So’nggi yangiliklar

21:33Гути "Барса"нинг ҳимоядаги муаммолари ҳақида: "У деярли йил давомида олов билан ўйнашди. Ҳужум қилиш ва гол уриш ажойиб, аммо EЧЛ финалига чиқишни истаган жамоа жуда кам гол ўтказиши керак"  2 21:10Агуэро собиқ жамоадошларидан рамзий терма жамоа тузди  3 21:00Факт. "Хоразм" ўз тарихида Наманганда ғалаба қозонмаган   2 20:46Ачербининг ҳикояси фильмга арзийди: у 11 йил олдин саратон касаллигини енгди, энди эса "Интер"ни Чемпионлар Лигаси финалига олиб чиқди  5 20:37Педри: "Марчиняк билан бундай ҳолат илк бор юз бераётгани йўқ. Баҳсли вазиятларнинг барчаси "Интер" фойдасига ҳал қилинди"  9 20:15Аморим МЮ ҳақида: "Бу мавсум сўнгги 50 йилдаги энг ёмони бўлди"  1 20:01Дэвид Бекхэм: "Ҳеч кимни Месси билан таққослаб бўлмайди, лекин Ямал унга энг яқини. Ишонаманки, бир кун у Лео билан тенглаша олади"  13 19:40"Андижон" ва "Сурхон" собиқ устозлари "Шўртан" бош мураббийлигига номзод  6 19:05Ретро футбол. "Нефтчи" - "Саут Чайна" 5:4. Анвар Бердиевнинг покери ва Фарғонадаги ўша қадрдон стадионни ёдга оламиз  26 18:49Давиде Фраттези: "Бу нима эди? Шунчалик баланд овозда бақирганимдан бошим айланиб кетди"  8 18:00Марказий Осиё. "Истиқлол" ва "Аркадағ" пешқадамликка қайтди  0 17:36Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланади?  3 17:31"Шўртан"га вақтинчалик мураббий тайинланди  5 17:24Расман: Ҳакамлар академияси ўз фаолиятини бошлади  5 16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0

Kundalik #4. O'yinga ham oz qoldi! Yangiliklar

Kundalik #4. O'yinga ham oz qoldi!

20! Mana shu 20 sanasi bizni Osiyo Kubogidan ajratib turibdi. Bu son kun sayin kamayib, hayajonni, kun sayin oshiryapti.
Sizlarni bilmadim-ku, men juda ham intiqlik bilan kutyapman bu musobaqani.

Tonggi va tunggi mashg'ulotlar odatdan sal farq qildi. Kechqurun asosan o'yinga mos mashg'ulot o'tkazildi. Uchta teng kuchli tarkib tuzilib, hujumni shakllantirish, himoyada to'g'ri poziciya tanlash. SHu bilan birga jarima zarbalarni jonli devor turgan holatda muvaffaqiyatli bajarish. SHuni takidlab o'tish lozim, Lutfullo To'raevning jarima zarbalari boshqalarga qaraganda ancha samarali bo'lyapti. Undan tashqari Sardor Rashidov va Islom To'xtaxo'jaev ham bu vaziyatlardan foydalanishdi. Hozircha Jeparov, Ahmedov va Hasanov mashg'ulotlarda ishtirok etmayaptilar. Odil tiklanish jarayonini olib borayotgan bo'lsa, Jasurda kichik shamollash, Serverda esa biroz zo'riqish bor. SHu boisdan bu uch futbolchi Iordaniya bilan bo'lib o'tgan o'yinda maydonga tushmaydilar.



Braziliyalik murabbiyni iltifotiga javoban, terma jamoamiz murabbiylar shtabi ham Aziz Haydarovga o'yinda ishtirok etish uchun ruxsat berdilar. 22 dekbar kuni terma jamoa azolari Azizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga borishlarini aytishdi.

Tungi mashg'ulotga kelayotganimizda, "Al Vasl" stadionida o'yin bo'layotgan edi. Azizning aytishicha, BAA ligasidagi o'rinbosarlar o'yini, asosiy tarkib uchrashuvidan bir kun o'tib bo'lar ekan. SHu turda "Al Vasl" safarda, "Al Jazira" mehmoni bo'ldi. O'rinbosarlar o'yini esa aksincha, mehmon jamoaning stadionida bo'lib o'tar ekan. CHetdan o'yinni kuzatdim, asosiy tarkib bilan o'rinbosarlar tarkibiga etibor bir xilda. SHifokoridan tortib, mamurigacha. Hamma-hammasi bir xil. Bizda esa asosiy tarkib va o'rinbosarlar o'rtasidagi farq juda katta. Ammo o'yin borasida O'zbekiston yoshlar ligasi qiziqarliroq, biroq moddiy texnika baza borasida maqtana olmaymiz.



Bu uslubni oliy ligada ham qo'llaydigan payt kelgan ko'rinadi. O'rinbosarlar ham asosiy tarkib harakat qiladigan maydonda to'p tepishadi. Bu esa ularga bo'lgan etibor yuqoriligidan dalolat. Har ikki jamoa ham asosiy maydonda o'ynashi bois, asosiy tarkib mehmonda, yoshlari o'z uyida tur o'yinini o'tkazar ekan. Ketma-ket bitta maydonda ikki o'yin o'tkazib bo'lmasligi sabab bo'lsa kerak, klublar shu yo'lni tanlashgan.

Buni eng foydali jihati boshqa erda. Oliy ligada 18talik tarkibga kirgan futbolchilar o'rinbosarlar bahsida deyarli ishtirok etmaydilar. Boisi, ertangi o'yin oldidan ularni asrashadi. Ammo o'yinda 11 nafar futbolchi asosiy tarkibda, ehtiyojga qarab 3 nafari zaxiradan maydonga tushadi. Qolgan to'rt nafari esa o'yin amaliyotisiz qoladi. Bazan shunday holatlar bo'ladiki, bir futbolchi ikki jamoa orasida qolib, yil davomida sanoqligina o'yinida ishtirok etadi. Agar bizda ham asosiy tarkib jamoalari ertasiga o'ynasalar, o'yinda ishtirok etmagan futbolchilarda o'yin amaliyoti bo'ladi. Bu haqda shu kunlarda Aziz Haydarov bilan katta suhbat qilishni reja qildim, albatta uni sizlarga ham taqdim etaman.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика