Kuman: "Van Deyk "Oltin to'p"ga haqli"
04 iyu 2019 05:30
Yangiliklar


Kuman: "Van Deyk "Oltin to'p"ga haqli"
Gollandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman bu yilgi eng yaxshi futbolchi shogirdi Virjil van Deyk ekaniga ishora qildi.
"Van Deyn "Oltin to'p"ga munosib haraqat qildi. Odatda u hal qiluvchi golni urganlarga topshiriladi. Lekin, qachondir ushbu sovrin himoyachiga topshirilishi kerak bo'lsa, uni hozir berish kerak. Menimcha, Messi eng yaxshi o'yinchidir. Lekin, "Oltin to'p" olish imkoniyatiga ega bo'lish uchun jamoa bilan katta sovrinlarni qo'lga kiritish lozim deb hisoblayman", - deydi Kuman.
Joriy mavsum "Liverpul" van Deyk bilan CHempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. SHuningdek, Virjil APL 2018/2019 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar