Kuman: "Agar "Sautgempton" jarohatsiz o'ynasa, eng yuqori joylarga davogarlik qiladi"
06 fev 2015 14:44
Yangiliklar


Kuman: "Agar "Sautgempton" jarohatsiz o'ynasa, eng yuqori joylarga davogarlik qiladi"
"Sautgempton" bosh murabbiyi Ronald Kumanning takidlashicha, u hujumchi Jey Rodriges maydonga tushishini tezlashtirmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Rodriges 2014 yilning aprel oyida jiddiy jarohat olgan edi.
"Rodriges - juda yaxshi futbolchi, ammo biz unga bosim o'tkazmaymiz. U to'liq oyoqqa turishi kerak. Agar bu hodisa, hozirgi mavsumda ro'y bersa juda xursand bo'lardim, ammo keyingisida bo'lsa kutamiz. Men uchun futbolchining sog'ligi muhimroq.
Jamoaning maqsadi? Biz iloji boricha ko'prog'iga harakat qilamiz. Asosiysi - o'z imkoniyatlarimizga ishonish. Agar jarohatsiz o'ynasak, turnir jadvalida eng yuqori joylarga davogarlik qila olamiz" - deydi Kuman.

Fikrlar