Kuman "Barselona"dan ketishi mumkinmi? U bunga javob berdi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 13:13
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman ushbu mavsumdan keyin jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Eybar"ga qarshi bahs men uchun "Barselona" boshqaruvidagi so'nggi o'yin bo'lmadi. Mening klub bilan shartnomam bor. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Biroq jurnalistlarning nima deyayotgani ham menga qiziq emas. Agarda klub nimanidir o'zgartirmoqchi bo'lsa, avvalo men bilan gaplashadi", - dedi Kuman.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" ayni damda yangi bosh murabbiy izlamoqda. Katta ehtimol bilan Ronald Kuman navbatdagi mavsumda kataloniyaliklarni boshqarmasligi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal