Kuchli beshlikdagi chempionatda transferlar oynasi ochilmoqda

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020
Fransiyada 8 iyun kuni transferlar oynasi ochiladi.

Fransiya professional futbol ligasi rasmiy sayti xabariga ko'ra, gap faqatgina ichki transferlar haqida ketmoqda. Xalqaro transferlarga esa FIFAning ruxsatini kutishmoqda.

Fransiyada koronavirus sababli mavsum muddatidan oldin yakunlandi. Kuchli beshlikning qolgan davlatlarida esa mavsumni yakunlab qo'yishmoqchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal