So’nggi yangiliklar

17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  0 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  1 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  3 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  36 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2

"Kuchli-beshlik"da tur boshlanmoqda: Eng zo'r qarama-qarshilik Germaniyada va boshqa o'yinlar Yangiliklar

"Kuchli-beshlik"da tur boshlanmoqda: Eng zo'r qarama-qarshilik Germaniyada va boshqa o'yinlar

Bugun Evropaning "kuchli-beshlik" chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi.

Angliya premer ligasi, A Seriya, La Liga, Bundesliga va Franciya Ligasida turning dastlabki o'yinlari bo'lib o'tadi.

Dastlab Germaniya Bundesligasining 7-turini ochib beradigan "Verder" - "Volfsburg" to'qnashuvi haqida to'xtalib o'tamiz.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi qarama-qarshilik doimo Germaniya futboli ihlosmandlari uchun katta qiziqish uyg'otib kelgan. Sababi, bu to'qnashuvda muxlislarbop, gollarga boy tarzda kechadi. Ayni paytda turnir jadvalining yuqori qismidan joy olgan va evrokuboklar uchun yo'llanma beruvchi o'rinlarda borayotgan jamoalarning o'zaro bahsi shiddatli o'tishiga shubha yo'q.

"Verder" va "Volfsburg" jamoalari ishtirokidagi joriy mavsumdagi o'yinlarda jami 19tadan gol kiritilgani ham fikrimiz isboti.

Florian Koxfeldt hamda Bruno Labbadia qarama-qarshiligida qaysi mutaxassisning taktik rejalari ish berishini bugun tunda bilib olamiz.

"Verder" 11 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. "Volfsburg" esa 9 ochko jamg'arib 7-pog'onanin band etmoqda. "Bo'rilar"da bremenliklarni turnir jadvalida quvib o'tish imkoniyati mavjud. "Verder" esa "kuchli-uchlik"ka kirish uchun mazkur turda g'alaba nashidasini surmog'i lozim.

Werder Bremen

Davy Klaassen - 35', Johannes Eggestein - 86'

1. Bundesliga . 7-tur

05/10/2018, 23:30

0
:
2
Tugadi

Wolfsburg

Stadion: Weser-Stadion, 41000 tomoshabin

Bosh hakam: Martin Petersen

45'
90'
35'  Davy Klaassen
43'  Florian Kainz
75'  Florian Kainz (Claudio Pizarro)
83'  Yuya Osako (Johannes Eggestein)
86'  Johannes Eggestein
86'  Claudio Pizarro
89'  Davy Klaassen (Kevin Moehwald)
45'  William
59'  Yunus Malli (Daniel Ginczek)
63'  Daniel Ginczek
78'  Renato Steffen (Jakub Blaszczykowski)
85'  Marcel Tisserand (Elvis Rexhbecaj)



A Seriyada 8-turni rasman ochib beradigan "Torino" - "Frozinone" uchrashuvida chempionat autsayderi mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. "Torino" esa muvaffaqiyatsiz startdan so'ng asta-sekin turnir jadvalida yuqorilashni davom ettirish uchun ham bugun faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi.

"Frozinone" hozircha A Seriyada g'alaba qozonmagan ikki jamoadan biri sifatida qolmoqda. Moreno Longo shogirdlari ushbu noxush seriyaga Turinda barham berishga bel bog'lashgan. Biroq Valter Maccari bunga osonlikcha rozi bo'lmasligi aniq.

Ushbu jamoalar bunga qadar to'rt marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Ustunlik hech bir tomonda emas. O'tkazilgan uchrashuvlarning teng yarmida "Torino", qolgan yarmida esa "Frozinone" g'alabani tantana qilishgan. Qizig'i, mazkur jamoalar hozircha hecham murosaga kelishmagan. 2011 yilgi mavsumda B Seriyada to'qnashgan raqiblar, 2016 yilga kelib A Seriyada o'zaro kurashni davom ettirishgan. Ikki yillik tanaffusdan so'ng "Torino" - "Frozinone" qarama-qarshiligi A Seriyada yana qayta tiklandi.

Ayni paytda "Frozinone" A Seriyada 1 ochko bilan 19-o'rinni egallab turibdi. "Torino" hisobida esa 9 ochko mavjud va jamoa turnir jadvalida 12-pog'onada bormoqda.

Torino

Tomas Rincon - 20', Daniele Baselli - 46', Alex Berenguer - 71'

Serie A . 8-tur

05/10/2018, 23:30

2
:
3
Tugadi

Frosinone

Edoardo Goldaniga - 58', Camillo Ciano - 64'

Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 16554 tomoshabin

Bosh hakam: Ivano Pezzuto

45'
90'
20'  Tomas Rincon
20'  Simone Zaza
46'  Daniele Baselli
59'  Salvatore Sirigu
65'  Ola Aina (Vittorio Parigini)
69'  Armando Izzo
71'  Alex Berenguer
79'  Daniele Baselli (Sasa Lukic)
80'  Soualiho Meite
86'  Soualiho Meite (Roberto Soriano)
11'  Camillo Ciano
53'  Emil Hallfredsson
58'  Edoardo Goldaniga
58'  Daniel Ciofani
60'  Luka Krajnc
64'  Camillo Ciano
64'  Joel Campbell
77'  Daniel Ciofani (Stipe Perica)
78'  Joel Campbell (Rai Vloet)
85'  Luka Krajnc (Danilo Soddimo)



Franciya 1 Divizionida yangi 9-tur "Tuluza" - "Nicca" to'qnashuvi bilan boshlanmoqda. Patrik Vieyra boshqaruvida "Nicca" "Tuluza" mehmoni bo'ladi. Ayni paytda mazkur jamoalar o'tkazilgan 8 uchrashuvdan so'ng 3tadan g'alabaga erishgan. "Tuluza" turnir jadvalida 7-pog'onada borayotgan bo'lsa, "Nicca" 5 o'rin pastroqda, yani 13-o'rinni band etib turibdi. Ammo "Nicca"da bu turning o'zidayoq "Tuluza"ni quvib o'tish imkoniyati bor. Jamoalarning ochkolaridagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda va birgina g'alaba orqali "Nicca" vaziyatni o'zi tomonga og'dirib olishi mumkin.

Toulouse

Mathieu Dossevi - 54'

Ligue 1 . 9-tur

05/10/2018, 23:45

1
:
1
Tugadi

Nice

Bassem Srarfi - 29'

Stadion: Stadium Municipal, 14162 tomoshabin

Bosh hakam: Willy Delajod

45'
90'
46'  Steven Moreira
54'  Mathieu Dossevi
54'  Manu Garcia
65'  Jimmy Durmaz (Yannick Cahuzac)
77'  Steven Moreira (Issiaga Sylla)
79'  Mathieu Dossevi (Corentin Jean)
29'  Bassem Srarfi
29'  Myziane Maolida
45'  Adrien Tameze
69'  Bassem Srarfi (Remi Walter)
84'  Allan Saint-Maximin (Ihsan Sacko)
86'  Remi Walter



Ispaniya La Ligasida bugun 8-turga start beriladi. Turni esa "Atletik" va "Real Sosedad" o'rtasidagi bahs ochib beradi. Turnir jadvalida deyarli yonma-yon ketayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvi qiziqarli o'tishi aniq.

"Atletik" turnir jadvalida 7 ochko bilan 15-o'rinda bormoqda, "Real Sosedad" esa 8 ochko jamg'argan holda 13-pog'onada. Eduardo Bericco jamoasi bugungi bahsda g'alaba qozonib turnir jadvalida "Sosedad"ni quvib o'tishni rejalashtirayotgani aniq. Asier Garitano esa bunga qarshi taktik qo'llanmalardan foydalanib ko'radi.

Athletic Bilbao

Iker Muniain - 32'

LaLiga . 8-tur

06/10/2018, 00:00

3
:
1
Tugadi

Real Sociedad

Mikel Oyarzabal - 30', Luca Sangalli - 47', Mikel Oyarzabal - 74'

Stadion: San Mames Barria, 46684 tomoshabin

Bosh hakam: Alejandro Hernandez

45'
90'
19'  Oscar de Marcos
26'  Markel Susaeta
29'  Inigo Martinez
31'  Inaki Williams
32'  Iker Muniain
39'  Dani Garcia
67'  Raul Garcia
68'  Oscar de Marcos (Ander Capa)
68'  Raul Garcia (Aritz Aduriz)
84'  Benat Etxebarria (Mikel San Jose)
30'  Mikel Oyarzabal
38'  Igor Zubeldia
47'  Luca Sangalli
47'  Igor Zubeldia
57'  Miguel Angel Moya
66'  Ruben Pardo (David Zurutuza)
70'  David Zurutuza
74'  Mikel Oyarzabal
76'  Luca Sangalli (Sandro Ramirez)
83'  Asier Illarramendi
86'  Mikel Oyarzabal (Hector Moreno)
90'  Jon Bautista



Angliya premer ligasida ham bugun 8-tur o'yinlari boshlanadi. Turni "Brayton" - "Vest Xem" o'rtasidagi qarama-qarshilik ochib beradi. Turnir jadvalida yonma-yon ketayotgan "qo'shnilar"ning o'zaro bahsini Kevin Frend boshqarib boradi. Kris Xugton va Manuel Pellegrinining to'qnashuvida qaysi murabbiyning qo'li baland kelishini tunda ko'ramiz.


"Vest Xem" o'tkazilgan 7 turdan so'ng 7 ochko jamg'argan holda 14-o'rinni egallab turibdi. "Brayton" esa 5 ochko bilan 15-pog'onani band etmoqda. Mazkur o'yin jamoalarga turnir jadvalida kattagina sakrashni amalga oshirish uchun xizmat qilishi mumkin. Bu jamoalar bunga qadar CHempionship va premer ligada to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi tarozi pallasi teng. O'tkazilgan 4 o'yinda "Brayton" va "Vest Xem" 2tadan g'alaba qozonishgan. Bu to'qnashuvda hozircha durang natijasi qayd etilmagan.

Brighton & Hove Albion

Glenn Murray - 25'

Premier League . 8-tur

06/10/2018, 00:00

0
:
1
Tugadi

West Ham United

Stadion: The American Express Community Stadium, 30544 tomoshabin

Bosh hakam: Kevin Friend

45'
90'
25'  Glenn Murray
25'  Beram Kayal
33'  Shane Duffy
58'  Alireza Jahanbakhsh
61'  Beram Kayal
71'  Alireza Jahanbakhsh (Jose Izquierdo)
80'  Davy Propper (Yves Bissouma)
86'  Solly March (Jurgen Locadia)
57'  Marko Arnautovic
60'  Pedro Obiang (Michail Antonio)
70'  Andriy Yarmolenko (Lucas Perez)
83'  Mark Noble (Robert Snodgrass)
88'  Robert Snodgrass

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика