladi. Undan keyingi qatorda, ko'proq yolg'izlikni yoqtiradiganlar joy oladi. Orqa qator esa kulgu shinavandalarniki. Hamma jamoada deyarli shunday. Masalan, Odil azaldan 4-qatorda o'tiradi, bir o'zi. Terma jamoada undan keyin Eldor Suyunov. CHap tomonda esa Sergeev. Men 6-qatorda Navro'z Alimov bilan birga. Bu safar o'yinga ketishdan avval Instagramga rasmga tushdik va men tagiga, “Navro'zga aumet” deb yozib qo'ydim, bu so'zni saytimizdagi o'quvchimiz “Qazayaqli_Adilbay8080”dan yodlab olganman. Navro'z o'zini “tishlangan olmasiga” (Iphone) qoraqalpoqcha qo'shiqlarni to'ldirib olgan ekan, o'zicha hirgoya qilib ketar edi. Orada kulib turib, menga ilinadi. Doimo og'zi qulog'ida bu bolani, to'g'rida, uylangandan keyin u xursand bo'lmay, men xursand bo'laymi?

Stadion shahardan biroz uzoqroqda bo'lishiga qaramay, ajoyib kayfiyat hukmiron bo'lgan avtobusda tezgina etib oldik. Stadion ixchamgina, huddi bizning O'FF qoshida stadionga o'xshagan. Faqat, maydonlar soni ko'proq va tabiiy. Ammo binoni tuzilishi va maydon tribunalari butun boshli bitta stadion.



O'yindan avval uchrashuv yopiq eshiklar ostida otishi haqida gap so'z tarqadi. Ammo Mirjalol Qosimov tomonidan bu inkor etildi, keyin bilsam Iordaniyadan ham bunday murojaat bo'lmagan. Isgancha OAV vakili, istagancha muxlis stadionga kelishi mumkin. SHunday bo'ldi ham, Iordaniyani muxlislari ancha ko'p edi. O'zbekiston bayroqlari xilpiradi. Uchrashuv boshlanishiga 10 daqiqa qolganida, ancha yillar birga faoliyat olib borganim Ravshan aka Haydarovni ko'rib qoldim, yoshlar terma jamoasiga oid reja tuzish va Yangi Zellandiyada bo'lib o'tadigan o'yin tayyorgarligini ishlab chiqish borasida kelgan ekanlar.

Iordaniyadan ikki nafar OAV xodimi tashrif buyurdi. Jami uch kishi bo'ldik. Madhiyalar yangragach o'yin boshlandi, esdalik uchun jamoaviy suratga ham tushildi. Maydon alo darajada. Iordaniya hisobni ochgan bo'lsada, g'alaba qozonishimizga ishondim. Boisi, bir kun avval bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda berilgan vazifalar bajarilsa, gol urish qiyin emas edi. SHunday bo'ldi ham, rosmanasiga yaxshi o'ynadik va yutdik.

So'nggi paytlarda sayt malumotlaridan foydalanish ko'payib ketdi, manbasiz. Aslida manba ko'rsatish yo'li bilan ham foydalanishga qarshiman, xorij futbolini ko'chiramiz, bu mayli. Ammo o'zbek futbolini qiynalib bo'lsa ham o'zimiz yoritsak bo'ladi-ku. Ana bo'lmasam deb, Navro'z urgan golni SHodievga yozvordim. Ana bo'lmasam, hamma erda gol muallifi SHodiev. Uzr-ku, biz tezkorlik bilan to'g'irlab qo'ydik. Ammo...

Lekin o'yindan keyin Iordaniya muxlislariga tan bervordim. Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida ham tan bergan edim. Futbol ular uchun haqiqiy bayram, g'alaba qozonsalar bayram qiladilar, mag'lubiyatga uchrasalar, futbolchilarni qo'llab-quvvatlaydilar. “Ishdan ket”, “yo'qol”, “dangasalar”, degan gap so'zlardan asar ham yo'q. “Biz sizlar bilan”, “bugun bo'lmasa ertaga”, “olg'a Iordaniya” shu va xokozo. Futbolchilari avtobusga chiqqunicha tinmay olqishlab qo'shiq aytdilar. Sizdan u gina, bizdan bu gina deganlaridek, futbolchilar ham ularning hurmatini joyiga qo'ygan holda tazim qilyapti. Mana muxlislik, mana hurmat. Havas qildim ochig'i. Bunday muxlislikdan keyin futbolchi uyalganidan keyin ham ikki baravar ishlaydi, uyalganidan keyin navbatdagi o'yinda o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. So'kavering, qo'rqib qoladi...



Anzur bilan tezkorlik bilan intervyu uyushtirdim, “Futbol Ekspress” gazetasini kutib turishga vaqti yo'q, gazetani “yopish” kerak. SHu o'rinda tashakkurimni Jurat akaga yana bir bor aytib o'tsam, Falastin – O'zbekiston o'yinini bizga etkazib turgan bu aka, kecha dahshat yordam berdilar. Rashidovning goli va Nesterov tomonidan amalga oshirilgan seyvni tepadan tezkor video tarzida yuborib turdilar. Bu erdan rasmni qo'ydik, ovozli xabarni qabul qilib olayotgan Narzulla Toshkentdagi asosiy ko'makchi. Xullas zo'r chiqdi. Avtobusga chiqish oldidan, MTJ safidagi 60 o'yinini o'tkazgan Anzur Ismoilov bilan suhbatlashdim. Diktofondagi ovoz tezkorlik bilan Narzullaga etib bordi, mehmonxonaga kelgunimizcha, elektron pochtamda intervyu tayyor holatda turgan edi. Mirjalol Qosimov bilan ham intervyuni o'tkazib, “Futbol Ekspress”ni maqolalar bilan taminlab tashladik, har holda bu safargi mashg'ulotlarda ishtirok etishimizda ularning mehnati katta bo'ldi.

Kun mana shunday voqealarga boy bo'ldi. Tabiiyki, hammaning kayfiyati alo. Nima ham derdik, keyingi o'yinlarda ham O'zbekiston milliy terma jamoasiga AUMET!


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика