Kumanning yordamchisi "Valensiya" bilan 3:2 haqida: "Barsa" ustunlik qildi. O'yinchilarimiz titul yutishlariga ishonamiz"
03 may 2021 07:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635083_original.jpg)
![](/upload/storage/635083_220.jpg)
Kumanning yordamchisi "Valensiya" bilan 3:2 haqida: "Barsa" ustunlik qildi. O'yinchilarimiz titul yutishlariga ishonamiz"
"Valensiya" (3:2)ga qarshi o'yinda diskvalifikaciya qilingan Ronald Kumanning o'rnini egallagan murabbiy Alfred Sxroyder o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
O'yin haqida
"Biz xarakter ko'rsatdik va yaxshi munosabat bildira oldik [o'tkazib yuborilgan golga]. Ilk bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo gol ura olmadik, "Valensiya" yaxshi himoyalandi.
Xarakter ko'rsatdik va haqli ravishda g'alaba qozondik. "Barselona" qiyin raqib bilan o'yinda ustunlik qildi.
Titul uchun kurash haqida
"Biz hali ham tirikmiz. "Barselona" juda yaqin. Biz boshqalarga emas, faqat o'zimizga qaraymiz. "Atletiko" bilan o'yin final bo'lmaydi, oldinda 4ta o'yin bor. Biz futbolchilarimizning sovrin yutishlariga ishonamiz.
Biz "Atletiko" bilan bo'lgan yanvardagi farqni yo'qqa chiqardik. So'nggi uch oyda yaxshi harakat qildik", - deydi Kumanning yordamchisi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar