So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Kun qahramoni - "Robin Gud" Yangiliklar

Kun qahramoni - "Robin Gud"

Gollandiya mo'jisidan keyin, jamoadan biror bir futbolchini ajratib ko'rsatish qiyin. Agar ko'rsatmasak – bu noto'g'ri ish bo'ladi. Demak, hammasi haqida navbati bilan.
Birinchidan, ispanlar bilan o'yinda raqib himoyasini o'tkir to'p uzatishlari bilan kesgan, shiddatli yugurishi bilan amaldagi chempionlarni dovdiratib qo'ygan Aren Robben qarshi jamoa vakillari ko'ziga hudda yomonlik olib keladigan shaytondek ko'ringandi. SHunday yugurushlarning birida Robben o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Ikkinchidan, “Ayaks”ning 24 yoshli himoyachisi, terma jamoa safida bir yil oldin debyut uchrashuvini o'tkazgan Deyli Blind ajoyib o'yin ko'rsatdi. Aynan uning aniq to'p oshirishlaridan so'ng, Robben va van Persi Kasilyas darvozasini o'qqa tutishdi.



Robin van Persi o'yinni yanada qizita oldi. Mundialning uchinchi kunidayoq gollandlar sardori jahon chempionatining eng yaxshi goli uchun o'z nomzodini taqdim etdi. Bosh bilan berilgan ajoyib zarba, faqatgina Salvadordagi Gollandiya muxlislarni ajablantirgani yo'q. FIFA azolari ham “Manchester Yunayted” hujumchisini o'yinning eng yaxshi futbolchisi deya tan oldi.

“Men urgan golimni Lui van Gal bilan nishonladim, buning sababi u o'yindan oldin men albatta gol urishimni takidlagandi” – deydi futbolchi o'z hayajonlarini yashirmay. “O'yin huddi murabbiy aytgandek bo'ldi. Ispaniya ustidan qozonilgan g'alaba siri? Biz oxirgi bir necha kun Ispaniya terma jamoasining o'yin uslubini o'rgandik, hamma gap shunda.


 
Braziliyadagi ilk golini urgan van Persi Gollandiya tarixida uchta mundialda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi (keyinroq esa bu yutuqqa Aren Robben ham erishdi). Robin van Persi jahon chempionlari darvozasiga o'zining ikkinchi golini 61-daqiqada urishi kerak edi, ammo futbolchining zarbasini darvoza to'sini qaytarib qoladi. Futbolchi baribir dublga erishadi. Iker Kasilyas to'pni qabul qilishda xatoga yol qo'yadi va Robin bunday imkoniyatdan unumli foydalanadi. Maydondagi tabloda 4:1 hisobi qayd etilibi turganda u zaxira o'yinchisi bilan almashtiriladi. Uning o'rniga Jermeyn Lens safga qo'shiladi.

O'yinga so'nggi nuqtani  Robben qo'yadi. Ispaniyaning sensacion mag'uliyati tarixda muxrlanib qoladi, chunki mundial tarixida amaldagi jahon chempionlari bunday katta hisobda hozirgacha mag'lub bo'lishmagandi. Van Persi va uning jamoasi Ispaniyaning oxirgi ellik yildagi eng yirik mag'lubiyatiga sabab bo'lishdi.



“Bu sport, biz mag'lubiyatni qabul qilishdan boshqa ilojimiz yo'q. Tan olish kerak, gollandiyaliklar ikkinchi taymda juda kuchli o'yin ko'rsatishdi. Biz qiyin ahvolga tushib qoldik va mana shu tushkunlikdan chiqib ketishimiz kerak” – deydi del Boske.


championat.com saytidan Jasur Aslanov tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика