Kun yangiligi: "Faoliyatimda yangilanishlar bo'lishi kerak" - Eriksen "Tottenxem"dan ketmoqchi

Mirjalol Normatov
6 iyun 2019, 00:07
Daniyalik futbolchi termasi tarkibiga yetib keldi.

U yerda futbolchilar ochiq oydin gapirishga o'rganishgan. Chunki termada klubning matbuot xizmati vakili bo'lmaydi.

Gap boshlandi: "Faoliyatimda yangilanishlar bo'lishi kerak. Endi yangicha sarguzashtlar izlaydigan payt keldi deb o'ylayman. Xatto meni shu daragajacha etkazgan "Tottenxem" bo'lsa ham".

Kristian jamoani Andre-Villash Boash boshqarayotgan paytda borgandi va endi Maurisio Pochettinoning asosiy o'yinchisiga aylandi. Ayrim paytlarda u qadrsizlanayotgan futbolchiga aylanayotgandek bo'ladi. Uning ajoyibligini esa raqamlardan bilsa bo'ladi: u "Tottenxem"ga o'tganidan buyon eng ko'p (547) vaziyat yaratgan va eng ko'p assistent (60) bo'lgan futbolchiga aylanib turibdi. Shuningdek, u jarima maydonchasi tashqarisidan (22) va jarima zarbasidan eng ko'p gol kiritgan (7) futbolchilar ro'yxatida ham birinchi o'rinda.

Eriksenning yangi jamoasi katta extimol bilan "Real" bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru