So’nggi yangiliklar

11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  22 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  36 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0

Kubok o'yinida "Ayaks" maydonda yo'lakcha tashkil qildi - ular yaqinda saraton kasalligini engib o'tgan raqib hujumchisini qarshi oldi Yangiliklar

Kubok o'yinida "Ayaks" maydonda yo'lakcha tashkil qildi - ular yaqinda saraton kasalligini engib o'tgan raqib hujumchisini qarshi oldi

"Ayaks" Niderlandiya kubogi doirasida mamlakatning uchinchi ligasidagi kamtarona "Ekselsior"ni 9:0 hisobida mag'lub etdi, ammo bu uchrashuv mutlaqo boshqa voqea bilan yodda qoladigan bo'ldi.

89-daqiqada rotterdamliklarning 20 yoshli hujumchisi Devin Plank maydonga tushdi. Futbolchilar esa endigina mo'ylovi sabza ura boshlagan yigitchani iloji boricha chiroyli kutib olishga harakat qilishdi: ikkala jamoa ham maydonda saf tortdi va futbolchini olqishlar bilan kutib oldi.

Nega bunday bo'ldi deb o'ylayotgandirsiz? Plank to'qqiz oy uzluksiz kurashdan so'ng yaqinda saraton kasalligini engib o'tdi.

"Ayaks" futbolchilari ham bir chetda og'izlarini ochib turishmadi: ular o'yindan keyin Plankning yoniga borishdi.

"Bu aql bovar qilmas voqea edi. Mening boshimda hamma narsa chalkash-chulkash bo'lib ketdi, juda baxtiyorman", - deya ko'z yoshlarini tiya olmadi Devin uchrashuv yakunlangach.

2021 yilda 19 yoshli Devin Plankning hayoti haqiqiy musibatga aylandi

Mart oyi boshlarida Plank o'yindan so'ng xotirjamlik bilan tiklanayotgan edi va to'satdan boldir suyagida noqulaylik his qildi. Yigitcha o'shanda bunga unchalik ahamiyat bermadi, lekin kundan-kunga boldir qismidagi og'riq kuchayaverdi.

Plank buni suyak sinishi deb o'yladi. Oradan bir hafta o'tgach, u og'riqlarga bardosh berolmadi va rentgenga tushdi.

SHifokorlar hech qanday sinish asoratlarini aniqlamadi. Aksincha, unda xavfli o'simta paydo bo'lgandi.

"Men dahshatda edim", yodga oldi futbolchi. Mendan ko'ra oila azolarim ko'proq vahimaga tushishdi. Biz taslim bo'lishni va barchasiga ko'nikishni xohlamadik. Kasallik boshlanganda ham yagona orzuim — yana futbol o'ynash edi".

Yigit darhol davolanishni boshladi. Ximiyaterapiyalar tufayli Plank deyarli har doim madorsiz qolardi, ammo "Ekselsior" unga moliyaviy yordam berdi. Davolanish osoyishta davom etdi, dekabr oyida o'zining 20 yoshini nishonlagan Devin havaskorlar ligasida tez-tez ko'rinish bera boshladi.

Joriy yilning boshida "Ekselsior" Plank yana shijoatini namoyish etishga tayyorligini angladi. Garchi Devin bir necha daqiqaga maydonda harakat qilgan bo'lsa ham, "Ayaks"ga qarshi o'yin futbolchi uchun kasallikni engib o'tganidan keyin dastlabkisi bo'ldi.

"Bazida hozirgi yorug' kunlar hech qachon kelmasligidan juda qo'rqardim. Lekin bu sodir bo'ldi".

"Uzoq vaqtdan so'ng yana qatganimdan xursandman. Bugun menga futbolchilar unutilmas tuhfa ulashishdi", — Devin o'yindan so'ng xursand kayfiyatda. — Bir paytlar menda qo'rquv bo'lgandi: jahannam, agar bu zulmatdan tashqariga chiqolmasam nima bo'ladi? Lekin hammasi yaxshi yakunlandi. Bazida hozirgi yorug' kunlar hech qachon kelmasligidan juda qo'rqardim. Lekin bu sodir bo'ldi.

Dam olish kunlarim yakunlandi. Futboldagi ajoyib his-tuyg'ularni yodga oldim. Men bu sportni juda sog'indim. Endilikda o'z o'stimda qattiq shug'ulanib, maydonda ham, undan tashqarida ham o'z o'rnimni topishga intilaman. Men shunchaki skameykada o'tirishni xohlamayman".

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика