Kulibali tug'ilgan kuni sharafiga Senegal shifoxonasiga tez yordam mashinalari sovg'a qildi
27 iyu 2021 13:57
Yangiliklar
Kulibali tug'ilgan kuni sharafiga Senegal shifoxonasiga tez yordam mashinalari sovg'a qildi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Senegaldagi shifoxonaga ikkita tez yordam mashinasi sovg'a qildi.
30 yoshga kirgani munosabati bilan futbolchi, shuningdek, juda katta miqdordagi oq xalat, bir necha ming miqdordagi tibbiy niqoblar, turli xil dorilar va boshqa asbob-uskunalar sovg'a qildi.
Yakshanba kuni ertalab sovg'alar o'z manziliga etib borgan. Kulibali ushbu mavsum A Seriyada 26 o'yinda qatnashdi.
Fikrlar