So’nggi yangiliklar

10:48Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:03ПСЖ «Бавария» етакчисини текинга қўлга киритиши мумкин  2 09:25Sofascore. Ҳожимат Эркинов ва унинг шериклари «Ал Айн»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  1 08:47Салоҳ Италия клуби билан музокара олиб бормоқда  8 08:10Жаҳоннинг энг яхши марказий ярим ҳимоячилари рейтинги тузилди (топ-10)  8 07:35«Милан» ҳимоячиси ёзда «Манчестер Сити»га ўтиши мумкин  0 02:50АПЛ. "Лестер" сўнгги 12 ўйиндаги 11-мағлубиятини қайд этди  2 02:40А Серия. "Милан" ғалабани мағлубиятга айлантирди  3 00:59БАА. "Ал Ваҳда" 6 очколик ўйинда ғалабага эришди, Эркинов асосий таркибда майдонга тушди  0 00:36Моуринью дисквалификация қилинди  5 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  12 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  6 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  3 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  14 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  2

Kun intrigalari. Niderlandiya guruhda qolib ketishi mumkin, Qatar or-nomus uchun o'ynaydi Yangiliklar

Kun intrigalari. Niderlandiya guruhda qolib ketishi mumkin, Qatar or-nomus uchun o'ynaydi

Kecha tunda mundial 2-tur o'yinlari yakunlandi. Braziliya va Portugaliya g'alaba qozonib, franciyaliklardan keyin pley-off masalasini hal qilgan ikkinchi va uchinchi jamoaga aylandi.

Do'stlar, bugun 3-tur o'yinlari start oladi. FIFA bir guruhdan joy olgan jamoalarning o'yin startlarini bir xil vaqtga belgiladi. Maqsad esa aniq futbolga futboldan tashqari elementlarning aralashuvini cheklash. Demak, bugun "A" guruhida nimchorak finalga chiqqan ikki jamoaning nomi oydinlashadi. So'ngi tur oldidan "A" guruhida vaziyat qanday? Quyida shu savolga javob topamiz.


"A" guruhi


Ko'rib turganingizdek, guruhda "uchar gollandlar" 4 ochko bilan peshqadam. Turnir kashfiyotlaridan biri bo'lgan Ekvador Niderlandiya bilan bir xil ochko to'plagan va qo'shimcha ko'rstakichlar bo'yicha 2-o'rinda, Manesiz o'ynayotgan senegalliklar esa 3 ochko bilan 3-pog'onada va mezbon Qatar ochkosiz so'nggi o'rinda. 

"A" guruhi 3-tur uchrashuvlari:

Niderlandiya – Qatar (20:00. Sport TV/Futbol 1)

Ekvador – Senegal (20:00 "Mahalla"/Match TV)

Niderlandiyaliklar autsayderga qarshi o'yinda guruhda 1-o'rinni olish va "B" guruhi ehtimoliy g'olibi Angliyadan qochishga urinadi. Qatarning guruhda qolib ketishi aniq bo'lganini bilasiz. Mezbonlar so'ngi turda or-nomus va muxlislar oldidagi qarzlarini uzishga intilishadi va "uchar gollandlar"ni guruhda olib qolishlari ehtimoli ham yo'q emas.



Turnir kashfiyotlaridan biriga aylangan Ekvador termasi so'nggi turda Senegaldan ochko olishga intiladi. Senagalliklarning vazifasi esa bir muncha qiyinroq, ular maksimal g'alabaga intilishadi. Bungacha ikki jamoa bir marotaba to'qnash kelishgan. 2002 yilda bo'lib o'tkan o'rtoqlik o'yinida Senegal mehmonda minimal hisobda zafar quchgan. Ekvadorning Qatar va Niderlandiyaga qarshi o'yinlari fonida ustunlik ular tomondadek, lekin 1 ta o'yin barchasini hal qiladi. Hamma narsa bo'lishi mumkin.



Uchrashuvda janubiy amerikaliklar etakchisi Enner Valensiya jarohat sabab ishtirok etmasligi mumkin. Valensiya faktori Ekvadorning imkoniyatlarini biroz pasaytiradi. 

Futboldagi matematika

Agarda o'yinlar yakunlangach, ochkolar soni teng kelib qolsa, quyidagi kriteriyalarga qaraladi.

1. To'plar farqi (urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq).

2. Jami o'yinlarda urilgan gollar soni.

3. O'zaro o'yinlardagi ko'rsatkichlar.

4. Agarda yuqoridagi ko'rsatkichlarda mutlaqo tenglik qayd etilsa, sariq va qizil kartochkalar soniga etibor qaratiladi.

Sizningcha, "A" guruhidan qaysi jamoalar pley-offga yo'l olishadi?


Jaloliddin Xalilov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика